5–MA’ruza: tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish


Ish bajarish uchun ish joyini tayyorlashda kuchlanishni olib tashlash talab qilinsa, texnik tadbirlar quyida ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi kerak



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/15
tarix13.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#57789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
13 MAVZU ELEKTR USKUNALARNI O‘CHIRISH BO‘YICHA texnik tadbirlar

Ish bajarish uchun ish joyini tayyorlashda kuchlanishni olib tashlash talab qilinsa, texnik tadbirlar quyida ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi kerak:

  • -barcha o‘chirilishi kerak bo‘lgan uskunalarning o‘chirilishi, ularning o‘zo‘zidan yoki yanglishish oqibatida yoqilishiga to‘sqinlik qiluvchi choralarni ko‘rish;
  • -uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarning kalitlariga, qo‘l bilan boshqariladigan yuritmalarga ta’qiqlovchi shiorlarni osish;
  • -odamlarni elektr toki bilan jarohatlanishdan saqlash maqsadida, yerga ulash zarur bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulashdan oldin, ularda kuchlanish yo‘qligini tekshirish;
  • -yerga ulagichni o‘rnatish (erga ulagich pichoqlarini ulash, ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatish);
  • -ish joylarini yoki kuchlanish ostida qolgan boshqa tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish va to‘siqlarga zarur bo‘lgan taqdirda, xavfsizlik shiorlarni osish;
  • -mahalliy sharoitga qarab, o‘chirilgan tok o‘tkazuvchi qismlar yerga ulashdan oldin yoki keyin, to‘siqlar bilan ajratish;
    • 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida kommutatsion apparatlarni o‘chirish yo‘li bilan, ko‘rinadigan oraliqlar hosil qilinishi kerak.
    • Ko‘rinadigan oraliqlar saqlagichini olib qo‘yishi, hamda ajratgich va bo‘lgichlar orqali bajariladi (apparat ichiga prujinali avtomatik ulanadigan kommutatsion apparatlar bundan istisnodir).
    • Kuch va kuchlanish transformatorlarining ajratilgan qismlarida ishlaganda, ulardagi kuchlanish qayta transformatsiyasini yo‘qotish uchun, ushbu transformatorlar 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan tomonidan ham o‘chirilishi zarur
    • Ish joyini tayyorlashda qo‘l bilan boshqariladigan ajratgich va bo‘lgichlar o‘chirilganidan so‘ng, ularning to‘la o‘chganliklarini sinchiklab ko‘rib, ularda shuntlovchi ulamalar yo‘qligi to‘g‘risida, to‘la ishonch hosil qilish kerak.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin