2. Elektr uskunalarni o‘chirish vaqtida xavfsizlik shiorlarini osish va ish joyini to‘sish tartibi
Yoqilishi bilan, ish joyiga kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan ajratgich, uzgich va quvvat o‘chirgichlarini yuritmalari, uzoqdan boshqaruvchi knopkalar va kalitlar, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan kommutatsion apparatlar (avtomatik uzgich, ayirgich va hokazo) ga, «Ulamang! Odamlar ishlamoqda!»degan shior osib qo‘yilishi zarur.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan avtomatik uzgich, ayirgich (rubilnik) va ajratgichi bo‘lmagan ulamalarda, shiorlar saqlagichlar olib qo‘yilgan joylar-da osiladi. Shiorlar, izolyatsion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarda to‘siqlarga, bir qutbli ajratgichlarda esa, har bir ajrat-gichning yuritmasiga osiladi.
Ajratgichlarning pnevmatik yuritmalariga, havo ochadigan suruvchi ochgichlariga, «Ochmang! Odamlar ishlamoqda!»degan shior osiladi.
Kabel va havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarish uchun o‘chirilgan ajratgichlarning yuritmalariga ishlayotgan brigadalarni sonidan qat’iy nazar, bitta «Ulamang! Odamlar ishlamoqda!» degan shior osiladi. Bu shior ish joyini tayyorlashga farmoyish beruvchi va tarmoqda ishlayotgan brigadalarni hisobga olib turuvchi xodimning ko‘rsatmasi bo‘yicha osiladi va yechib olinadi.