1 2 2
5. «Yulduzli tunlar» («Bobur»)dek yirik romandan darslik uchun
nega ayni shu parcha tanlanganini izohlashga harakat qiling.
6. Sohibqiron Amir Temur hamda Bobur mirzoning insoniy
tabiati, sa’y-harakatlari, taqdirida qanday o‘xshashlik va
farqlar bor, deb o‘ylaysiz?
7. Yosh Boburjon dilidagi sarosimalik yo‘qolishiga unga tortiq
qilingan meros nega bunchalar kuchli ta’sir qildi?
8. Boburning
onasi va opasi harakatlari, gap-so‘zlarida darslikda
aytilganidan tashqari yana qanday muhim jihatlarni payqadi-
ngiz?
9. Qosimbek bilan Ali Do‘stbek obrazlari o‘rtasida qanday
jiddiy farqlar bor? Shunday kishilar o‘zaro do‘st bo‘lishlari
mumkinmi? Fikrlaringizni hayotiy
misollar bilan asoslashga
urining.
10. O‘spirin Bobur mirzo harakatlarida uning kelgusi faoliyatida
asqatadigan qanday fazilatlarni ilg‘adingiz?
11. «Yulduzli tunlar» («Bobur») romanidan olingan parcha
asosida uy inshosi yozing.
1 2 3
XX asrning 70-yillarida o‘zbek adabiyotiga bir qator iste’-
dodli shoir va yozuvchilar kirib keldilar. Ular orasida Murod
Muhammad Do‘st, Erkin A’zamov,
Xayriddin Sultonov, Tog‘ay
Murod singari nosirlar, Shavkat Rahmon, Xurshid Davron,
Usmon Azim, Muhammad Rahmon singari shoirlar bor edi. Bu
avlod o‘zlaridan avvalgi ijodkorlar
boshlab bergan eng yaxshi
an’analarni davom ettirgan holda, adabiyot sahnasiga ko‘proq
oddiy odamlar obrazini, ularning orzu-armonlari talqinini olib
chiqdilar. M.M. Do‘stning «Bir toychoqning xuni», «Galatepaga
qaytish», E. A’zamovning «Otoyining tug‘ilgan yili», «Javob»,
X. Sultonovning «Yozning yolg‘iz yodgori», «Ko‘ngil ozodadur»
nomli asarlari qahramonlari bir qaraganda
boshqalardan keskin
farq qilmaydigan, har qadamda uchraydigan oddiy odamlar. Ular
katta tarixiy o‘zgarishlarga boshchilik qilishmaydi, favqulodda
qahramonliklar ko‘rsatib boshqalarga o‘rnak bo‘lishmaydi, hatto,
suvga cho‘kayotgan biror odamni qutqarib el og‘ziga
tushish-
maydi ham. Lekin shunisi muhimki, yosh o‘zbek adiblari dunyo-
ning omonligi, jamiki go‘zalligi aynan
shu oddiy odamlar tufayli
ekanini ko‘rsata oldilar, isbotlay bildilar. Mana shunday novator
(yangilik kashf etuvchi, yangi yo‘l ochuvchi) yozuvchilardan biri
Tog‘ay Murod bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: