13 MAVZU ELEKTR USKUNALARNI O‘CHIRISH BO‘YICHA texnik tadbirlar
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarining ish bajariladigan tok o‘tkazuvchi qismlarida ish bajarilganda, kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan barcha tomonlardagi qo‘l yuritmasi bilan jihozlangan kommutatsion apparatlar, o‘chiriladi. Sxemalarda saqlagich bo‘lsa, saqlagich olib qo‘yiladi. Sxemada saqlagich bo‘lmagan kommutatsion apparatlarni adashtirib ulab yuborishni oldini olish, shkaf eshiklari va tutqichlarini qulflash, tugmani (knopkani) yopib qo‘yish, kommutatsion apparatlarning kontaktlari orasiga izolyatsion qoplagich (nakladka) qo‘yish kabi choralar orqali, amalga oshiriladi. Uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlardan kuchlanishni olib tashlashda, uni ulovchi elektr g‘altagi o‘chirib qo‘yilishi zarur.