5-sinf O’zbek tili ii-chorak (1-dars) Dars mavzusi: Oltin kuz Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi



Yüklə 71,15 Kb.
səhifə39/67
tarix23.02.2022
ölçüsü71,15 Kb.
#53021
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
2-chorak 5-sinf

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozi: darslik.

Dars rejasi

Tashkiliy qism - 2 daqiqa

O’tgan mavzuni so’rash - 8 daqiqa

Yangi mavzu bayoni - 33 daqiqa

Uyga vazifa - 2 daqiqa
DARSNING BORISHI:

I. Tashkiliy qism. (2daqiqa).

O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, o’quv xonasining tozaligini, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini (o’quv qurollari, tashqi ko’rinishi) ko’zdan kechirish, davomatni tekshirish.


II.O’tilgan mavzularni so’rash. (8 daqiqa)

O’tilgan darslar yuzasidan o’quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash, uy vazifasini so’rash. Qahramonlar bo’yicha 5 ta savol tuzish. “Issiq stul” mashqi. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlarni bajarish (77-bet) 6-topshiriqdagi maqollarni yod olish.


III.Diktant matni bilan ishlash. (33 daqiqa)

(matn mazmuni bilan tanishtirish, savol-javob, qiyin so’zlar tahlili).



Oltin kuz

O’lkamizga oltin kuz kirib keldi. Tabiat kuz faslida oltin liboslarga burkanadi. Daraxtlar sarg’aygan barglarini bitta-bitta yerga to’kadi. Dalalarda ish ko’payadi. Bobodehqonlarimiz kuzda hosilni yig’ib-terib oladilar. Bog’larda shirin-shakar mevalar, polizda qovun va tarvuzlar g’arq pishib yetiladi.

Hosilni yig’ib olishda biz ham dehqonlarga yordam beramiz.

Yoz oxiri, kuz boshi hosil mavsumi hisoblanadi. Bu vaqt bayram va tadbirlarga juda boy bo’lgan. Bu davrda bog’ sayli, qovun sayli, olma sayli, uzum sayli, ko’plab bayram tadbirlari o’tkazilgan. Bu bayramlar dehqon mehnatini qadrlashga, ona yerimizni asrashga undaydi. Fasllar ichida kuz menga juda-juda yoqadi.


VI.Uyga vazifa. (2 daqiqa) O’tilganlarni takrorlash.


Sana













Sinf















Yüklə 71,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin