ULTRATOVUSHLI VA RADIOTO‘LQINLI SATH O‘LCHAGICHLAR
Hozirgi paytda sanoatda ultratovushli sath o‘lchagichlari keng tarqalmoqda. Bu asboblar boshqa
asboblarga nisbatan kontaktsizlik, yuqori aniqlik, kichik inersionlik, katta chegarada va agressiv
suyuqliklarda ishlatilishi kabi bir qator muhim afzalliklarga ega. Ammo o‘lchash sxemalarining
murakkabligi, shuningdek, yetarli darajada ishonchli bo‘lmaganligi sababli, bu asboblar boshqa
qurilmalardan foydalanish mumkin bo‘lmagandagina ishlatiladi.
|