Grammatika
Grammatika tilshunoslikning bir qismi ekanligi. Grammatika tilning
grammatik qurilishiga xos bo’lgan qonun-qoidalarini o’rganuvchi soha ekanligi: a)
tilning grammatik qurilishi va tovush tomonining o’zaro munosabati; b) tilning
grammatik qurilishi va sostavi.
Grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik kategoriya haqida ma’lumot.
Leksik ma’no va grammatik ma’no. Grammatik ma’noning turlari: 1) umumiy
kategorial ma’no; 2) so‘z ning leksik ma’nosiga qo’shimcha tarzdagi maxsus
shakllar orqali ifodalanadigan ma’no. Grammatik kategoriyalar.
Grammatika morfologiya va sintaksisni o’z ichiga oladi. So‘z va uning
shakllari. Sintaktik shakl, analitik shakl, juft va takroriy shakl.
Morfologiya.
Morfologiyaning so‘z haqidagi grammatik ta’limot ekanligi. Morfologiya va
leksikologiya. Morfologiya va sintaksis. So‘z ning morfologik strukturasi. So‘z
ning morfologik strukturasi shakl yasalishida asos bo’lgan komponent bilan shakl
yasovchi komponentdan (affiks yoki yordamchi so‘z dan) iborat bo’lishi. Shakl
yasalishi asosining tub so‘z, sodda yasama so‘z , qo’shma so‘z shakllarida
bo’lishi. So‘z shaklining asosi so‘z birikmasiga teng kelishi.
So‘z ning leksik-grammatik kategoriyalari. So‘z larni turkumlarga ajratish
prinsiplari.
Ot so‘z turkumi.Otlarning ma’noga ko’ra turlari. Otning grammatik
kategoriyalari: son kategoriyasi, egalik kategoriyasi, kelishik kategoriyasi.
Sifat so‘z turkumi. Sifatlarning semantik turlari, gapdagi vazifasi.
Sifatlarning otlashishi va ravish vazifasida kelishi. Sifat darajalari. Sifatlarning
tuzilishiga ko’ra turlari.
Son so‘z turkumi. Sonning morfologik xususiyatlari. Sonning ma’no turlari.
Sonning hisob (numerativ) so‘z lari bilan qo’llanishi. Sonning sintaktik
xususiyatlari. Sonning tuzilishiga ko’ra turlari. Sonlarning otlashuvi.
Olmosh so‘z turkumi. Olmoshning ma’no va grammatik belgilari.
Olmoshning turlari. Olmoshning tuzilish jihatdan turlari. Boshqa turkum so‘z
larining olmoshga ko’chishi (pronominalizasiya) haqida.
Fe’l so‘z turkumi. Mustaqil fe’llar va yordamchi fe’llar. To’liqsiz fe’llar.
Tuslanishli va tuslanishsiz fe’llar. Fe’lning grammatik kategoriyalari: Bo’lishli-
bo’lishsizlik, daraja, mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari.
Fe’lning funksional shakllari.
Ravish so‘z turkumi. Ravishlarning ma’nosi va morfologik xusuiyatlari.
Ravishlarning ma’no turlari. Ravishlarda daraja.
Yordamchi so‘z lar. Ko’makchi haqida tushuncha. Ko’makchining vazifasi.
Sof ko’makchilar va sof otlar.
Bog’lovchilar, ularning vazifasi va turlari. Yuklamalar, ularaing vazifasi va
turlari.
Modal so‘z lar. Modal ma’nolarning ifodalanishi, usullari: morfologik,
sintaktik, leksik usullar. Modal so‘z va kirish so‘z tushunchalari.
Undov so‘z lar. Undovlarning turlari: his-hayajon undovlari. Buyruq-xitob
undovlari.
Taqlid so‘zlar. Tovushga taqlid so‘z lar, obrazga taqlid so‘z lar.
Sintaksisning asosi – gap haqidagi ta’limot. Sintaksis grammatikaning so‘z
lar va gaplarning o‘zaro aloqasini, gap bo’laklari, so‘z birikmalari, gap va
nutqning yirik parchasi bo‘lgan matnni o’rganuvchi bir qismi. Matn (tekst) o’z
ichida qism, abzas – grafik ajratmalardan tashkil topishi, ba’zan o’z sarlavhalariga
ega bo’lishi, nutqning matn tusida namoyon bo’lishi.Matnning turlari: mikromatn
va makromatn.
Sintaksis tilning morfologiya, leksikologiya va fonetika bo’limlari bilan
bog’liqligi.
Sintaksisning bosh birligi – gap, so‘z birikmasi – gapning tarkibiga kiradigan
yordamchi birlik. Gapning sintaktik birliklari. Gapda so‘z larni biriktirish
vazifasini bajaruvchi vositalar: so‘z formalari (sintaktik affikslar), yordamchi so‘z
lar (sintaktik – leksik vosita), tartib va intonasiya ekanligi.
Sintaktik aloqaning turlari: predikativ aloqa va nopredikativ aloqa.
Predikativ aloqa gapni, nopredikativ aloqa so‘z birikmasini hosil qilishi.
So‘z larning atributiv, obyektli va relyativ munosabatda bo’lib, so‘z
birikmasini tashkil qilishi. Predikativ munosabatning gapni tashkil qilishi.
Gap tarkibidagi so‘z lar orasida ikki xil sintaktik aloqa (tenglanish va
tobelanish) ning mavjud ekanligi. Tenglanish gap tarkibidagi teng bo’laklar
(uyushiq bo’laklar) va teng huquqli gaplar orasida bo’lishi, teng qismlar orasida
teng bog’lovchilar va tenglanish intonasiyasining mavjud bo’lishi. Tobelanish
hokim va tobe qismlar orasida, teng bo’lmagan qismlar orasida bo’lishi.
Tobe aloqaning ko’rinishlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuv.
Moslashuv hokim so‘z tobe so‘z bilan shaxs va sonda mos bo’lishi.
Moslashuvning so‘z birikmasi, (qaratqich va qaralmish) va ega-kesim
munosabatida ko’rinishi. Moslashuvda ba’zan moslikning buzilishi: stolning
yonida, uyning o‘rtasida kabi ot ko‘makchili qurilmalarda, shuningdek “Amir
Temur” xiyoboni, “Navoiy” ko‘chasi, “Mustaqillik” bekati kabi birliklarning
bo’laklarga ajratilmasligi.
Boshqaruvda tobe so‘z hokim so‘z talabiga ko’ra ma’lum shaklga kirishi. Hokim
so‘z ning ifodalanishiga ko’ra boshqaruvning uch turga bo‘linishi: fe’l boshqaruvi,
ot boshqaruvi, sifat-ravish boshqaruvi. Boshqaruvning kelishikli va ko’makchili
turlari. Bitishuvda so‘z larning shaxs – sonda moslashmasligi, tobe so‘z ning
hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum shaklda kelmasligi. Bitishuvda ikki qismning
ko’rsatkichlarsiz qo’llanishi. Bitishuv aloqasidagi qismlarning o’zaro mazmun va
tartibga ko‘ra tobelanganligi.
So‘z birikmasi. So‘z birikmasi sintaktik birlik sifatida. Uning gap tuzishda
qurilish materiali ekanligi.
So‘z birikmasi va sintagma. So‘z birikmasi va sintagmaning bir-biriga o’xshash
tomonlari va farqi.Sintagmalanish nutqning grammatik, mazmun jihati bilan
boQlangan hodisa ekani.
So‘z birikmasining ma’nosi va vazifasi. So‘z birikmasi nominativ (atash)
vazifasini bajarishi.Birikma shu tarkibdagi so‘z larning ma’nosi va leksik –
grammatik xususiyatlari bilan boQliq ekanligi.
Erkin va turg’un birikmalar. Erkin so‘z birikmalarining turg’un birikmalardan
farqi.
So‘z birikmasining o’z tarkibidagi hokim so‘z ning qaysi turkumga kirishiga qarab
ot birikma, fe’l birikma va ravish-sifat birikma ko‘rinishida kelishi.
So‘z birikmasi tuzilish jihatdan sodda birikma va murakkab birikma deb ikki
turga bo’linishi.
Gap. Gap fikr, tuyg‘u va istakni boshqalarga bildirish uchun ishlatiladigan
asosiy sintaktik birlik ekanligi. Gapning grammatik jihatdan tashkil topgan,
mazmun va intonasiyaga ko’ra bir butunlikni tashkil qilgan sintaktik birlik
hisoblanishi. Gap fikr bildirish, xabar berish, shuningdek imosiyalarini, his-
tuyg‘ularni bilidirish vazifasini bajarishi.
Gapning mazmuniy qurilishi. Gap nutqning tugallangan (nisbiy tugal) fikr
ifodalovchi bo‘lagi ekanligi.
Gapning mazmuniy qurilishini o‘rganuvchi mazmuniy sintaksis (semantik
sintaksis)da gapning mazmuniy turlari o’rganilishi. Gap mundarijasida obyektiv
fikr bilan birga subyektiv munosabat ham ifoda etilishi.
Gapning grammatik shakllanishi. Gapning eng muhim belgisi uning grammatik-
intonasion va fikriy jihatdan bir butunlikka ega bo‘lishi. Gap o‘zining formal
shakllanishi, mazmuni, bo’laklarning boQlanish yo‘li va vazifasi bilan so‘z va
so‘z birikmasidan tuzilish jihatdan farqli ekanligi.
Gapdagi predikativlikni ifodalovchi shakllar tizimi gapning paradigmasi
hisoblanishi.
Predikativlik. Gap mundarijasining real voqyelik bilan aloqadorlik hodisasi
predikasiya
hisoblanishi.
Predikativlik
modallik,
zamon
va
shaxs-son
kategoriyalari bilan bog’liqligi.
Modallik gap mundarijasining voqyelikka munosabatini ifodalashi, zamon
(aytilayotgan fikrning nutq momentiga bo‘lgan munosabati)ni bildirish, shaxs esa
harakat bajaruvchisini ko’rsatishi.
Gapning intonasion xususiyatlari. Og’zaki nutqda gapning grammatik-fikriy bir
butun ekanligini intonasiya bildirishi. So‘z, so‘z birikmasi va gapni farqlovchi
asosiy vositalardan biri intonasiya ekanligi.
Gaplarning tasnifi. Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko’ra turlari: darak gap,
so’roq gap va buyruq gaplar. Har bir turning o’ziga xos grammatik va intonasion
xususiyatlari. Har bir turda modallik xususiyatlarining ifodalanishi.
Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo’shma gaplar. Sodda gaplarning
yig’iq gap va yoyiq gap turlari. Qo’shma gap, uning sodda gapdan farqi, turlari.
Gaplarning emosionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko’ra turlari. Undov
gaplarning grammatik, intonatsion xususiyatlari.
Gaplarning modallikka ko’ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Bunday gaplarning
o‘ziga xos xususiyatlari.
Sodda gaplarning sostaviga (tarkibiga) ko’ra turlari. Bosh bo’laklarning biri
yoki har ikkisi ishtirok etishiga ko’ra bir sostavli va ikki sostavli gaplarga
ajratilishi. Bir sostavli gaplar tushunchasining yangicha talqini. Kesim sostavisiz
gapning mavjud bo’lolmasligi.
Sodda gap. Ikki sostavli gaplar. Ikki sostavli gaplarning o’ziga xos xususiyatlari.
Gap bo’laklari. Mustaqil so‘z larning gap bo’lagi vazifasida kelishi. Gap
bo’laklarining leksik-grammatik xususiyatlari. Logik bo’laklar va grammatik
bo’laklar. Gap bo’laklarining birikmali (yoyiq) qo’llanishi.
Gap bo’laklarining tasnifi. Bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar.Gap
bo’laklari talqiniga yangicha qarash. Kesim gapning asosiy uyushtiruvchi markazi
ekanligi.Eganing absolyut hokim bo’lak emasligi.
Ikkinchi darajali bo’laklar bosh bo’laklarni aniqlash, ulardan anglashilgan
fikrni to’ldirish, izohlash uchun qo’llanishi.
Bosh bo’laklar.
Ega gapdagi fikr qaratilgan predmetning nomi ekanligi. Ega harakatini bajaruvchi
shaxsning nomi yoki kesim ifodalangan holat yoki belgi qarashli predmet nomini
bildirishi. Eganing turli so‘z turkumlari bilan ifodalanishi. Eganing qo’llanmaslik
holatlari. Eganing kesim bilan shaxs va songa ko’ra mos bo’lishi. Eganing
birikmali (yoyiq) kelishi.
Kesim nutq predmetining belgisini tasdiq yoki inkor yo’li bilan anglatadigan
bo’lak ekani. Kesim-predikativ markazni tashkil qiluvchi bosh bo’lak.
Kesimlarning ifodalanishga ko’ra turlari: ot-kesimlar, fe’l-kesimlar. Kesimning
tuzilishiga kura turlari: sodda kesim, sostavli kesim va murakkab kesim. Ularning
ichki turlari: sodda ot-kesim, sodda fe’l-kesim; sostavli ot-kesim, sostavli fe’l
kesim.
Murakkab kesimlar, ular tarkibidagi qismlar orasidan sintaktik aloqaning
mavjud bo’lishi bilan sostavli kesimlardan farqlanishi.
Bog’lama. Fe’l bo’lmagan so‘z lar bilan birga kelib, kesimni shakllantirish,
predikativlikni ko’rsatish, modallik, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalash
uchun qo’llanishi. Kesimning ega bilan moslashuvi.
Ikkinchi darajali bo’laklar. Ularning turlicha semantik va leksik-grammatik
xususiyatiga ko’ra tasnifi: aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol.
Aniqlovchi predmetning sifati, xususiyati miqdori yoki qarashliligi kabi turli
belgilarini anglatuvchi ikkinchi darajali bo’lak ekanligi. Aniqlovchining gapda
konstruktiv bo’lak bo’la olmasligi.
Aniqlovchining ifodalanishi. Birikmali qґllanishi. Aniqlovchining turlari:
sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi.
Sifatlovchili birikma qismlari bitishuv yo’li bilan birikib atributiv munosabatini
ko’rsatishi. Qaratqichli birikma qismlari moslashuv yo’li bilan birikib, atributiv
munosabatini ko’rsatishi.
Izohlovchi predmetni boshqacha nom bilan atash uchun qullanadigan
aniqlovchining alohida turi ekanligi. Izohlovchining turlari. Izohlovchining turli
ma’no ifodalashi.
To‘ldiruvchi kesimga boshqaruv yo‘li bilan bog’lanadigan ikkinchi darajali
bo’lak ekanligi. To‘ldiruvchi kesimga kelishik yordamida va ko‘makchi bilan
bog’lanishi. To’ldiruvchining turli so‘z turkumlari bilan ifodalanishi.
To’ldiruvchining vositasiz, vositali turlari, har ikki turning ma’nosi va
qo’llanishidagi o’ziga xos tomonlari.
To’ldiruvchining birikmali kelishi.
Hol. Kesimga tobe bo‘lib, harakatning bajarilishidagi turli holatlarni
bildiradigan ikkinchi darajali bo’lak ekanligi. Holning turli so‘z turkumlari bilan
ifodalanishi. Holning turlari: ravish holi, o‘rin holi, payt holi, sabab holi, maqsad
holi, miqdor-daraja holi, shart holi, to’siqsizlik holi. Holning birikmali kelishi.
Gap bo’laklarining tartibi o’zbek tilida deyarli erkin ekanligi. So‘z lar
tartibining grammatik jihatga ta’sir etish holatlari. Erkin tartib. Inversiya, uning
turli ko’rinishlari.
To’liq va to’liqsiz gaplar. Ularning belgilanishi, asosan, bo’laklarning to’la
ifodalanishi yoki biror zarur bo’lakning ifodalanmay qolishiga bog’liq ekanligi.
To’liqsiz gapning qo’llanishida o’ziga xos mazmun va grammatik xususiyatlar
mavjudligi.
Bir sostavli gaplar o’z logik-grammatik xususiyatiga qarab ikki sostavli
gaplardan farqlanishi. Bir sostavli gaplarning turlari: shaxsi aniq gaplar, shaxsi
noma’lum gaplar, shaxsi umumlashgan gaplar, shaxssiz gaplar, nominativ gaplar,
vokativ gaplar. Bo’laklarga ajralmaydigan gaplar, ularning mazmunga ko’ra
turlari.
Uyushiq bo’lakli gaplar, turli gap bo’laklarining uyushib kelishi. Uyushiq
bo’laklarda egalik, kelishik va son ko’rsatkichlarining qo’llanishidagi o’ziga xos
xususiyatlar. Uyushiq bo’laklarda umumlashtiruvchi birliklar. Uyushiq bo’laklarni
biriktiruvchi yordamchilar.
Ajratilgan bo’lakli gaplar, ularning boshqa bo’laklardan kuchliroq, ta’sirli,
ifodali qilib berish maqsadida maxsus intonasiya bilan aytilishi. Ikkinchi darajali
bo’laklarning ajratilib qo’llanishi.
Undalmali gaplar, tarkibida mazmunan bog’lanib, grammatik aloqaga
kirmaydigan so‘z va so‘z birikmalarining ishtirok etishi. Undalma vazifasida
keladigan so‘z lar. Undalmalarning tuzilishiga ko’ra turlari.
Kirish va kiritma konstruksiyali gaplar. Ular so‘z lovchining fikrga turli
munosabatini bildirib, gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmasligi. Kirish
so‘z lar va kirish gaplar. Ularning farqi. Kirish konstruksiyalarning ma’no turlari.
Kiritma
konstruksiyalar.
Ularning
turli
mazmun
ifodalashi
va
kirish
konstruksiyalardan farqi, o’xshash tomonlari.
Qo’shma gap. Qo‘shma gapning sodda gapdan farqi: qo’shma gapning
qismlarida nisbiy mustaqil mazmun ifodalanishi, alohida predikativlik
munosabatiga ega bo’lishi va nisbiy tugal intonasiya bilan ajratilishi. Qo’shma gap
komponentlari (qismlari)ni o’zaro bog’lovchi vositalar: bog’lovchi, ko’makchi,
yuklama, kelishik shakllari; fe’lning shart va buyruq mayli shakllari, nisbiy so‘z
lar, intonasiya, tartib va boshqalar.
Qo’shma gapning tuzilishiga ko’ra turlari: ikki komponentli qo’shma gaplar, ko’p
komponentli (murakkab) qo’shma gaplar.
Ikki komponentli qo’shma gaplarning turlari: bog’langan qo’shma gap, ergashgan
qo’shma gap. Qo‘shma gaplarning yordamchi vositalarsiz birikishi.
Bog’langan qo’shma gaplar. Bulardan komponentlarining mazmun jihatidan
munosabati, zidlov munosabati, choqishtiruv munosabati, inkor munosabati.
Bog’langan qo’shma gap komponentlarining teng bog’lovchilar shu bog’lovchi
vazifasidagi yuklamalar, bo’lsa, esa yordamchilari orqali birikishi. Biriktiruvchi
vosita sifatida yuklama va boQlovchilarning birga ishlatilishi. Bog’langan
qo’shma gaplarda tenglanish intonasiyasining mavjudligi, komponentlarning teng
huquqli bo’lishi.
Ergashgan qo’shma gaplar. Bunday qo‘shma gaplar teng bo’lmagan
qismlardan tuzilib, ergashtiruvchi yordamchilar orqali va tobelanish ohangi bilan
aytilishi. Bosh va ergash gaplarning shakllanishi va intonasion jihatdan farqi.
Ergash gaplarni ajratishda uch kriteriyga amal qilinishi: har bir komponentdan
mazmunan nisbiy tugallik, predikativ munosabatning mavjudligi gapga xos
ma’lum intonasiya bilan ajralib turishi. Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi
vositalar: ergashtiruvchi boQlovchilar, nisbiy so‘z lar, ko’makchilar, yuklamalar,
boQlovchi-yuklamalar, tobelanish intonasiyasi va tartib. Ergash gaplarni tasnif
qilishda ularning mazmuni, tuzilishi va sintaktik xususiyatining asosga olinishi.
Ergashgan qo’shma gaplarning turlari: ega ergash gapli qo’shma gap, kesim
ergash gapli qo’shma gap, to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap, aniqlovchi
ergash gapli qo’shma gap, ravish ergash gapli qo’shma gap, o’lchov-daraja ergash
gapli qo’shma gap, chog’ishtirish-o’xshatish ergash gapli qo’shma gap, sabab
ergash gapli qo’shma gap, maqsad ergash gapli qo’shma gap, payt ergash gapli
qo’shma gap, o’rin ergash gapli qo’shma gap, shart ergash gapli qo’shma gap
qo’shma gap, to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap, natija ergash gapli qo’shma gap.
Yordamchi vositalarsiz birikadigan qo’shma gaplar. Ular qo’shma gapning
alohida turi emasligi. Bunday qo’shma gap komponentlarini biriktiruvchi asosiy
vosita intonasiya ekanligi.Tarkibidagi qismlarning munosabatiga ko’ra bunday
qo’shma gapning turlari: boQlangan qo’shma gapga sinonim tur, ergashgan
qo’shma gapga sinonim tur. Birinchi turda tenglanish intonasiyasidan tashqari
umumbo’laklar (payt hollari, aniqlovchilar)ning komponentlarini biriktirishdagi
roli. Ergashgan qo’shma gaplarning yordamchilarsiz qo’llanish holatlari.
Ko’p komponentli (murakkab) qo’shma gaplarning uch va undan ortiq
komponentdan tashkil topishi. Murakkab qo’shma gaplarning komponentlari
orasidagi munosabatga ko’ra turlari: tenglanish orqali tuzilgan murakkab qo’shma
gaplar, ergashish orqali tuzilgan murakkab qo’shma gaplar (bir necha ergash gapli
qo’shma gap). Tenglanish va ergashish orqali tuzilgan murakkab qo’shma gaplar
(aralash qo’shma gaplar).
Tenglanish orqali tuzilgan murakkab qo’shma gaplarda biriktiruvchi vositalar:
teng bog’lovchilar, yuklamalar va tenglanish intonasiyasining mavjudligi.
Ergashish orqali tuzilgan murakkab qo’shma gaplarning turlari: bir xil ergash
gaplardan tuzilgan tur, har xil ergash gaplardan tuzilgan tur. Bir necha ergash
gaplarning birgalik ergashuvi va ketma-ket ergashuvi orqali bosh gapga
tobelanishi. Bir necha ergash gaplar orasida teng bog’lovchilar va ergashtiruvchi
yordamchilarning yonma-yon qo’llanish holatlari.
Tenglanish va ergashish orqali birikadigan murakkab qo’shma gaplar (aralash
tipdagi qo’shma gaplar). Ular tarkibidagi komponentlarni biriktiruvchi vositalar.
Ko’p komponentli qo’shma gap komponentlarining murakkab holda kelishi,
ularning boshqa komponentlar bilan munosabati va turli ko’rinishlari.
Dostları ilə paylaş: |