6 Adabiyot II qism 2017. p65



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

Tog‘ay MUROD
(1948–2003)


1 2 4
Bu yozuvchining tarjimayi holi ham o‘z qahramonlariniki
singari oddiyginadir.
U janubiy viloyatlarimizdan bo‘lmish Surxondaryoning Denov
tumaniga qarashli Xo‘jasoat qishlog‘ida 1948-yilda tug‘ildi.
Qishloqdagi o‘rta maktabda o‘n yil o‘qigach, 1966–1972-yillarda
hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti-
da ta’lim oldi. Bu fakultet o‘sha yillari ko‘plab yosh iste’dodlar-
ga o‘z ijodiy yo‘lini topishi, jiddiy asarlar yozib dastlabki mu-
vaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishida muhim maktab rolini o‘ynagan
edi. Fakultetdagi qaynoq, nisbatan erkin ijodiy muhit, o‘z
davrining yirik shoir va yozuvchilari bilan tez-tez o‘tkazib turila-
digan uchrashuv va muloqotlar, yotoqxonalarda to tongga qadar
tugamaydigan she’riyat kechalari – bularning bari iste’dod g‘un-
chalarining tez yetilishi, kamol topishida jiddiy turtki rolini o‘y-
nardi. Ko‘p yosh ijodkorlarning respublika matbuotida muntazam
qatnashishi ham ayni shu fakultetda o‘qib yurgan yillariga to‘g‘ri
kelardi. Tog‘ay Murod esa talabalik paytidayoq o‘nlab hikoyalar
yozgan bo‘lsa-da, ularni e’lon qilishga shoshilmas, o‘zidan,
bilimlaridan ko‘ngli to‘lmasdi. U iloji boricha ko‘proq o‘qish, bu
orqali faqat o‘zimizning ijodkorlarnigina emas, balki dunyoning
eng zo‘r adiblari tajribalarini ham o‘zlashtirishni istardi.
U shu niyatdan kelib chiqib, tirikchilikka yetarli maosh bera-
digan qanday ish taklif qilinsa, o‘sha yerga borib ishlardi. Masa-
lan, 1972–1976-yillarda respublika radiosining «Vatandoshlar»
(xorijiy ellarga mo‘ljallangan) tahririyatida xizmat qilgan bo‘lsa,
undan keyin «O‘zbekiston fizkulturachisi» gazetasida, 1982-yil-
dan 1985-yilgacha esa «Fan va turmush» jurnalida xizmat qildi.
Tog‘ay Murod o‘zining ijodiy rejalariga birovlarning aralashi-
shini, unga ta’sir o‘tkazishga bo‘lgan urinishlarni hecham yoq-
tirmas, shovqin-suronli davralardan o‘zini olib qochar edi. Butun
fikri-zikri o‘qib-o‘rganish, tinimsiz ijodiy mehnat qilish bilan
band bo‘lardi. Shu tufayli ham, yozuvchi sifatida xalqqa ancha
tanilib qolgan bo‘lishiga qaramay, 1985–1987-yillar ichida
Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida ham tahsil olib qaytdi.


1 2 5

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin