erishmaganligini ko‘rsatadi. Bu sig‘im o‘zgarishi natijasida uning chastotasi o‘zgaradi va rezonans
buziladi. Bu usul ko‘pchilik sig‘imli sath signalizatorlarida ishlatiladi.
Kuprik usulida nazorat qilinayotgan sig‘im ko‘prikning
bir yelkasiga ulanadi. Sath o‘zgarishi bilan sig‘im o‘zgaradi
va
ko‘prikda
nomuvozanat
holat
vujudga
keladi.
Nomuvozanatlik signali kuchaytirgich orqali sath birligida
darajalangan ko‘rsatuvchi elektr asbobiga uzatiladi.
Ko‘prikli sxemalar eng sodda hisoblanadi. Sath
o‘lchashni elektron indikatori (YEI) ning (6.10-rasm)
sxemasi
bunga
misol
bo‘la
oladn.
Ko‘prik
Т
р
transformatorning ikkita ikkilamchi chulg‘ami I va II
o‘zgartkichni sig‘imi S
o‘z
va qo‘shimcha kondensator S дан
иборат. Ko‘prik suyuqlikning nol sathida muvozanatlashgan,
bu yerda kuchaytirgichning kirishi va chiqishida signal nolga
teng. Sath ortishi bilan S
o‘z
sig‘imi ortadi, ko‘prik nomuvozanatligi ortadi va kuchaytirgich kirishidagi
kuchlanish ortib boradi. Bu signal kuchaytirgich EK bilan kuchaytiriladi, unifikasiyalangan signalga
o‘zgartiriladi va ikkilamchi asbob O‘A bilan o‘lchanadi, EI sath o‘lchagichlarining o‘lchash
chegaralari o‘zgartkich turiga bog‘liq va 1 dan 20 m gacha o‘zgarishi mumkin: yo‘l qo‘yiladigan
asosiy xatoliklar chegarasi 1 dan 2,5 % gacha bo‘lishi mumkin.
Sig‘imli sath o‘lchagichlar arzonligi, u bilan ishlashning soddaligi, idishda birlamchi
o‘zgartkichni
o‘rnatish
qulayligi,
harakatlanuvchi
elementlarining
yo‘qligi,
haroratlarning
(kriogenligidan +200 °S gacha) va bosimlarning (6 MPa gacha) yetarlicha keng oralig‘ida foydalanish
mumkinligi sababli keng tarqalgan. Ularning kamchiliklariga qovushqoq (1 Pas dan ortiq dinamik
qovushqoqlikkacha), parda hosil qiluvchi, kristallanuvchi va cho‘kma hosil qiluvchi suyuqliklarning
sathni o‘lchashga yaramasligini, shuningdek, suyuqlikning elektr xossalarining o‘zgarishiga va
birlamchi o‘zgartkichni o‘lchash asbobi bilan ulaydigan kabel sig‘imi o‘zgarishiga g‘oyat sezgirligini
kiritish mumkin.
Elektr o‘tkazuvchanlikka (aktiv qarshiligining o‘zgarishiga) asoslangan sath o‘lchagichlar elektr
o‘tkazuvchan suyuqliklar sathni nazorat qilish, signalizatsiya va rostlash uchun xizmat qiladi.
Solishtirma qarshiligi Р
с
<10
6
Om∙m va diyelektrik o‘tkazuvchanligi
c
>7 bo‘lgan suyuqliklar
elektr o‘tkazuvchi suyuqlik deyiladi.
6.11-rasmda sath signalizatorining sxemasi ko‘rsatilgan. Signalizatorning ishlash prinsipi
elektrodlar 4 suyuqlik orqali ulanishi bilan rele chulg‘ami 3 dan tok o‘tishi va uning kontakti 5 ulanishi
bilan signal lampasi SL yonib, yorug‘lik signali berishiga asoslanadi. Elektrodlar 4 ta’minlovchi
transformator 2 ning ikkilamchi chulg‘amiga elektromagnit rele chulg‘ami 3 orqali ulangan. Suyuqlik
sathi elektrodlargacha ko‘tarilib, ularni ulasa, suyuqliklarning o‘tkazuvchanligi tufayli signal lampasi
СЛ yonadi, aksincha, suyuqlik sathi pastga tushib elektrodlarni uzsa, signal lampasi o‘chadi.
Signalizator zanjiridagi kuchlanish o‘zgarmas tokda 24 В, o‘zgaruvchan tokda esa 36 V bo‘ladi.
Bunday signalizatorlarni qovushqoq, kristallanuvchi, qattiq cho‘kmalar hosil qiluvchi va elektrodlarga
yopishib qoluvchi muhitlarda ishlatib bo‘lmaydi.
Yuqoridagi sath o‘lchagichlardan tashqari yana induktivli sath o‘lchash asboblari mavjud.
Dostları ilə paylaş: