6 Adabiyot II qism 2017. p65


U yillari o‘zbek xalqi miyasiga «Sizlar o‘tmishda



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

U yillari o‘zbek xalqi miyasiga «Sizlar o‘tmishda
savodsiz, madaniyatsiz, aqliy va jismoniy imkoniyatlari
cheklangan xalq bo‘lgansizlar. Faqat yurtingizda sho‘ro
hukumati o‘rnatilgandan keyingina madaniyatli millatlar
qatoriga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ldingiz» qabili-
dagi tushunchalar g‘oyat ayyorlik bilan singdirilardi.
Ikki-uch yillik harbiy xizmatga olib ketilgan yigitlarimiz
aksariyat qurilish batalyonlariga tashlanar, ularning kuchidan
suvtekin foydalanilardi. Respublikada sportni rivojlantirish,
bolalarni sog‘lomlashtirish masalalariga kam e’tibor berilar,
bolalar umri paxta dalalarida, xavfli kimyoviy dorilar ostida za-
harlanib o‘tardi. O‘z intilishi bilan ko‘pchilikni qoyil qoldirgan
iste’dodli sportchilar ham xorijiy davlatlarda bo‘ladigan xalqaro
musobaqalarga jo‘natilmas, natijada, dunyo ahli o‘zbeklar kim,
O‘zbekiston qanday yurt ekanidan bexabar qolaverardi.
Boshqa yoqdan esa turli bahonalar bilan bizning milliy an’ana-
larimiz, urf-odatlarimizga davlat miqyosida hujumlar uyushti-
rilardi. Dinimiz, e’tiqodimiz ustidan ochiqdan ochiq kulishar, ne-
ne asrlar osha zavol ko‘rmay kelgan ko‘plab muqaddas qadamjo-
larimiz buzib tashlanardi. Ona tilimiz butun rasmiy idoralar,
hujjatlar, aksariyat ta’lim dargohlaridan siqib chiqarilgan, bu tilda
gaplashish esa madaniyatsizlik belgisi sifatida qaralardi...
Tog‘ay Murod mana shunday sharoitda o‘z qahramoni Bo‘ri
polvonga qo‘shilib og‘ir-og‘ir, ayni choqda yozuvchi uchun
xavfli-xavfli o‘ylarga cho‘madi. Bu o‘ylarini el oldiga, boyagi
makkor hukumat oldiga olib chiqishdan cho‘chib o‘tirmaydi:
«Xalq nimasi bilan xalq?
O‘zining urf-odatlari bilan xalq! Ko‘p urf-odatlarimizni birov-
lar... birovlar o‘ziniki qilib oldi! Biz qo‘limizni burnimizga tiqib
qoldik.


1 4 7
!
Shunday keta bersak, hademay... o‘zimizni-da boy berib
qo‘yamiz!
Bu yog‘i kamday, ne-ne nimalarimizni eskilik sarqiti deb yo‘q
qildik. Xiyol bo‘lmasa xalqning o‘zini-da... eskilik sarqitiga
chiqarib yuborayin, dedik!
Bugun buni yo‘qota bersak, ertaga uni yo‘qota bersak...
podadan nima farqimiz qoladi?..»
Bo‘ri polvonning bu o‘ylari «Buni rais biladimi?..» degan sa-
vol bilan tugayotganiga e’tibor bering. Xo‘p, rais biladi ham
deylik, nima qila oladi? Undan kattaroq raislar, vazir-u noiblar
nima qila olyaptiki, kichik bir kolxoz raisi bir narsa qila olsin!
Aslida ularning biror narsa qilishi, nimanidir o‘zgartirishi –
keyingi masala. O‘zi ular bu haqida jiddiyroq o‘ylaydimi? Shu
muammolarni o‘ylab hech uyqulari qochganmi?
Agar jiddiyroq o‘ylaganlarida, ozgina ixlos qo‘yib harakat
qilganlarida bu masalalarni ham yoritish yozuvchiga qolmas edi-
ku! Shunday emasmi?
Xuddi Bo‘ri polvondek yozuvchi ham noyob urflarimiz, ko‘h-
na ma’naviy boyliklarimiz sekin-asta unutilishi, borib-borib esa
yo‘q bo‘lib ketishidan jiddiy xavotirga tushadi. Agar e’tibor
qilgan bo‘lsangiz, bu qissada qadimiy xalq musobaqasi – kurash
san’atining butun qonun-qoidalari eng mayda jihatlarigacha
batafsil tasvirlanadi. Ikkinchi qissa – «Ot kishnagan oqshom»da
chavandozlik, otlar bilan bog‘liq o‘yinlar, otlarning zoti, parva-
rishi singari mavzular yoritiladi. «Otamdan qolgan dalalar»
romanida bo‘lsa, qadim o‘zbekning paxtakorlik faoliyati sir-
sinoatlari to‘liq qog‘ozga tushiriladi. Tog‘ay Murod bu ishni
ongli ravishda, ezgu maqsad yo‘lida qilgani shubhasizdir.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin