6-Ma’ruza Мавзу: suyuq va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash


Ultratovushli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#47244
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
6 MARUZA Suyuq va sochiluvchan moddalar sathini o’lchash

Ultratovushli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik, gaz (havo) chegarasidan tovush 

to‘lqinlarining  qaytish  prinsipiga  asoslangan.  Ultratovush  impulsining  havo  va  o‘lchanayotgan  muhit 

(suyuqlik)  chegarasi  sirtidan  qaytish  kattaliklari  akustik  qarshilikning  keskin  farqi  natijasida  sodir 

bo‘ladi. 6.13-rasmda ultratovushli sath o‘lchagichning strukturaviy sxemasi ko‘rsatilgan. 

Impuls  ultratovushli  tebranishlar  generatori  1  dan  nurlatgich  2  orqali  sathi  o‘lchanayotgan 

sig‘imga  uzatiladi.  Ultratovush  go‘lqinlar  o‘lchanayotgan  muhitda  tarqaladi  va  suyuqlik-havo 

chegarasidan qaytadi. Qaytgan to‘lqinlar muhitdan teskari yo‘nalishda o‘tadi, nurlatgich 2 ga o‘xshash 

ultratovush tebranishlar qabul qilgichi 3 ga keladi, u yerdan ultratovushli impuls kuchaytirgich 4, vaqt 

oralig‘ini hisoblaydigan qurilma 5 va o‘lchash asbobi (potensiometr) 6 ga keladi. 

Suyuqlik sathi o‘lchash impulsining yuborilishi va qaytishi orasidagi τ vaqt bo‘yicha aniqlanadi, 

ya’ni 

C

H

2



                                                     (6.21) 



bu yerda, H – suyuqlik sathi; C – suyuqlikda ultratovushning tarqalish tezligi. 

Vaqt  o‘lchagichda  olinadigan  akslangan  (qaytgan)  signalning  kechikish  vaqtiga  mutanosib 

bo‘lgan  o‘zgarmas  kuchlanish  shkalasi  sath  birliklarida  darajalangan  potensiometrga  beriladi. 

Nurlatgich  sifatida  bariy  titanat,  pezokvars,  magnitostriksion  elementlar  ishlatiladi.  Ko‘pincha 

ultratovushli  tebranishlarni  yuboradigan  va  qabul  qiladigan  asbob  sifatida  bir  qurilmadan 

foydalaniladi.  Bu  qurilma  o‘lchash  jarayonining  boshida  nurlatgich  vazifasini  bajarib,  impuls 

yuborilganidan so‘ng qabul qilgich sifatida ishlaydi. 

Ultratovushli sath o‘lchagichlar 45 mm dan bir necha o‘n  metrgacha o‘lchash diapazoniga ega. 

Ulchanayotgan  muhit  harorati  -50  °S  dan  +200  °S  gacha  yetishi  mumkin.  Yo‘l  qo‘yiladigan  asosiy 

xatolik ±2,5 %. 




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin