9 6
dilar. Yozuvchini tarixga to‘g‘ri yondashuvni bilmaslikda, zolim
podsholarni ulug‘lashda, o‘tmishni ideallashtirishda aybladilar.
Asarning ko‘p joylarini qayta ishlashga majbur etmoqchi bo‘ldi-
lar. Buni qarangki, mana shu pastkashlikka rahbarlik qilgan yoki
bosh qo‘shgan ne-ne zamona zo‘rlarini birov eslamaydi, agar es-
lasa ham tarixiy xotira jallodlari sifatida irganib tilga oladi. Pirim-
qul Qodirovni esa Yaratganning o‘zi qo‘lladi. Mustaqillik yillari
yozuvchi va uning ijodi qarshisida barcha eshiklar ochildi – adib
asarlari o‘nlab xorijiy tillarga tarjima qilinib olamga yuz tutdi.
Bugun shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, o‘zbek
adibi Pirimqul Qodirov shoh va shoir Bobur hamda uning bir-bi-
riga o‘xshamagan farzandlari taqdirini to‘laqonli badiiy qayta
yaratishda tom ma’nodagi tarixiy vazifani ado etdi. Albatta,
kelajakda Bobur to‘g‘risida, uning sulolasi vakillari haqida ko‘p-
lab badiiy va ilmiy asarlar yaratiladi. Ularning dunyoga kelishida
esa kelajak mualliflariga Pirimqul Qodirov tajribasi samarali
xizmat qilishi shak-shubhasizdir.
Dostları ilə paylaş: