8 2
Qancha
sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni
izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
U ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari.
Seni izlar ekan bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog‘larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil qirg‘oqlarni qidirib chiqdi.
Topmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq...
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan,
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.
Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana el bo‘ldi-yu
kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
8 3
«Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab»
Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan?
O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qanday ishqqa to‘lib
boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol?
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?»
Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming
bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamdan tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq
Bu qo‘shiq naqadar oshino, yaqin,
Naqadar
hayotbaxsh, otashga to‘liq.
Bahorga burkangan sen sevgan elda
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
8 4
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni
kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
* * *
Baxtim bor:
ajoyib
kishilar aro
Tug‘ilib, gurkirab...
keksayar umrim,
O‘shalar she’rimga baxsh etgan sado,
Hayotim yo‘lini yoritgan nurim.
Biri yuzlarimga baxsh etar kulgu,
Biri qonlarimga solar hayajon.
Biri olg‘a chorlar bo‘lib oq orzu,
Biri der: hayotsan, yur orzu tomon.
Hali
qalbing juvon yuragiday yosh,
Asablar ko‘tarar, tog‘ni ortsang ham.
Ko‘zingga,
qoningga olaver, quyosh,
Hali ko‘p tebranar qo‘lingda qalam...
Dostları ilə paylaş: