VI.Uyga vazifa: (2 daqiqa). Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlarni bajarish “Mening darsxonam” she’rini yod olish.
(2-dars)
Dars mavzusi: Mening darsxonam. (Jo’nalish kelishigining qo’llanishi)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsadi: Jo’nalish kelishigining qo’llanishi haqida umumiy ma’lumot berish, mashq va topshiriqlarni bajarish orqali nutqiy va lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarga dars xonalari, dars tayyorlaydigan joylarini ozoda va orasta saqlashni uqtirish, kommunikativ va milliy kompetensiyalarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: og’zaki va yozma nutqiy ko’nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga, o’z fikrini bayon etishga o’rgatish, xotira va tasavvurlarini rivojlantirish, o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi.
Dars turi: ananaviy, yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi dars.
Dars uslubi: “Zanjir”, “Klaster” usullari, rolli o’qish.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmali materiallar.
Dars rejasi
Tashkiliy qism -2 daqiqa
Takrorlash - 8 daqiqa
Yangi mavzu -15 daqiqa
Yangi mavzuni mustaxkamlash - 15 daqiqa
Darsni yakunlash va javoblarni baholash - 3 daqiqa
Uyga vazifa -2 daqiqa
Dostları ilə paylaş: |