8 5
Bo‘yi oshib ketdi bo‘yimdan,
Bosa olar ko‘ksiga boshim.
Sevgim ko‘rib bergan uyimda
O‘sdi mening katta yo‘ldoshim.
Yurak to‘la shodlik, mehr, baxt,
Uning ko‘zlariga boqaman.
Nigohiday
tiniq va yorqin
Orzu to‘lqinida oqaman.
Orzulari qalbimga ziynat,
Hayotidir ko‘zim qorasi.
O‘kinaman ba’zida faqat,
Yonida yo‘q uning otasi.
Urush, noming o‘chsin jahonda,
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli ko‘p
xonadonda
Ota nomli buyuk shodlik kam.
Yulding ota demak baxtini
Juda murg‘ak go‘daklarimdan,
Yaxshi
ham bor shunday Vatani,
Dalda bo‘ldi yuraklarimga.
Ota bo‘lib soldim men yo‘lga,
Ona bo‘lib mehrimga oldim.
Mana, yurtga o‘g‘il o‘stirgan
Bir davlatmand boy bo‘lib qoldim.
Qancha ishonch, umid baxsh etar
Ham Vatanga,
ham menga bu dil,
Qoya kabi yonimdan chiqib:
«Suyan, – deydi, – kiftimga dadil».
8 6
Men onaman, mening yuragim
Farzandlarim quvonchiga kon.
Dil orziqar – ba’zan tilagim
Vahimalar o‘ragan zamon.
Yo‘q, urushning nomi ham o‘chsin,
Mening o‘g‘lim kerak hayotga.
Istamayman,
uning dudlari
Qo‘nsin labi uzra qanotga.
Bas, bas, ezgu onalar qalbi,
Yashay
olsin bexavf, baxt bilan.
Mehnatimiz, g‘azab, sevgimiz
Tinchlik, deydi butun xalq bilan.
Ko‘krak
suti va mehnat bilan
Biz jahonga berganmiz turmush.
Ona qalbi oyoqqa tursa,
O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush!
Dostları ilə paylaş: