5А111201 O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishining magistratura


 O‘zbek tilining amaliy grammatikasi



Yüklə 222,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix27.12.2023
ölçüsü222,29 Kb.
#199654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
4-5А111201-OZBEK-TILI-VA-ADABIYOTI-Magistratura

 
1.5. O‘zbek tilining amaliy grammatikasi
Adabiy til milliy tilning oliy formasi (yuqori bosqichi) ekanligini, uning 
millat taqdiridagi rolini yaxshi tasavvur qilish; amaldagi (kirillcha) va yangi 
(lotincha) o‘zbek yozuvlarining umumiy va xususiy jihatlarini, ularning har 
ikkalasiga xos grafema tiplari va imlo qoidalarini farqlay olish kabi nazariy 
bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi talab qilinadi. 
Talabalar o‘zbek tilining fonetik-fonologik, leksik-semantik va grammatik 
sathlari nimalalardan tarkib topishini, bunday sathlar o‘rtasidagi aloqadorlikni, 
ularning har biridagi strukturaviy va sistemaviy jihatlarini chuqur anglab olish; 
sintaktik aloqa turlari (moslashuv, boshqaruv, bitishuv); sintaktik munosabat va 
uning turlarini yaxshi bilish; gap, uning tasnif prinsiplari, gaplarning turlarini 
yaxshi tasavvur qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari lozim. 
Nazariy ma’lumotlarga tayangan holda gap bo‘laklari, gapning uyushiq 
bo‘laklari bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lish; qo‘shma gaplar, ularning turlari 
(ikki komponentli qo‘shma gaplar), o‘zga gapli konstruksiyalar, ularning turlari;
“sintaksis” bo‘limi bo‘yicha badiiy adabiyotlardan adabiyotlar to‘plash va ularni 
tahlil qilishni o‘rganish; faktik materiallar asosida ma’lum nazariy xulosalar 
chiqara bilish, fonetik-fonologik, leksik-semantik va grammatik tahlil malakasiga 
ega bo‘lishlari talab qilinadi. 
1.6. Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Hozirgi o’zbek tili kursiga kirish.
Kursning maqsad va vazifalari. O’zbek xalqi 
va tilining shakllanishi va taraqqiyoti. O’zbek tili tarixini davrlashtirish. Milliy 
(umumxalq) til, adabiy til va dialektal nutq, ularning munosabati. “Davlat tili 
to’g’risida”gi qonunning ahamiyati. O’zbek tilshunosligi, uning bo’lim va sohalari.
Fonetika va fonologiya, ularning ob`yekti va predmetining qiyosi
Fonetika turlari va aspektlari. Tovush va fonema, ularning hosil bo’lishi, nutq 
apparati, tovush va fonemaning integral va differensial xususiyatlari, fonemaning 
asosiy tomonlari. Fonetika va fonologiyaning farqi. Fonologik zidlanish. 
Korrelyatsiya. Fonema ottenkalari, variant va variatsiya. Transkripsiya haqida 
ma`lumot. 

Yüklə 222,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin