7 9
!
ZULFIYA
(1915–1996)
Aziz o‘quvchi! Balki Sizning maktabingizda yoki qo‘shni
maktablarda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘l-
gan qizlar o‘qir. Siz, albatta, shunday mukofot borligini yaxshi
bilasiz. U har yili respublikamizda ta’lim, fan,
adabiyot, san’at
sohalarida o‘z iste’dodini namoyon etayotgan maktab, kasb-
hunar kolleji va akademik litseylar hamda oliy o‘quv
yurtlarida
o‘qiyotgan qizlarga taqdim etilishini ham eshitgansiz. Ana
shunday nufuzli mukofot nega Zulfiya nomida, uning o‘zi kim,
qanday xizmatlari bilan bunday sharafga sazovor bo‘lgan deb
qiziqqan bo‘lsangiz ham kerak? Keling,
yaxshisi, hikoyamizni
diqqat bilan o‘qing!
Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli va-
kili, O‘zbekiston xalq shoiri, xalqaro «Nilufar», Ja-
voharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari
sohibasidir.
U 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Dergez mahallasida
tavallud topgan. Avval boshlang‘ich
maktabda, so‘ng xotin-qizlar
bilim yurtida tahsil olgan. 1935–1938-yillarda O‘zbekiston Fan-
lar akademiyasining Til va adabiyot
instituti aspiranturasida
RANGIN TUYG‘ULAR
8 0
!
o‘qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1953-yil-
dan 1980-yilgacha, qariyb o‘ttiz yilga yaqin respublikamizda
keng tarqalgan «Saodat» nomli
xotin-qizlar jurnalida bosh
muharrir bo‘lgan.
Zulfiyaning dastlabki she’rlari «Hayot varaqlari»
nomi bilan 1932-yilda bosilib chiqqan. Shundan so‘ng
shoiraning «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i» (1938-yil),
«Uni Farhod der edilar» (1943-yil), «Hijron
kunlarida» (1944-yil), «Dalada bir kun» (1948-yil),
Dostları ilə paylaş: