4. Aksiz to’lanadigan tovarlar va xizmatlarning ro’yxati. Soliq stavkalari
Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
a) aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
b) keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;
v) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag‘lari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qilishga;
g) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga;
d) vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksizli tovarlarga nisbatan aksiz solig‘i stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilangan (1-jadval):
1-jadval 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksizli tovarlarga nisbatan aksiz solig‘i stavkalari2 (2022 yil)