5-topshiriq savollari



Yüklə 63,47 Kb.
səhifə7/7
tarix26.01.2023
ölçüsü63,47 Kb.
#80904
1   2   3   4   5   6   7
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar
5.1. Xavfsizlik, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash sohasidagi ustuvor yo'nalishlar:
O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o'z vaqtida va munosib harakatlarni tashkil etish;
fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O'zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga zarar yetkazadigan ekologik muammolarning oldini olish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
5.2. Chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar:
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub'ekti sifatidagi o'rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O'zbekistonning tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish;
O'zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jaxon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot yetkazish;
O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat chegarasini demilitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.


Yüklə 63,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin