8 7
!
Muallif gulga burkangan manzarani tasvirlar
ekan, uni ramziy ma’noda qo‘llaydi. «Bir kaft bog‘»,
ya’ni yaxlit bir manzil – Vatanda turlicha tarovat,
turli bo‘y taratuvchi daraxtlar bor. Ularning har biri
o‘zicha ko‘rk, o‘ziga xos meva-yu hosil beradi.
Go‘yo har bir daraxt bu bir-biriga o‘xshamaydigan millat va
elatdir. Ularning har birining o‘z tarixi, o‘z
urf-u odatlari,
yashash tarzi bor. Lekin ular bitta bog‘da – bir maskanda, ya’ni
bir Vatanda – O‘zbekistonda jam bo‘lganlar. Ular turli millat va
elatlar bo‘lsa ham, bir xalq – O‘zbekiston xalqi farzandlaridir.
Bir vatanda yashayotgan yagona xalq esa, millatidan qat’i nazar,
biri biriga suyanch,
madadkor, himoyachi. Ular Vatanimizning
qay manzilida yashamasin, bir ko‘z qorachig‘i, birday aziz,
qadrli:
Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.
Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk,
Biri
biri uchun qudrat, himoya.
Biroq yurtimizdagi millat-u elatlarning qardosh, qadrdonligi
har qancha mustahkam bo‘lmasin, ular barchasi suyanadigan
«orqa tog‘» bo‘lmog‘i kerak:
Bu – qadim dunyoda yangi bir olam,
Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.
Bu suyanch, bu tayanch kim? Tayanch bo‘lmasa agar, bu
murakkab, xavf-u xatarlarga to‘la
dunyoda tinch, xotirjam
yashab bo‘ladimi? Inson hamisha kimgadir suyanib, intilib
yashaganidek, kichik xalq – elatlar ham katta xalq va millatlarga
suyanadi, ishonadi. O‘zbekiston misolida o‘sha xalq, o‘sha su-
yanch, o‘sha tayanch bu – o‘zbek xalqidir. O‘zbekistonda
yashovchi barcha insonlar –
bir xalq, O‘zbekiston fuqarosi.
8 8
!
Ularga O‘zbekistonning Asosiy qonuni – Konstitutsiyasi bo‘-
yicha barcha masalalarda teng huquq va imkoniyatlar berilgan.
Agar shu tenglikka amal qilmay, men katta millat, sen kam sonli
elatsan, deb ayirmachilik,
mahalliychilik qilinsa, bunday mam-
lakat, bunday davlat tanazzulga yuz tutadi, urush-u janjaldan
bo‘shamaydi. O‘zbek xalqi azal-azaldan bag‘rikeng, serhimmat,
saxovatli xalq. Shuning uchun ham bugun uning bag‘rida 130
dan ortiq
millat va elat vakillari tinch, osuda va bunyodkor
hayot kechirmoqdalar. Shoira Zulfiya ana shunday mustahkam,
ishonchli tayanch bo‘lolgani uchun bag‘rikeng ona xalqini
ulug‘laydi, unga muhabbatini eng aziz tuyg‘u deb biladi.
Dostları ilə paylaş: