6-mavzu. Aksiz solig‘i Reja


Aksiz solig‘ining soliq solish obekti va soliq bazasini aniqlash tartibi



Yüklə 163,58 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü163,58 Kb.
#195871
1   2   3   4
2. Aksiz solig‘ining soliq solish obekti va soliq bazasini aniqlash tartibi

Aksiz solig‘i bilvosita soliq ko‘rinishida byudjetga kiritiladigan (olinadigan), narxda va qo‘shilgan qiymat solig‘i solish bazasida hisobga olinadigan sof daromadning bir qismidir. Aksiz solig‘i stavkalari va aksizlanadigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan etkaziladi.


O‘zbekiston Respublikasi hududiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aksiz to‘lanadigan tovarlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga ko‘ra ro‘yxatlar va stavkalar bo‘yicha aksiz solig‘i solinadi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i bojxona xizmatlari tomonidan so‘mlarda undiriladi va har 5 kunda respublika byudjetiga kirim qilinadi. Olib kiriladigan, aksiz to‘lanadigan tovarlarga aksiz solig‘ining hisobi va uning byudjetga kelib tushishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmatining hududiy boshqarmalari amalga oshiradi.
Soliq obekti tarkibi: qat’iy soliq stavkalari belgilangan mahsulotlar bo‘yicha-sotilgan mahsulot hajmiga nisbatan naturadagi ifodasi; o‘z ichiga aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmagan holda yuklab jo‘natilgan tovar qiymati.
Soliq solish obekti vujudga keladigan korxona va jismoniy shaxslargina aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanadilar.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarmaydigan shaxs (Masalan Jeneral motors AJ dillerlari) to‘lovchi qilib belgilanishi mumkin.
Quyidagi operatsiyalar aksiz solig‘i solinadigan obektdir:
1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
tovarni sotish (jo‘natish);
Soliq solinadigan baza har bir tovar bo‘yicha alohida belgilanadi.
Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;
3) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxsiz hodisalar yoki avariyalar yuz berganda yordam ko‘rsatish uchun, insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida, shuningdek xayriya maqsadlari uchun aksiz to‘lanadigan tovarlarni davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishga;
4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
5) vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘zbekistonda boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaraganda aksiz solinadigan tovarlar ro‘yxati kengdir. Bularga paxta yogi, guruch, sovun va boshqalar. Shunday qilib, aksiz solig‘ining asosiy xususiyati buzilmoqda. Aksiz solig‘i shunday tovarlarga solinishi kerakki, ularga talab ularning narxiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Bu zeb-ziynat mahsulotlari va odam va xalq salomatligiga zarar etazuvchi tovarlar. Aytish mumkinki, O‘zbekistonda aksiz solig‘i oborotdan soliq rolini utamoqda, aynaksa, tovarlar import qilinayotganda.
Aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.



Yüklə 163,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin