Safarning foydalari to‘g‘risida
Turg‘un yer qayda-yu, aylanuvchi osmon qayda? Bir joyda
turgan tuproq qayda-yu, sayr etib yuruvchi yulduz qayda? Biri
qimirlamay turgani uchun kishilar oyog‘i ostida poyandoz bo‘ldi;
ikkinchisi esa, harakatda bo‘lgani tufayli yuksaklarning yuksagi
bo‘ldi.
Azob va mashaqqat tavoze va adabning negizidir. Safar esa
ranj-mashaqqatga sababdir. Safar – erituvchi va kuydiruvchi ko‘-
radir. U erish-kuyish esa er kishining vujud oltinini toblab xom
gil(loy)dan tozalovchidir.
Safar – ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va
mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchidir. Safar – xom odam-
larni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir. Safar kishilarni
4 2
olam ajoyibotlaridan bahramand qiladi, g‘aroyibotlar dunyosidan
xabardor qiladi.
Aziz kishilarning mozorlarini ziyorat qilish fayziga mu-
sharraf va mukarram bo‘lmoq ham safardan; fayzli, ulug‘ zotlar
xizmatida izzat va hurmat topmoq ham safardan. Yo‘lovchining
yurishiga quvvat beruvchi ham safar va ko‘ngliga har tomonga
borish zavqini soluvchi ham safar. Musofirni turli joy va man-
zillar bilan tanishtiruvchi ham u; dunyoni kezish yo‘liga soluv-
chi ham u. Issiq-sovuqda jonga orom beruvchi ham u; achchiq-
chuchukdan ko‘ngilni ogohlantiruvchi ham u.
Safar vodiysida musofirning oyog‘iga ko‘p dard-u balo
tikanlari sanchiladi, lekin har qadalgan tikandan bir maqsad guli
ochiladi. Yo‘l mashaqqati zarbidan kishining a’zoyi badani
qaqshaydi; vujudi yo‘lovchilar oyog‘i bilan toptaladi va har
a’zosi u oyoqlar ostida ushaladi. Ammo ko‘nglining vayronligi
tuzaladi va ruhi ko‘zgusi ravshan tortib, jilo topadi.
Har o‘lkaning go‘zalligi, har manzilning osoyishtaligini safar-
da yuruvchilardan so‘ra va musofirlardan eshit. Safar qilmagan
orom olish farog‘atini qaydan bilsin? Musofirlik azobini chekma-
gan vatandagi hayotning qadrini qaydan anglasin? Oqmaydigan
dengiz suvini ichsa bo‘ladimi? Oqar daryoning zilol suvlaridan
ichishni tark etsa bo‘ladimi?
Odam uchun doim harakatda bo‘lish hayotlikdan asardir;
jonsiz mavjudotlar tiriklik nishonasidan bexabardir...
T a n b i h (110)
Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi
odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas.
Yaxshilik qila olmasang, yomonlik ham qilma. Yaxshilikni
yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomonroq deb ham
bilma. Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo‘shil; yax-
shilik atrofida aylana olmasang, yaxshilar atrofida aylan.
|