O‘zga gapli qurilma.
O’zga gapning turlari: ko‘chirma gap, o‘zlashtirma
gap. Ko’chirma gaplarning tuzilishi: muallif gapi va ko’chirma gap. Ko‘chirma
gapning so‘z , gap yoki bir necha gaplardan tashkil topishi.
O’ziniki bo’lmagan ko’chirma gaplar ham ko’chirma gapning maxsus turi ekanligi.
Muallif gapi tarkibida kesim vazifasida keluvchi nutq fe’llari. Ko’chirma va
muallif gaplarining turli tartibda kelishi. Ko’chirma gaplarning qo’sh kelish hollari.
O’ziniki bo’lmagan ko’chirma gaplarning ko’proq badiiy asar personajlari nutqida
qo’llanishi.
O’zlashtirma gap. O’zlashtirma gap bilan ko’chirma gapning farqi va o’xshash
tomonlari. Qo‘chirma gaplarni o’zlshtirma gapga aylantirishda yuz beradigan
o’zgarishlar. O’zlashtirma gap shakliga keltirib bo’lmaydigan ko’chirma gaplar.
Punktuasiya. Punktuasiya haqida tushuncha. O’zbek tili punktuasiyasi
asoslari. Tinish belgilarining turlari va ishlatilish qoidalari. Sodda gapda tinish
belgilarining ishlatilishi. Qo’shma gapda tinish belgilarining ishlatilishi. O’zga
gapli qurilmalarda tinish belgilarining ishlatilishi.
1.7. Umumiy tilshunoslik
Umumiy tilshunoslik fani, uning mundarijasi, maqsadi, vazifasi va
ahamiyati.
Umumiy tilshunoslik fanining ilmiy-nazariy, falsafiy fan ekanligi. Ayni
fanning tilshunoslik tarixi. Tilshunoslikning nazariy masalalari va lisoniy tahlil
usullari kabi bo‘limlardan iboratligi.
Umumiy tilshunoslik fanining maqsadi va vazifasi talabalarni til falsafasi, til
nazariyasi bilan tanishtirish va qurollantirish, til hodisalari tahlilidan nazariy
xulosalar chiqarishga o‘rgatish.
Til haqidagi fanning uzoq taraqqiyot natijasi ekanligi, uning jamiyat tarixi bilan
bog‘liqligi, o‘z tarixiga egaligi.
Umumiy tilshunoslikni tilshunoslik tarixi bo‘limidan boshlashning zarurligi,
tilshunoslik tarixidagi asosiy yo‘nalishlar, maktablar, ularning tilshunoslik tarixida
tutgan o‘rni, tilshunoslikka qo‘shgan hissasi.
Jahon tilshunosligining tarixiy bosqichlari.
Qadimgi hind tilshunosligi.
Hindlarning qadimgi tilshunoslari. Fonetika va grammatikani yaxshi o‘rgangan.
Vedalar. Panini grammatikasi. Sanskrit yozuvi.
Qadimgi Xitoy tilshunosligi.
Xitoy tilshunosligida yozma manbalarga alohida e’tibor berilishi. Leksikologiya,
leksikografiya, iyeroglifika, fonetika va grammatika masalalari bo‘yicha qator
ishlarning amalga oshirilishi. So‘z masalasi.
Klassik tilshunoslik. Qadimgi Gretsiya tilshunosligining falsafa bilan bog‘liqligi.
Yunon tilshunosligining ikki davri: falsafiy va grammatik davrlari. So‘z va u
bildirgan narsa, hodisalar orasida tabiiy munosabat mavjudligi haqidagi
munozaralar. Yunon tilshunosligining Iskandariya davri va til hodisalariga oid
fikrlar.
Rim grammatikasining grek grammatikasi shaxobchasi sifatida maydonga
kelishi. Rimlik olimlar: Yuliy Sezar, Moris Varron, Mark Kvintilian, Donata va
Prissianlarning til haqidagi ishlari, fikrlari. So‘z turkumi masalasi.
Qadimgi davr tilshunoslik maktablarining tilshunoslik tarixidagi o‘rni,
ahamiyati va kamchiliklari .
Arab tilshunosligi. Kufa va Basra maktablari. Ushbu maktab vakillari, ularning
tadqiqotlari. Sibaveyhiyning «Al-kitob»i. Arab tilshunosligining tuzilishi; rasmul
xat (grafika), tajvid (orfoepiya), sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), ilmul lug‘a(t)
(leksikografiya
va
leksikologiya),
ilmul-maoniy(semasiologiya),ilmul-bayon
(uslubshunoslik)
va
boshqalar.
Arab
tilining
izohli
lug‘atlari.
Arab
tilshunosligining tilshunoslik tarixida tutgan o‘rni.
Arab tilshunosligining rivojida O‘rta Osiyolik allomalarning xizmatlari. Abu Nasr
Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud az Zamaxshariylarning
filologik asarlari.
Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy va Boburning lisoniy tadqiqotlari, ularning
turkiy va o‘zbek tilshunosligi tarixidagi o‘rni.
Yevropada uyg‘onish davridagi tilshunoslik. Por-Royal grammatikasi. Rus
tilshunosligi M.V.Lomonosovning «Rossiya grammatikasi» asari.
Komparativistika (qiyosiy-tarixiy tilshunoslik), uning vujudga kelishida qiyosiy–
tarixiy metodning ahamiyati. Qiyosiy– tarixiy metodning asoschilari, ularning tilga
oid asarlari. V.Gumboldtning lingvistik nazariyasi, til antinomiyasi. Uning
umumiy tilshunoslik faniga asos solishi.
Tilshunoslikning asosiy yo‘nalishlari. A.Shleyxerning naturalistik qarashlari.
Shteyntalning psixologik qarashlari va konsepsiyasi.
Yosh grammatikachilarning umumiy tilshunoslikdagi o‘rni va ularning asoschilari.
Moskva lingvistik maktabi va F.F.Fortunatov. So‘z strukturasi muammosi
bo‘yicha grammatik nazariya, tildagi shakl haqidagi original nazariya.
I.A.Boduen de Kurtene – Qozon tilshunosligi maktabi asoschisi. U tilshunoslikka
fonema, leksema, grafema, akema, kinema, sintagma, kinanema atamalarini
kiritish bilan hissa qo‘shdi.
Peterburg lingvistik maktabi shakllanishida. A.X.Vostokov, I.I.Sreznevskiy,
A.I.Sobolevskiy,
I.V.Yagich,
A.A.Shaxmatov,
L.V.Shcherba,
B.A.Larin,
V.V.Radlov kabilarning xizmatlari.
O‘zbek tilishunosligi asoslari G‘.J.Yunusov, A.G‘ulomov, A.K.Borokov,
O.Azizov, A.N.Kovonov va boshqalar o‘zbek tili grammatikasi yaratilishi uchun
juda ko‘p ilmiy tadqiqotlari bilan katta hissa qo‘shdi.
Tilshunoslikdagi asosiy yo‘nalishlarning( pozitivizm – I.Kant, neolingvistika –
B.Kroche, semasiologiya va semantiklar – A.Marti, A.Gardiner, K.Byuller,
etnolingvistika – V.Gumboldt, sotsiolingvistika – F.de Sossyur, strukturalizm, XX
asr rus tilshunosligi – A.M.Peshkovskiy, G.O.Vinokur, Ye.D.Polivanov,
L.V.Shcherba, V.V.Vinogradov) umumiy tilshunoslikdagi o‘rni.
Til va jamiyat. Tilning ijtimoiy mohiyati. Til shakllanishi va rivojining ijtimoiy
shartlanganligi, jamiyat talabiga ko‘ra til sathlarining notekis rivojlanishi.
Til va tafakkur. Til va tafakkurning o‘zaro munosabati muammosida muhim
hamda murakkab tomonlar. Til va tafakkur aloqasi masalasiga gnoseologik
yondashuv.
Til tizimi va tuzilishi. Til tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, til sistemasi
birliklari, til birliklari orasidagi munosabat, til strukturasining o‘ziga xos
xususiyatlari.
Til va nutq. Til va nutq haqidagi F.de Sossyur nazariyasining mohiyati. Til va
nutqning asosiy birliklari, o‘zaro munosabati, til va nutq hodisalarining
qarammatik xususiyatlari.
Tilning belgilar tizimi. Tilning belgilar tizimi sifatida o‘rganilishi, tildagi belgilar
va aspektiv munosabati, belgining lisoniy xususiyatlari, semiotika va uning
yo‘nalishlari.
Tilni ilmiy tadqiq etish metodlari. Metod, metodika va usul tushunchalarini
qanday farqlash mumkin. Tasviriy(deskriptiv), struktural, kommunikativ,
distributiv, qiyosiy-tarixiy, lingvogeografiya, matematik tahlil metodlarining
xususiyatlari.
Dostları ilə paylaş: |