2.1.15. 5 ta talabani 10 ta joyga necha xil usulda joylashtirib chiqish mumkin?
2.1.16. Ikkinchi kurs talabalari 3-semestrda 10 xil fan o‘tishadi. Dushanba kuni 4 ta har xil fandan darsni necha xil usulda dars jadvaliga qo‘yish mumkin?
2.1.17. Matbuot do‘konida 5xil ko‘rinishdagi konvert, 4 xil ko‘rinishdagi marka sotilayapti. Necha xil usulda marka va convert sotib olish mumkin?
2.1.18. Disketalar saqlaydigan quti 12 ta nomerlangan joydan iborat. Talaba 10 ta turli xil disketalarini qutiga necha xil usulda joylashtirishi mumkin? 8 tanichi?
2.1.19. Futbol jamoasida 11 ta futbolchi ichidan jamoa sardori va sardor o‘rin bosarini necha xil usulda tanlash mumkin?
2.1.20. Agar oq qog‘oz varrog‘ini 180 gradusga burilsa o, 1, 8 raqamalri o‘zgarmaydi, 6 va 9 raqamlari bir-biriga o‘tadi, boshqa raqamlar esa ma’nosini yo‘qotadi. 180 gradusga burilganda miqdori o‘zgarmaydigan nechta 7 xonali son mavjud?
2.1.21. Futbol bo‘yicha Oliy liga O‘zbekiston chempionatida 16 ta jamoa qatnashadi, oltin, kumush, bronza medallarni va oily ligani tark etuvchi 2 ta jamoani bo‘lishi mumkin bo‘lgan nazariy variantlari necha xil bo‘lishi mumkin?
2.1.22. Oliy o‘quv yurtining ma’lum bir yo‘nalishiga 10 kishi qabul qilinishi aniq bo‘lib, ushbu yo‘nalishga 14 ta abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa, o‘qishga kirgan abituriyentlar ro‘yxati necha xil bo‘lishi mumkin?
Masala: U={a,b,c,d,e} to‘plamda quyidagicha shartlarni bajaruvchi nechta k ta elementli qism to‘plam tuzish mumkin?
2.1.23. k=2 elementli takrorlanmaydigan o‘rin almashtirishlar soni?
2.1.24. k=3 elementli takrorlanmaydigan o‘rin almashtirishlar soni?
2.1.25. k=4 elementli takrorlanmaydigan o‘rin almashtirishlar soni?