Radioizotopli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi yutish qobiliyati turlicha bo‘lgan ikki
muhitdan o‘tayotgan nurlarning qayd qilinishi va muhitlarning chegarasi o‘zgarishi bilan nurlanish
o‘zgarishiga asoslangan. Barcha radioizotopli sath o‘lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbai
va nurlarni qabul qiluvchilardan iborat. Nurlanish manbai sifatida o‘zidan j nurlar chiqaradigan Со
60
,
Cs
137
, Се
75
va boshqa moddalar ishlatiladi. Qabul qiluvchi sifatida Geyger-Myuller hisoblagichi,
ssintilyatsion hisoblagichlar yoki yarimo‘tkazgichli detektorlar ishlatiladi. Detektor chiqishida paydo
bo‘lgan impulslar elektron kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va sath o‘zgarishiga muvofiq elektr
signalga aylanadi.
j-nurlanish jadalligini kamaytirish qatlam qalinligiga qarab, quyidagi eksponensial munosabat
bilan ifodalanadi:
I
х
=I
0
ехр(-μх) (6.20)
bu yerda, I
0
– j- nurlanishning boshlang‘ich jadalligi; μ – moddaning tabiati va uning қатлами
qalinligi x ga bog‘liq bo‘lgan j-nurlanishning kuchsizlanish koeffitsiyenti.
Radioizotopli sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi
6.12-rasmda ko‘rsatilgan. U radioaktiv nurlanish
manbai 1, ionlovchi nurlanishni qabul qiladigan hisoblagich 2, elektr toki manbai 3, qarshilik 4,
elektron kuchaytirgich 5 va o‘lchash asbobi 6 dan iborat. Hisoblagich metalldan yasalgan silindr
bo‘lib, ichi inert gaz bilan to‘ldirilgan. Silindr markazida undan izolyator bilan ajratilgan metall sim
o‘rnatilgan. Silindr devori elektr manbaining manfiy qutbiga, metall sim esa musbat qutbiga ulangan.
Silindr inert gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lgani uchun hisoblagich zanjirida tok bo‘lmaydi. Hisoblagichga
radioaktiv nur ta’sir etib, undagi inert gaz ionlanishi boshlangandagina hisoblagich 2 va qarshilik 4
занжирида ток ҳосил бўлади. Бу ток миқдори инерт газнинг ионланиш даражасига боғлиқ
bo‘ladi. Gazning ionlanishi esa radioaktiv nurlanish manbai bilan hisoblagich orasiga o‘rnatilgan idish
ichidagi suyuqlikning yoki sochiluvchi moddaning balandligiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Idishdagi
suyuqlik balandligi nur yo‘lini to‘la berkitsa, rezistordan o‘tadigan tok nolga yaqin bo‘ladi, nur yo‘li
ochilishi bilan, ya’ni suyuqlik balandligi pasayishi bilan rezistor zanjirida tok orta boshlaydi. Idish
ichidagi suyuqlik balandligi ana shu rezistordagi kuchlanish U miqdori bilan o‘lchanadi. Buning uchun
rezistordagi kuchlanish miqdori oldin elektron kuchaytirgich 5 yordamida kuchaytiriladi, so‘ngra esa
o‘lchash asbobi 6 ga uzatiladi.
Radioizotopli sath o‘lchagichlar boshqa asboblarga nisbatan universaldir. Bu asboblar sath
o‘lchashni nazorat qilishni diskret va uzluksiz ravishda amalga oshiradi; ular ochiq va berk
idishlardagi suyuq hamda sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun ishlatilishi mumkin,
o‘lchanayotgan muhit bilan asbob orasida hech qanday mexanik bog‘lanish bo‘lmaganligi sababli
agressiv suyuq va sochiluvchi moddalarning balandligini o‘lchash mumkin. Asboblar ko‘rsatishining
aniqligi va stabilligi muhit holatining (harorat, namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik va boshqa fizik
xossalarning) o‘zgarishiga bog‘liq emas. Barcha radioizotopli asboblarning umumiy kamchiligi
radioaktiv nurlarning tirik organizmga zararli ta’siridir. Asboblarning xatoligi ±0,5-1% dan oshmaydi.
Bular asosan boshqa turdagi asboblarni ishlatish mumkin bo‘lmagan hollardagina qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: