6- mavzu: IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/30
tarix27.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#135423
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Buxoriy (810-870) nomi yorqin ko„zga 
tashlanib turadi. Yuksak aql-zakovat sohibi al-
Buxoriy, Sharqning yirik ilmiy va ma‟rifiy 
markazlaridan biri - Buxoroi sharifda tug„ilib, 
juda erta yoshligidan diniy bilimlarni chuqur 
egallaydi.


Imom Buxoriy o„z safarlari davomida turli 
shaharlardagi 90 ga yaqin ustozlardan ta‟lim 
olgan. Ayni chog„da uning o„zi ham san-
sanoqsiz shogirdlarga ustozlik qilgan. Imom 
Buxoriy shogirdlari orasida Ishoq ibn 
Muhammad ar-Ramodiy, Muhammad 
alMasnadiy, Xalaf ibn Qutayba, Abu Iso at-
Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvoziy, 
Imom Ahmad ibn Hanbal singari zukko olimlar 
nomi alohida ajralib turadi.
Imom Buxoriy go„zal insoniylik sifatlariga ega 
bo„lishi bilan birga uning quvvai xofizasi, 
xotirasi ham nihoyatda o„tkir bo„lgan. 
Manbalarda uning 600 mingga yaqin hadisni 
yod bilganligi qayd etilgan.
Al-Buxoriy keyingi nasllar uchun o„zidan katta, 
boy ilmiy meros qoldirgan. Uning qalamiga 
mansub noyob asarlar ro„yxati 20 dan oshadi. 
Bu asarlar orasida «Al-jome‟ assahih» asari (U 
«Sahiyh al-Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi) 


o„zining mukammalligi, ahamiyatining 
benihoyaligi bilan ajralib turadi. Alloma ibn 
Salohning ta‟kidlashicha, alBuxoriyning bu 
asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni 
takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta, 
takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan 
iborat. Eng muhimi shundaki, bu sharafli ishni 
birinchi bo„lib al-Buxoriy boshlab bergan 
bo„lsa, keyinchalik boshqa olimlar unga 
ergashib, hadislar to„plamini yaratganlar.
Allomaning «Al-jome‟ as-sahih» asari asrlar 
davomida butun musulmon dunyosida yuksak 
qadrlanib, necha bor nashr etilib, er yuzi 
musulmonlari uchun dasturilamal qo„llanma 
bo„lib kelmoqda. Uning 1325 yilda ko„chirilgan 
8 jilddan iborat mukammal nusxasi hozirda 
Istanbul (Turkiya)da saqlanmoqda. Uning 
asarlarida ifodalangan mehr-muhabbat, 
sahiylik, ochiq ko„ngillik, kattalarga hurmat, 
etim-esirlarga muruvvat, beva-bechoralarga 


himmat, vatanga muhabbat, halollik, 
pokizalikka da‟vat etuvchi yuksak insoniy 
fazilatlar, olijanob tuyg„ular hamisha insonlarga 
ma‟naviy oziqa bag„ishlab kelgan.
Imom al-Buxoriyning zamondoshi va shogirdi, 
o„z davrining mashhur allomasi - Abu Iso 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin