6 Adabiyot II qism 2017. p65



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

Savol va topshiriqlar


1 4 9
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov
qardosh Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani hududidagi Azot
ovulida 1929-yilning 5-may kuni tavallud topgan. O‘rta maktab-
ni tugallab, Qoraqalpog‘iston pedagogika institutiga o‘qishga
kirgan va uni 1949-yilda muvaffaqiyatli bitirgan. Talabalik yilla-
rida yaqqol namoyon bo‘lgan uning izlanuvchanligi, ijodga mo-
yilligidan xabardor institut rahbariyati Ibroyimni shu dargohda
o‘qituvchi sifatida ishga olib qoladi. I. Yusupov 1961-yilgacha
mazkur institutda talabalarga til va adabiyot ilmidan saboq beradi.
1961–1962-yillarda u Qoraqalpog‘istonning markaziy adabiy
nashri bo‘lmish «Amudaryo» jurnalining bosh muharriri vazifasini
bajaradi. 1962–1965-yillarda esa respublikaning Tarix, til va ada-
biyot ilmiy-tekshirish institutida avval ilmiy xodim, keyin sektor
mudiri bo‘lib ishlaydi.
Ibroyim Yusupov respublika adabiy jamoatchiligi o‘rtasida
qozongan obro‘-e’tibori tufayli uzoq yillar davomida (1965–
1980) Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasiga raislik qiladi.
Ayni shu yillari qoraqalpoq milliy adabiyotining barcha yo‘na-
lishlarida diqqatga loyiq asarlar yaratiladi, yozuvchilar safiga
yosh, umidli ijodkorlar kelib qo‘shiladi.
I. Yusupov 1980–1985-yillarda respublikaning markaziy gaze-
tasida bosh muharrir vazifasini bajargan bo‘lsa, mamlakatimiz
Ibroyim YUSUPOV
(1929–2008)


1 5 0
!
mustaqillikka erishganidan to 2000-yilgacha Qoraqalpog‘iston
Ma’naviyat va ma’rifat markazining raisi lavozimida fidokorona
xizmat qildi.
Ibroyim Yusupovning dastlabki she’rlari o‘tgan asrning 40-yil-
lari o‘rtalaridan – u institutda o‘qib yurgan kezlariyoq e’lon qilina
boshlagan. Shundan buyon ijodkorning 30 dan ortiq she’riy va
nasriy kitoblari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin