6 Adabiyot II qism 2017. p65


Mazkur to‘rtlikda, biz yuqorida aytganimiz inson



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

Mazkur to‘rtlikda, biz yuqorida aytganimiz inson
tabiatidagi qonuniyatdan tashqari, lirik qahramonning
o‘zi tug‘ilib o‘sgan joylardan ketganiga juda uzoq yillar
bo‘lgani, uni bilgan keksalar endi uni unutayozgani, u
yo‘q yillar tug‘ilgan bolalarni esa o‘zi tanimasligidek
holat ham aks etgan, albatta.
Keyingi to‘rtlikda hayotning bundan ham achchiqroq haqiqat-
lari ixcham badiiy shaklda ifoda etiladi. Uni ikkiga ajratib tahlil
etgan ma’qul.
– Ota, narvon bo‘pti anov qo‘sh terak!
– Bolam, terak emas, bu umr-ku, bu!
Otaning ovuldan uzoq yil uloqib ketgan o‘g‘lining sodda hay-
qirig‘iga bildirgan javobida qancha haqiqat, qancha hikmat ja-
muljamdir. Avvalo, bir paytlar yashnab turgan terakning oxir-
oqibat yog‘ochga – narvonga aylanishi umrning o‘tkinchiligidan,
hech narsa boqiy yashamasligidan ogoh etadi. Undan keyin, bu
yerda yolg‘iz terak emas, balki qo‘sh terak haqida so‘z bormoq-
da. Buni farzandlarini oq yuvib-oq tarab voyaga yetkazish uchun
aziz umrini fido aylaydigan ikki jafokash inson – ota va ona
timsoli deb tushunsak, to‘g‘ri bo‘ladimi, bolalar?
Qolaversa, bu «qo‘sh terak» nega aynan «narvon bo‘pti»?


1 5 7
Savol va topshiriqlar
Narvon nima uchun xizmat qiladi? Insonni tepalikka, ba-
landlikka, yuksaklikka olib chiqish uchun. «Qo‘sh terak»ning –
ota va onaning umri esa farzandlarini shu yuksakliklarga yo‘llash
tashvishida kechadi. Ular o‘z yelkalarida kelajakni ko‘tarib tu-
radilar!
Ajoyib shoir Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodi, «Qadrdon
so‘qmoqlar» she’rining boshqa xususiyatlarini esa quyidagi savol
va topshiriqlarga javob topish asnosida o‘zimiz uchun kashf
qilamiz.
1. O‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining qadimdan bir oila far-
zandlari kabi ahil va inoq yashab kelayotganiga hayotdan mi-
sollar keltiring.
2. Ibroyim Yusupovning mehnat faoliyati uning hayoti davomida
qaysi sohalar rivojiga ko‘proq hissa qo‘shganini anglatadi?
3. «Qadrdon so‘qmoqlar» she’rining yozilishiga nimalar sabab
bo‘lgan, deb o‘ylaysiz?
4. She’rning beshinchi bandini batafsil tahlil etishga harakat
qiling.
5. «– Inim, bog‘ga nega bog‘lading eshak?
– E, anov chiriy deb qolgan olma-ku!» misralarida hayotning
qanday haqiqati ifoda etilyapti? Buni o‘qituvchingiz va
sinfdoshlaringiz bilan birgalikda muhokama qiling.
6. «Qadrdon so‘qmoqlar» she’ridan olgan taassurotlaringizni
yozma bayon etishga harakat qiling.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin