6. 1-Laboratoriya ishi Mavzu: C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish Ishdan maqsad



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix12.12.2022
ölçüsü1,8 Mb.
#74171
  1   2   3
labaratoriya 6



6.1-Laboratoriya ishi 
Mavzu: C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish 
Ishdan maqsad: C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratishni 
o`rganish va ko`nikmaga ega bo`lish. 
Masalani qo`yilishi: C++ builder 6 dasturining ma`lumotlar bazasi bilan ishlaydigan 
komponentalarni o`rganish va ular ishtirokida ma`lumotlar bazasi ma`lumotlari bilan 
oddiy interfeys yaratish. Ma`lumotlar bazasi sifatida Oracle va interfeys sifatida C++ 
builder 6 dasturlari o`rtasida aloqa o`rnatish. 
Uslubiy ko`rsatmalar: C++ dasturlash tilida ma`lumotlar bazasi bilan 
ishlaydigan ADO, DataAccess, DataControl va dbExpress kabi komponenta bo`limlari 
mavjud. Ular orqali ma`lumotlar bazasi ustida amallar bajarilishi mumkin. Interfeysda 
ma`lumotlar bazasini chaqirish uchun ADOConnection, ADOQuery va DataSource 
komponentalaridan foydalanish kifoya. Ma`lumotlar bazasidagi ob`yektni aks ettirish
uchun esa DBGrid komponentasidan foydalaniladi. DBGrid komponentasi 
jadvallarni aks ettiradigan komponenta hisoblanadi. 
ADOConnection komponentasi ADO bo`limida joylashgan bo`lib, u 
ma`lumotlar bazasi bilan aloqa o`rnatishga xizmat qiladi. 
ADOQuery komponentasi ham ADO bo`limida joylashgan bo`lib bog`langan 
ma`lumotlar bazasiga so`rovlar yozishda ishlatiladi. 


DataSource komponentasi esa Data Access bo`limida joylashgan bo`lib, 
so`rovlarni dbGrid komponentasi, ya`ni so`rovlarni jadvallarda aks ettiradi. 
Yuqorida ko`rib chiqilgan komponentalar ma`lumotlar bazasi bilan aloqa 
o`rnatishda muhim komponentalar hisoblanadi. Ma`lumotlar bazasini boshqarish 
tizimining qaysi turi bo`lishidan qat`iy nazar bu komponentalardan foydalaniladi. 
Shunday ekan C++ builder 6 dasturi va Oracle ma`lumotlar bazasi bog`lashni ko`rib 
chiqilgan. 
7.1 rasm. C++ Builder 6 dasturining bosh oynasi 
7.1 rasmda C++ Builder 6 dasturining bosh oynasi keltirilgan bo`lib, ma`lumotlar 
bazasi bilan aloqa o`rnatishda ADO va DataAccess bo`limlaridan foydalaniladi. Avvalo 


bu uchta komponentani ishga tushirish kerak bo`ladi. Bu komponentalar dastur ishga 
tushganda ko`rinmaydi. Ular forma osti komponentalari hisoblanadi. 
7.2 rasm. Asosiy komponentalarni ishga tushirilishi 


7.2 rasmda asosiy komponentalar ishga tushirilgan. Keyingi qadam har bir 
komponentani xususiyatiga o`zgartirishlar kiritish bilan bo`g`liq. Birinchi navbatda 
ADOConnect komponentasi xususiyatining kerakli sozlamalari kiritiladi. 
7.3. rasm. ADOConnection komponentasining xususiyati ADOConnection 
komponentasining xususiyatlarini kerakli bo`limlariga 
o`zgartirishlar kiritilishi shart. Bulardan biri ConnectionString xususiyatidir. Uni ishga 
tushirganimizda 7.3 rasmdagi oyna hosil bo`ladi. Ma`lumotlar bazasi bilan aloqa 
o`rnatishimiz uchun undagi “Build” tugmasi bosiladi va ma`lumotlar bazasini 
boshqarish tizimiga moslab kerakli bo`limi tanlanadi. Masalan Oracle bilan 
bog`lanishni amalga oshirish uchun “Microsoft OLE DB Provider for Oracle” bo`limi 
tanlanadi 
7.4 rasm. MBBTni tanlash oynasi 


Ushbu bo`lim tanlanib “Далее” tugmasi bosiladi va 7.5 rasm hosil bo`ladi. 
7.5 rasm. MBBT bilan bog`lash bo`limi 
7.5 rasmda ko`rsatilgan oyna asosiy qilinadigan amallardan tashkil topgan. 
Bunda server nomini kiritish talab etiladi. Agar Oracle serverga joylashmagan bo`lsa 
shaxsiy kompyuterni IP adressini yozish kifoya. Keyingi qadamda esa MBBT 
foydalanuvchi nomi va paroli kiritiladi. So`ralgan ma`lumotlar kiritilgandan so`ng 
ma`lumotlar bazasi bilan bog`langanligini tekshirib ko`rish mumkin va “OK” tugmasi 
bosiladi. 
7.6 rasm. ADOQuery komponentasi xususiyatlari 


ADOQuery komponentasining Connection xususiyatini “ADOConnection1” va 
DataSource xususiyatini “DataSource1” nomlari bilan belgilash maqsadga muvofiq. 
Bunda uchta komponenta bir biri bilan aloqa bo`ladi. 
Keyingi qadam esa ADOQuery komponentasining SQL xususiyatga so`rov 
yozish bilan davom ettiriladi. 
7.7. rasm. SQL xususiyati oynasi 
ADOQuery komponentasining Active xususiyatiga “True” belgilanadi. 
Shundagina 
kiritilgan 
so`rov 
ishga 
tushadi 
va 
tekshiriladi. 
DataSource 
komponentasininng DataSet xususiyatiga “ADOQuery1” belgilanadi. Bu bilan ikkita 
komponent o`rtasida aloqa o`rnatiladi. 
Kiritilga so`rovni aks ettirish uchun yana bir komponenta DBGrid komponentasi 
kerak bo`ladi. Bu komponenta Data Controls bo`limida joylashgan. U ishga 
tushirilgandan keyin esa Data Source xususiyatiga “DataSource1” belgilanadi. 
Tayyor bo`lgan loyiha kompilyatsiya qilinadi. Bu jarayon 7.8. rasmda aks ettirilgan. 


7.8. rasm. Kompilyatsiya jarayoni 
Bu loyiha har safar ishga tushirilganda ma`lumotlar bazasi logini va paroli 
tizim tomonidan so`raladi. Buni oldini olish uchun ADOConnection komponentasining 
LoginPromt xususiyatiga “False” belgilanadi. 
Bu yerda keltirilgan Laboratoriya ishi Oracle ma’lumotlar bazasi uchun 
qurilgan bo’lib, agarda birorta muammo bo’ladigan bo’lsa ma’ruza 
mashg’ulotlariga tayangan holatda biror bir ma’lumotlar bazasini qo’llab 
quvvatlaydigan dasturiy ta’minot(Microsoft Access, Denwer, Open Server, 
SQL Server va boshqalar) dan foydalanishingiz mumkin 


Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin