6 Adabiyot II qism 2017. p65


Baraks – aksincha. 2  Shaxnishin



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

Baraks – aksincha.

Shaxnishin – pana joy, tuynuk.


1 0 0
sezgan Qutlug‘ Nigor xonim ichida Yaratganga yana bir shukrona
aytib qo‘ydi. Ayvoni Sirdaryoga qaragan bahavo, keng xonaga kir-
dilar. Gilamlar, beqasam ko‘rpachalar to‘shalgan xonaning to‘rida
silliq charm qoplangan sandiq ko‘rindi. Uchovlari shu sandiqqa
yaqinlashganlarida Qutlug‘ Nigor xonim Boburga qarab dedi:
– Esingizdami, otangiz sizga: «Bobokalonimiz Amir Temur-
dan qolgan noyob meros bor, asrab-avaylab yuribmen, katta bo‘l-
ganingizda berurmen», – der edilar?
– Ha, otam bizga Sohibqiron bobomiz haqida ko‘p g‘aroyib
hikoyalar ham aytib berganlar.
– Bobokalonlariga ixloslari zo‘r edi-da. Vafotlaridan keyin
o‘shal merosni Axsidan izladim, topolmadim. O‘tgan hafta Andi-
jonda ko‘ch yig‘ishtirgan paytimizda xonayi xosning devoriga
osilgan turkman gilamini olsak, usti shuvalgan tuynukning izi
ko‘rindi... Tuynuk orqasidagi maxfiy joyga mana shu sandiq
berkitilgan ekan!..
Qutlug‘ Nigor xonim namoz o‘qigan paytidagi kabi ezgu bir
tovush bilan sekin:
– Bismillohir rahmonir rohiym! – dedi-da, sandiqni ochdi.
Undan nafis ipak matoga o‘ralgan oltin sopli qilichni ikki qo‘l-
lab olib o‘g‘liga ko‘rsatdi:
– Sohibqiron Amir Temurning qilichlari!
Bobur quloqlariga ishonmay, ko‘zlarini katta-katta ochib
qilichga tikildi:
– Rostdanmi, a?
– Yozuvlari bor! Oling, bolam, o‘qib ko‘ring!
Qilichning qini yengil bir ma’dan qotishmasidan quyma qilib
yasalgan, ustidan oltin suvi yugurtirilgan edi. Qinning yuz tomo-
niga ikkita yirik yashil zumrad toshi qadalgan, ularning oralig‘i-
da chiroyli xattotlik harflari bilan bitilgan arabcha yozuv bor edi.
Bobur qilichni onasining qo‘lidan ikki qo‘llab oldi-da, yozu-
vini ko‘zlariga yaqin keltirib o‘qidi:
«Bizkim, maliki Turon, podshohi Turkiston Amir Temur Ko‘-
ragon farzandimiz Mironshoh Mirzoga To‘xtamish bilan muhori-


1 0 1
bada ko‘rsatgan jasorati uchun o‘z qilichlarimizdan birini in’om
etdik».
Bobur bu qilich dastasiga Amir Temurning qo‘li tekkanini,
balki Sohibqiron uni janglarda ishga solganini ko‘z oldiga kelti-
rib hayajonlanib ketdi. To‘xtamishxon va boshqa chingiziylar
bilan qilingan dahshatli janglar xayolida gavdalandi.
– Qilichning o‘zida ham bitik bor, – dedi past tovush bilan
Xonzoda begim.
Bobur qilichning oltin sopidan sekin tortib, uni bir qarichcha
qinidan chiqardi. Shunda olmosday yaltiragan qisqa bir yozuv
ko‘ziga jilvalanib ko‘rindi. Amir Temurning muhridagi «Rosti –
rusti», ya’ni «Kuch – adolatdadir» degan so‘zlar qilichning
po‘latiga qadama tarzida mustahkam qilib bitilgan edi.
Bu qisqa so‘zlarni o‘qiganda negadir Boburning eti jimirlab
ketdi, dilida qo‘zg‘algan kuchli bir tug‘yondan entikdi, qilich-
dagi olmos yozuvni ko‘zlariga surib o‘pdi.
Qilich uncha og‘ir emas edi. Bobur uni beliga taqqanda atro-
fidagi hamma narsa ko‘ziga boyagidan boshqacha – allanechuk
sokin va salobatli ko‘rindi.
– Onajon, siz menga yangi bir ruh ato qildingiz!
– Bobokalonlaringizning ruhi sizga madadkor bo‘lsin, o‘g‘-
lim! Bu qilichni Mironshoh bahodirdan so‘ng otangizning otalari
Sulton Abusaid bahodir taqqan ekanlar. Inshoolloh, siz ham
bobolaringizdek bahodir bo‘lg‘aysiz!
– Aytganingiz kelsin!
– Xudo rahmati Abusaid bobongiz vafot etganlaridan so‘ng
qolgan meroslari o‘g‘illari orasida taqsim etilur. Katta o‘g‘illar
oltin-u javohir to‘la sandiqlarni talashib olurlar. Ammo sizning
jannatmakon otangiz mana shu sandiqdagi qilich bilan xotirotlar
bitilgan daftarlarni afzal ko‘rurlar. Chunki bu xotirotlarda Amir
Temur hazratlarining ko‘rgan-kechirganlari bitilmishdir. Xonzoda,
qizim, siz o‘qib ko‘rdingiz, shekilli?
– Ha, Sohibqiron bobomiz yigitlik paytlarida chingiziylar
hukmronligiga qarshi chiqqan ekanlar. El-yurt Samarqandda


1 0 2
Temurbekni o‘z hukmdorlari deb e’lon qilgan ekan. Chingi-
ziylarni yurtimizdan quvmoqchi bo‘lganlar ko‘p ekan. Bundan
g‘azablangan Tug‘luq Temurxon bilan uning o‘g‘li Ilyosxo‘ja
Mo‘g‘ulistondan ellik ming qo‘shin bilan kelib, Temurbek taraf-
dorlarini qirg‘in qilurlar. Temurbekning o‘zi Qoraqum, Qizilqum
sahrolarida, Hisor-u Badaxshon tog‘larida to‘rt yil quvg‘inda
yurib, kuch to‘playdirlar.
Bobur bu hodisalar haqida otasidan ham ko‘p maroqli hikoya-
lar eshitganini esladi. Ayniqsa, Temurbekning suyukli yosh xotini
O‘ljoy Turkon og‘a bilan eng og‘ir damlarda birga bo‘lgani,
goho xotinini otiga mindirib, o‘zi qum sahrosida piyoda yurgan-
lari yosh Boburga kuchli ta’sir qilgan edi.
Shuni biladigan Xonzoda begim inisiga mehri toblanib tikildi:
– Sizda ham Sohibqiron bobokaloningizdagi jo‘mardlikdan
bor, amirzodam! – dedi. – O‘shdagi suhbatlarimiz yodingizdami?
Siz meni Ahmad Tanbalning tajovuzidan qutqarganingizni
umrbod unutmagaymen! Bo‘lajak kelinimiz Oyisha begimni siz
Samarqanddan yog‘iy asoratidan xalos qilib, bizga xayrixoh
Toshkentga kuzatib qo‘yibsiz. Bu ham bir jo‘mardlik emasmi?
Yetti oy qamal azobini tortgan samarqandliklarga oshlik tarqatib-
siz, urug‘ligi qolmagan dehqonlarga bahorda urug‘lik keltirib
beribsiz. Bu hammasi dilingizda adolat tuyg‘usi kuchli ekanidan
dalolatdir. Belingizdagi qilichga Sohibqiron bobokaloningizning
«Kuch – adolatdadir» degan hikmatlari bejiz bitilmagan. Ahmad
Tanbalning o‘n ming askari bo‘lgani uchun u hozir «Men kuchli-
men!» deb yuribdir. Ammo yolg‘onning umri qisqa! Ahmad Tan-
bal Andijonni aldamchilik bilan egalladi, sizni «o‘ldi» deb ovoza
tarqatdi. Siz sog‘-salomat qaytganingizni odamlar hademay
bilurlar, Tanbalning yolg‘oni fosh bo‘lur. Uning zolimligidan
hamma bezor bo‘ladigan kunlar kelur.
– Ana o‘shal kunlar kelguncha sabr-bardoshli bo‘ling, Bobur-
jon, – dedi onasi. – Sohibqiron bobongiz mana shu Xo‘jandga
ham necha bor kelganlar. Sirdaryodan necha marta o‘tganlar,


1 0 3
vaziyat yetilishini yillar davomida kutganlar, axiyri adolat g‘olib
chiqqan kunlarga yetganlar. Siz ham yetursiz, ishoning!
– Ishondim, onajon! Siz bilan egachim mening dilimda o‘chib
qolgan umid chiroqlarini qayta yondirganday bo‘ldilaringiz.
Minba’d men doim Sohibqiron bobokalonimizdan saboq olib ish
tutgaymen!
Onasi in’om qilgan buyuk meros chindan ham Boburning
dilini ravshan qilib yuborgan edi. Ular kelib tushgan bog‘da
o‘riklar oppoq bo‘lib gullagani endi uning ko‘ziga tashlandi.
Daryo bo‘yidagi qalin chakalakzorda bulbullar basma-bas say-
rayotgani qulog‘iga chalindi. Ayvonga chiqqanda kechki shabada
yuziga ipakday mayin salqinlik berdi.
* * *
Ammo bu mas’ud damlardan keyin kelgan kunlar, oylar, hatto
yillar lomakon
1
lik va sargardonlikda o‘ta boshladi. Sohibqiron
bobokalonidan saboq olib yashashga ahd qilgan Bobur buning
qanchalik qiyin bo‘lishini o‘z boshiga og‘ir kunlar tushganda
bildi. U onasi in’om qilgan sandiqdagi xotirotlarni takror-takror
o‘qib, Sohibqiron bobosini yigitlik paytidagi ismi bilan xayolida
Temurbek deb atashga o‘rgandi. Temurbek yigirma besh yoshida
Samarqand va Shahrisabzdagi xonumonidan judo bo‘lgani va ota
yurtining to‘rt tomoniga bosh urib najot izlagani Boburning
hozirgi ahvolini eslatardi.
To‘g‘ri, Temurbekka tajovuz qilgan Ilyosxo‘ja va Amir Bek-
chiklar Ahmad Tanbaldan yuz chandon qudratliroq va xatarliroq
edi. Ular Temurbekni tutib olib o‘ldirish uchun minglab odam-
larni safarbar etadilar. O‘lim xavfi yillar davomida Temurbek
bilan izma-iz yuradi. Qoraqum sahrosidan narida, Xiva bo‘sa-
g‘asida Temurbek oltmish yigiti bilan ming kishilik yov qursho-
vini qo‘lda qilich bilan yorib chiqib, qutulib ketadi.
Endi o‘n yetti yoshga kirayotgan Bobur hali bunday dahshatli
xatarlarga duch kelgan emas. Faqat ota yurtidan ayrilib, lomakon
1

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin