Shaxsni rivojlanishida tarbiyaning o’rni Tarbiya-aniq maqsadlarni ko’zlab, sistemali ravishda, ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo’lida, tarbiyachi rahbarligida va oila hamkorligida amalga oshirilib boriladigan ijtimoiy jarayonlardan biridir. Tarbiyachi va ota-onalar tomonidan bolani har tomonlama yetuk bo’lib yetishishi uchun berilayotgan tarbiyaga tashqi muhit ham o’z tasirini ko’rsatmay qolmaydi. Berilayotgan yoki bola tomonidan qabul qilinayotgan tarbiya orqali bolada yangi fazilatlar hosil bo’ladi va tug’ma ravishdagi kamchiliklarni ham bartaraf etsa bo’ladi. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Asosiy qism: Endi biz bolaga qanday tarbiya berish va qachondan boshlab uni tarbiyalash kerak? - degan savolga e’tibor qaratishimiz lozim. Har bir shaxs oilada tug’ilib, ijtimoiy hayotga mana shu o’z koshonasi orqali kirib boradi va hamma tarbiya shu oiladan boshlanadi. Demak, bu fikrdan kelib chiqib, biz bolaga tarbiya berishni nafaqat tug’ilgandan so’ng, balkim ona qornidaligidayoq berib borishimiz masadga muvofiq bo’ladi. Bizning bunday usulda beradigan tarbiyamiz bolani rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bola tug’ilgan zahotiyoq atrof muhitga bo’lgan moslashish hissi uyg’onadi. Astasekin ulg’aya boshlagach, har bir narsani farqlaydigan va ko’rgan narsalariga taqlidchan bo’lib voyaga yetadi. Bola tarbiyasi, uning yetuk va barkamol bo’lib tarbiyalanishi onalar uchun eng muhim vazifadir. O’ylaymanki, har bir onalar bunday mas’uliyatli ishga bor kuchlari bilan kirishadilar. Har bir ona bolalarga tarbiya berayotganlarida o’z shaxsiy tarbiya vositalaridan va usullaridan foydalanishi kerak. Hozirgi jamiyatda ayrim onalar umuman olib qaraganda bolaning oila a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan eng katta xatolaridan biri, ularning faqatgina bola ‘’Maktabgacha ta’lim tashkilotlari’’ga borgandagina, shu tashkilot tarbiychilari tomonidan tarbiya va ta’lim beriladi deb o’ylashlaridir. Biz onalar tomonidan tor diorama o’ylanayotgan bunday fikrlarga hozirgi davrda aynan qarshi chiqmasdan ilojimiz yo’q. Chunki, vatanimizning har tomonlama rivojlanishi shu murg’ak qalbli o’sib kelayotgan bolalar qo’lidadir. Bolani har tomonlama rivojlantirish, barkamol qilib tarbiyalash va albatta jamiyatda o’z o’rnini topa olishi uchun eng avvalo, ota-onalar va so’ngra, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar haqida yaqqol fikrlar bildirilgan. Bola ta’limtarbiyasining rivojlanishida turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Qadimgi bahslardan biri insonni uning nasli shakllantiradimi yoki u oladigan ta’limtarbiyami? Shu savol qiynayapti. Ammo bugungi kunga qadar biror ishonchli nazariya bu bahslarga chek qo’ymaydi. Nixoyat, bir tarafdan miyaning fiziologik tadqiqoti, ikkinchi tomondan bolalar psixologiyasini o’rganish natijalariga ko’ra, bola aqliy qobiliyatining rivojlanish kaliti-bu uning birinchi uch yilida, ya’ni miya hujayralarining rivojlanish davrida olgan shaxsiy tajribasidir. Tug’ilgandan boshlab uch yilda olgan asosiy ta’lim-tarbiyasi uning kelajagi uchun ajralmas poydevor hisoblanadi. Bolaning qay darajada bilimli bo’lishi, o’sha davrdagi o’qitish usuliga bog’liq bo’ladi. Bu davr erta ta’lim deb nomlanadi. Erta ta’limning yagona maqsadi bolani aqilli va sog’lom, o’tkir zexnli va gapga quloq soladigan qilib tarbiyalashdir. Barcha bolalar, agarda ularda tug’ma, jismoniy nosog’lomlik va aqli zaiflik bo’lmasa, ular bir xilda ong bilan tug’iladi, hech bir bola ona qornidan biron bir bilimni bilib tug’ilgan emas albatta. Bolalarning qay darajada kamol topishi ota-onalarga bog’liq. Bolalarga bu davrda kerakli bo’lgan ta’lim tarbiya berishning asosiy sabablaridan biri bu inson miyyasi, taxminan 1,4 milliard hujayradan iborat bo’lishi, biroq yangi tug’ilgan chaqaloqlarda uning aksariyati hali shakllanmaganligidir. Miya hujayralari alohida-alohida tarqoq holda ishlamaydi. Miyyaning mikro sur’atiga qaraydigan bo’lsak, tug’ilgandan so’ng vaqt o’tib ongi rivolangan sari uning hujayralari orasida shoxlar paydo bo’ladi. Shu jarayonlarda biz bolalarga ta’lim-tarbiya bersak maqsadga muvofiq bo’ladi. Tug’ilgandan keyin birinchi olti oy davomida miyyaning salohiyati 50%, uch yoshgacha esa 80%ga yetadi. Ana ko’rdingizmi bu darajadagi rivojlanish shunchaki rivojlanish emas, balki natija beradigan qilib tarbiyalash lozimligini ko’rsatib turibdi. Demak biz “bolaga tarbiya qachondan boshlab berilishi kerak?” degan savolga anniq javob oldik. Bola tug’ilgandan boshlab unga tarbiya berish lozim. Bu haqida buyuk shaxslar ham o’z fikrlarini bildirganlar. Xususan, Yusuf Xos Xojibning uqtirishlaricha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim. Farzandlar tarbiyasi nixoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin hattiharakatlariga berilishining oldi olinadi. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beriladi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur deb uqtiradi. Allomalarimizning fikrlari yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga to’laqonli mos ekanligi biz va sizga yaqqol ko’rinib turibdi. Endi bu yosh davrida bolaga qanday qilib ta’lim va tarbiya berish mumkun degan savol tug’iladi albatta. Bu savolning javobini quyida berilgan ma’lumotlar orqali topamiz. Bola tug’ilgandan so’ng, u gapirishni, o’qishni, yozishni bilmasa ham unda sezgi a’zolari juda kuchli rivojlangan bo’ladi. Hozirgi zamon onalaridan farzandlariga bo’lgan juda katta e’tibor talab qilinadi. To’g’ri, endi tug’ilgan go’dakka bu narsa bunday, u narsa unday deb yoki qilayotgan ishing to’g’ri, aksincha noto’g’ri deb tarbiya berib bo’lmaydi. Lekin onalar va otalr ular uchun tarbiya manbai hisoblanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, avvalo ota-ona birinchi navbatda oliy darajada tarbiyalangan bo’lishi kerak. Shundagina ular farzandlari uchun o’zlari xoxlagandek tarbiyani bera oladilar. Go’dak hali yosh bo’lishiga qaramay ota va ona munosabatlarini kuzatuvchisi va ularning bir-biriga bo’lgan muomalasidan asosiy tarbiyani oluvchi hisoblanadi. Chaqaloq ularning bir-birlariga qanday munosabat bildirayotganini ularning yuz tuzilishidan bemalol bilib turadi. Shuning uchun bolalarga tarbiya berayotganlarida nihoyatda ehtiyotkoronalik bilan munosabat bildirishlari lozim. Bolalarda birinchi uch yilliklarida olgan bilimlari ularning kelajakda o’z faoloyatlarini bemalol yurita olishlari uchun asosiy poydevor hisoblanadi. Bu davirda xalqimizning ongiga singib qolgan bir tushuncha “Hali yoshda” deb nomlangan tushuncha bularning o’z farzandlariga bo’lgan mehribonchiliklarini emas, balki jabr qilayotganliklaridan dalolatdir. Bu davrda bolaga nimani o’rgatsa shuni to’laqonli qabul qiladigan yosh hisoblanadi. Bolalar bilan ko’proq muloqotda bo’lish ham ularning tarbiyalanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bolalar hali yosh bo’lishlariga qaramay, ular yuqoridagi fikirlarimizda ta’kidlaganimizdek hamma narsani tushunadi. Bolalar bilan suhbatlashish, ularning dunyo qarashlarini har taraflama rivojlantrib boradi. Bolalarda bu davrda ularga o’z hayot yo’llarini qurishida asosiy bo’lgan sohalarga boy davr hisoblanadi. Bu yoshdan ota-onalar bolalarga kerakli ko’nikmalarni berib borsalar, kelajakda ota-onalar ham bolalar ham qiynalmaydilar. Ota-onalar bolalarga ular uch yoshgacha bo’lgan davrda ma’sul bo’lsalar, o’z vazifalarini to’laqonli amalga oshirsalar keyingi bosqich bu tarbiyachilar bilan birga hamkorlikdagi bosqich hisoblanadi. Bu davr ham bolalar hayotida o’ta muhim davrlardan biri hisoblanadi. Bola bu yoshida Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borish orqali boshqa bolalar bilan munosabat, o’zaro aloqa o’rnatishni o’rganadi. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib boradilar. Mashg’ulotlar bolalarni har tomonlama rivojlantrishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Tarbiyachining yurishturishi, kiyinishi, so’zlashi va barcha amalga oshiriladigan ishlari bolalar uchun istasa istamasa o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Shuning uchun avvalo, tarbiyachining o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari Anton Semenovich Makarenkoning “Tarbiyaviy ta’sirning g’oyat qudratli ta’sir ko’rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo’lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo’lsa, buning uchun u tarbiyadan, o’z bolaligidan qarzdordir” – degan so’zlari orqali hozirgi zamon tarbiyachisiga qo’yiladigan vazifalarning nihoyatda murakkabligiga e’tibor berishimiz lozim. Xulosa: Ota-onalar va tarbiyachilar oldida bolani nafaqat maktabga, balki katta hayotga tayyorlashdek muhim vazifa turar ekan, ular bu vazifalarnga ma’suliyatli holda yondoshishlari lozim. Zero “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida”. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib borilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.