3. Elektr uskunalarni o‘chirish paytida kuchlanish yo‘qligini tekshirish
Kuchlanish yo‘qligini kuchlanishni ko‘rsatuvchi asbob yordamida tekshiriladi. Uni ishlatishdan oldin, ishga yaroqligini tekshirishga mo‘ljallangan maxsus asbob yordamida yoki yaqin oradagi oldindan kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismga yaqinlashtirib, tekshirib olinadi.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida kuchlanishni ko‘rsatuvchi asbobdan, dielektrik qo‘lqop kiyib foydalanish kerak.
35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida kuchlanish yo‘qligini, izolyatsion shtanga bilan tok o‘tkazuvchi qismga bir necha marta tekkizib tekshirish mumkin.
Kuchlanish yo‘qligini uchqun chiqish va chirsillash alomatini yo‘qligidan bilsa bo‘ladi.