Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari
T/r
|
Tamaki mahsulotlari turlari
|
Soliq stavkalari
|
import qilinganda
|
ishlab chiqariladigan
|
1.
|
Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek
|
360 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz
|
2022 yil 1 yanvardan:
185 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz
2022 yil 1 iyundan:
203 500 so‘m/1000 dona + 10 foiz
|
2.
|
Sigara
|
5 200 so‘m/1 dona
|
3.
|
Chilim uchun tamaki
|
310 000 so‘m/kg*
|
|
4.
|
Chekiladigan, o‘rama tamaki
|
310 000 so‘m/kg
|
|
5.
|
Chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan tamaki
|
310 000 so‘m/kg
|
|
6.
|
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki bo‘lgan o‘xshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar
|
310 000 so‘m/kg
|
|
7.
|
Nikotinli tamakisiz snyus
|
125 000 so‘m/kg
|
|
8.
|
Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik (kartridjlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**
|
550 so‘m/ml
|
Alkogol mahsulotlariga doir soliq stavkalari
T/r
|
Alkogol mahsulotlari turlari
|
Soliq stavkalari
|
import qilinganda
|
ishlab chiqariladigan
(1 dal tayyor mahsulot uchun)
|
2022 yil
1 yanvardan
|
2022 yil
1 iyundan
|
1.
|
Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi
|
70%
|
13 500 so‘m
|
14 900 so‘m
|
2.
|
Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari
|
45 000 so‘m/1 litr uchun
|
125 100 so‘m
|
138 000 so‘m
|
hajmiy ulushda spirt 40 foizdan ko‘p bo‘lgan aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari
|
63 000 so‘m/1 litr uchun
|
206 700 so‘m
|
228 000 so‘m
|
3.
|
Vino:
|
|
|
|
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda)
|
31 500 so‘m/1 litr uchun
|
1 so‘m
|
boshqa vinolar, shu jumladan vermut
|
45 000 so‘m/1 litr uchun
|
18 000 so‘m
|
19 800 so‘m
|
4.
|
Pivo
|
50%, biroq 1 litr uchun/13 500 so‘mdan kam bo‘lmagan
|
12 600 so‘m
|
13 800 so‘m
|
Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan
tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari
T/r
|
Tovarlar (xizmatlar) nomi
|
Soliq stavkasi
|
2022 yil
1 yanvardan
|
2022 yil
1 iyundan
|
1.
|
Neft mahsulotlari:
|
|
Ai-80
|
240 000 so‘m/tonna
|
275 000 so‘m/tonna
|
Ai-90 va undan yuqori
|
275 000 so‘m/tonna
|
275 000 so‘m/tonna
|
aviakerosin (sintetikdan tashqari)
|
200 000 so‘m/tonna
|
220 000 so‘m/tonna
|
dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari)
|
240 000 so‘m/tonna
|
264 000 so‘m/tonna
|
EKO dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari)
|
216 000 so‘m/tonna
|
237 600 so‘m/tonna
|
dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi
|
340 000 so‘m/tonna
|
374 000 so‘m/tonna
|
2.
|
Polietilen granulalar
|
10%
|
3.
|
Tabiiy gaz, bundan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan gaz mustasno
|
20%
|
4.
|
Yakuniy iste’molchiga sotiladigan:
|
|
benzin
|
1 litr uchun 350 so‘m/1 tonna uchun 465 530 so‘m
|
1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 512 000 so‘m
|
dizel yoqilg‘isi
|
1 litr uchun 350 so‘m/1 tonna uchun 425 918 so‘m
|
1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 468 000 so‘m
|
suyultirilgan gaz
|
1 litr uchun 350 so‘m/1 tonna uchun 665 493 so‘m
|
1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 730 000 so‘m
|
siqilgan gaz
|
1 kub metr uchun 500 so‘m
|
1 kub metr uchun 550 so‘m
|
5.
|
Mobil aloqa xizmatlari
|
15%
|
6.
|
Xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakar
|
20%
|
Qat’iy miqdorlarda belgilangan aksiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilishi hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
"Jeneral Motors O‘zbekiston" AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gazga aksiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Qimmatbaho metallarga doir aksiz solig‘ini to‘lovchilar, uning stavkalari va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
5. Aksiz solig‘ini hisoblash chiqarish tartibi. Aksiz solig’i hisobotini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash boshqa bojxona to‘lovlarini to‘lashdan oldin yoki u bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. To‘ldirilgan hujjat bilan birga taqdim etilgan, to‘lashga qabul qilinganligi to‘g‘risida bank belgisi bo‘lgan to‘lov topshiriqnomasi to‘lovchi tomonidan aksiz solig‘i to‘langanini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarga aksiz solig‘ining summasi respublika byudjetiga kirim qilinadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy bojxona boshqarmalarining qaroriga ko‘ra to‘lovchiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1999 yil 16 martda 03/8-78-son bilan tasdiqlangan Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni taqdim etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 697, 1999 yil 8 aprel) muvofiq tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi sanasidan boshlab 2 oydan oshmaydigan muddatga aksiz solig‘ini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash taqdim etilishi mumkin.
To‘lovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
Soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to‘lanadi.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi
Tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda ko‘rsatilgan mahsulot yuklab jo‘natilgan kun sotish kuni bo‘lib hisoblanadi.
O‘n kunlik to‘lovlar bo‘yicha aksiz solig‘ining kelib tushgan summasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida bir vaqtda soliqni “Hisoblab yozish” va “To‘lash” ustunlarida aks ettiriladi.
Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitob ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi:
Soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Dam olish (ishlanmaydigan) yoki bayram kuniga to‘g‘ri keladigan aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari, tegishincha, hisob-kitobni taqdim etish muddatlari ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi.
Hisobot davri mobaynida o‘n kunlik to‘lovlar bilan kiritilgan aksiz solig‘i summalari tegishli hisobot davri uchun hisob-kitob bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasida hisobga olinishi kerak.
Ortiqcha kiritilgan aksiz solig‘i summalari bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga kiritiladi yoki uning yozma arizasi olingan kundan boshlab Davlat soliq xizmati organi tomonidan 30 kun ichida to‘lovchiga qaytariladi (agar byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz mavjud bo‘lmasa). Ortiqcha kelib tushgan aksiz solig‘i summasi o‘ttiz kun ichida qaytarilishi yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga kiritilishi kerak.
Ular to‘langan yoki undirilgan paytdan boshlab bir yil davomida to‘lovchi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan aksiz solig‘i summalari qaytarilishini talab qilib, murojaat etishi mumkin.
Ortiqcha to‘langan aksiz solig‘i summalarini qaytarish bojxona organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etish bilan amalga oshiriladi:
To‘lovchining yozma arizasi, unda ortiqcha to‘lash yoki undirish sabablari ko‘rsatiladi, shuningdek pul mablag‘lari qaytarilishi kerak bo‘lgan to‘lovchining bank rekvizitlari beriladi;
Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish va undirish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
Ijrosi to‘g‘risida bank belgisi qo‘yilgan, aksiz solig‘ining tegishli summalarini to‘lashga oid to‘lov hujjati;
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) chegaradan haqiqatda olib o‘tilgani to‘g‘risida chegara bojxonasining belgisi qo‘yilgan (zarur hollarda) tovarga ilova qilinuvchi hujjatlar.
Ortiqcha to‘langan aksiz solig‘i summalarini qaytarish umumiy tushumlar hisobiga amalga oshiriladi. Ortiqcha to‘langan aksiz solig‘i summalarini qaytarishning boshqa qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2000 yil 29 iyunda 02/8-27-son bilan tasdiqlangan Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarini qaytarish to‘g‘risida yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 947, 2000 yil, 14 iyul, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000 yil, 13-son)ga binoan tartibga solinadi.
Aksiz solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlarida yuritiladi. Aksiz solig‘ining byudjetga kiritiladigan hisoblab chiqarilgan summasi haridorlar va buyurtmachilardan olinadiganlarni hisobga olish hisobvarag‘i debeti hamda byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Byudjetga aksiz solig‘i summasini to‘lash byudjetga to‘lovlarga doir qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i debeti bo‘yicha pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.
Aksiz markalarini harid qilish chog‘ida boshqa joriy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i debeti va pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘i krediti bo‘yicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Mahsulotni markalash uchun aksiz markalaridan foydalanishga qarab buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: davr harajatlarini hisobga olish hisobvarag‘i debeti va boshqa joriy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i krediti.
Soliq to‘lovchilar aksiz solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Aksiz solig‘ining to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik to‘lovchilar va deklarantlar zimmasiga yuklanadi.
To‘lovchi tomonidan aksiz solig‘i bo‘yicha byudjet oldidagi majburiyatlar bajarilmagan taqdirda bojxona xizmatlari tegishli summalarni, shuningdek muddati kechiktirilgan har bir kun uchun, qonun hujjatlariga muvofiq undirish kuni ham qo‘shiladi, 0,5 foiz miqdorida penyalarni undiradilar.
Olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha undiriladigan aksiz soliqlarining byudjetga kirim qilinishi ustidan nazoratni bojxona organlari amalga oshiradi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Aksiz solig‘i qachon joriy etildi?
2. Aksiz solig‘i to‘lovchilar qanday guruhlanadi?
3. Aksiz osti tovarlarini aniqlash mezonlari qanday?
4. Aksiz solig‘i obekti nimalardan iborat?
5. Aksiz solig‘ining bazasi qanday aniqlanadi?
6. Aksiz solig‘ini to‘lashdan kimlar ozod etilgan?
7. Aksiz solig‘i stavkalari va aksizosti tovarlar ro‘yxati kim tomonidan belgilanadi?
8. Aksiz solig‘ini hisobga olish tartibi qanday?
9. Alohida tovarlar bo‘yicha byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘ini hisoblab chiqishning xususiyatlari nimada?
10. Aksiz solig‘i hisobini taqdim etish va soliqni to‘lash muddatlari qanday?
11. Aksiz markalari nima va u qachon joriy etilgan?
12. Qanday holatda aksizga tortiladigan tovarlar markalanmaydi?
Topshiriqlar
1. Aksiz solig‘i bo‘yicha chet davlatlar tajribasini o‘rganib chiqish.
2. Aksiz solig‘ini to‘lash va hisobotni taqdim etish tartibini o‘rganish.
3. Byudjet daromadlarini to‘ldirishda aksiz solig‘i bo‘yicha vujudga kelayotgan muammolarni tadqiq qilish.
Dostları ilə paylaş: |