6- mavzu: IX-XII asrlarda o„zbek
davlatchiligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy hayot.
Reja:
1. Tohiriylar va Somoniylar davrida
Movarounnahr.
2. Qoraxoniylar,
G„aznaviylar,
Saljuqiylar davlatlari.
3. Xorazmshohlar
davrida
o„zbek
davlatchiligi.
4. O„rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII
asrlarda yuz bergan uyg`onish (renessans)
davri.
Tayanch so„z va iboralar: Tohiriylar .
Somoniylar. Davlat boshqaruvi. Qoraxoniylar.
G„aznaviylar.
Saljuqiylar.
Xorazmshohlar.
Uyg„onish.
Ilm-fan.
Badiiy
adabiyot.
Hadisshunoslik. Tasavvuf ta‟limoti.
1. Tohiriylar va Somoniylar
Arablarning O„rta Osiyo hududlaridagi deyarli
bir yarim asrlik hukmronlik davri bu hududning
erksevar xalqlarining o„z eli, Vatanining
mustaqilligi yo„lidagi jo„shqin kurashini,
intilishini so„ndira olmadi.
Darhaqiqat, IX asr boshlariga kelib Arab
xalifaligida yuzaga kelgan bo„hronli vaziyat,
siyosiy tanglik, Xuroson va Movarounnahrda
kechayotgan ziddiyatli jarayonlar, eng muhimi,
bu hududda yuz bergan Rofe ibn Lays
qo„zg„oloni (806-810) mazkur o„lka xalqlari
uchun xalifalik tobeligidan qutilish, yurt
mustaqilligini qo„lga kiritish yo„lida qulay
imkoniyatlarni vujudga keltirgandi. Xususan,
mashhur xalifa Xorun ar-Rashid (786-809)
vafotidan so„ng xalifalik taxtini egallash uchun
uning o„g„illari – Amin va Ma‟mun o„rtasida
qizg„in kurash boshlangan edi. Bir necha yilga
cho„zilgan bu siyosiy mojaro nafaqat xalifalik
markazini tang ahvolga solib qolmasdan, balki
unga tobe bo„lgan hududlardagi voqealar
rivojiga ham sezilarli ta‟sir ko„rsatdi.
Ma‟mun katta qo„shin tuzib, unga Xurosonlik
Tohir ibn Husaynni boshliq etib tayinladi. Rey
yaqinidagi jangda Tohir ibn Husayn al-Amin
qo„shinini engadi va Bag„dodga yurish
boshlaydi. Tohir 813 yilda yana g„olib kelib
Bag„dodni ham qo„lga kiritadi. Ma‟mun
halifalik taxtiga ko„tariladi. Lekin u 819 yilga
qadar Bag„dodga bormay Marvdan turib
hokimiyatni boshqaradi. Uning buyrug„i bilan
Tohir ibn Husayn Iroq hokimiyati va Bag„dod
harbiy garnizoni boshlig„i bo„ladi (819 yilga
qadar). Ma‟mun Marvdagidayoq olimlar
guruhini o„z atrofiga to„plagan edi. U 819 yilda
Bag„dodga borar ekan, u erda Baytul hikmat
(fanlar akademiyasi)ga asos soladi. Demak, bu
fan maskanining negizini avvalo, Turkistonlik
olimlar tashkil etganlar.
Ma‟mun halifalik oldidagi katta xizmatlari
evaziga Tohir ibn Husaynni 821 yilda
Xurosonga noib etib tayinlaydi. Shu tariqa,
Tohiriylar davlati vujudga kelib 873 yilga qadar
davom etadi. Uning poytaxti avval Marv,
keyinroq Nishopur bo„ladi.
Dastlab Movarounnahrning ko„pgina viloyatlari
ham uning tasarrufida bo„lgan. Buning boisi
shuki, ikkala o„lkaning noiblik markazi
Xurosonning Nishopur shahri bo„lgan.
Tohir ibn Husayn boshqaruv jilovini qo„lga
kiritgach, undan yurt mustaqilligini, uning
ravnaqi va qudratini oshirish yo„lida
foydalanishga qat‟iyan yo„l tutadi.
Tohir ibn Husayn o„z davlatining mustaqilligini
tiklash maqsadida 822 yilda xalifa nomini xutba
namozidan chiqarib tashlashga amr kiladi.
Biroq tez orada uning sirli o„limi bu borada
katta ishlar qilinishiga imkon bermaydi. Uning
vorislari Talha (822-828), Abul Abbos
Dostları ilə paylaş: |