Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog
sog` bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o`quvchilarni qamrab oladi.
Ko`pchilik mualliflarning ta'kidlashicha, maktab psixik sog`liq profilaktikasi
uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani
o`tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar.
Ikkinchi bosqich profilaktika muammolari mavjud bolalarga qaratiladi.
Uning maqsadi − o`qishdagi va xulq-atvordagi qiyinchiliklarni iloji boricha erta
aniqlab, ularni yo`qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va
o`qituvchilarga maslahatni ham o`z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich. Psixolog o`qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko`rinib
turadigan muammolari bor bolalarga o`z diqqatini qaratadi.
Profilaktikaning dastlabki maqsadi − jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va
muammolarni yo`qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog oldiga kelgan bola bilan
alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya'ni
«tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o`quvchilarning asosiy qismi psixolog
e'tiboridan chetda qolib ketadi.
Hozirgi Amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni psixik
sog`liq xizmati sifatida faoliyat ko`rsatishning tarafdori bo`lib chiqmoqdalar.
Shunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan
barkamollikni ta'minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish;
2. Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo`sag`asida vujudga kelishi
mumkin bo`lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o`z vaqtida oldini olish
hisoblanadi.
3. Psixologik xizmat faoliyati tizimida psixologik maslahat,uning turlari
Psixologik xizmat faoliyati yosh va pedagogik psixologiya, psixokorreksiya,
psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar
olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb
qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan
o`tishlari lozim.
Maslahat berish psixologik xizmatning asosiy yo`nalishlaridan biridir. Lekin
psixologik maslahat o`zi nimaligi haqida yagona tushuncha yo`q. Kollejlardagi
yoki akademik litseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farqqiladi. Psixolog
aniqo`quv muassasasidagi o`qituvchilar va o`quvchilar orasidagi munosabatning
ijobiy va salbiy tomonlari rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo`ladi. U har
bir o`quvchi yoki o`qituvchining o`zinigina emas, shaxslararo munosabatning
murakkab sistemasini ham ko`radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal
qiladi.
Psixolog maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi:
1. Bolalar, o`qituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug`ullanuvchi
barcha shaxslarga, jumladan ma'muriyat, direktor, rektor, mudir,o`qituvchilar,
murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq,
yaqqol maslahatlar berish.
2. Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o`zaro
munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar
munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan
individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.
3. Ma'muriyatga, bolalar, o`quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda,
kutubxonalarda)
qiziqtiruvchi
masalalar
bo`yicha
bolalar,
o`quvchilar,
talabalarning psixik o`sishi xususiyatlariga oid ma'lumot berishi, o`g`il va qizlarni
asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarning g`amxo`rlik va
vasiylik to`g`risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabati, shaxs taqdirini hal
qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim.
4. Ota onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida
shakllanishi, o`zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi,
individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo`yicha ilmiy-amaliy maslahatlar
beradi.
5. Yangi tipdagi maktablarga o`rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o`quvchilari,
akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy
xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga
yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok
etish.
Maslahat berish ishlari amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan
biridir. Maslahat berish ishlari o`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar uchun olib
boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo`lishi mumkin.
Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko`rsatadiki,
o`qituvchilar ko`pincha psixologga quyidagi muammolar bo`yicha murojaat
qiladilar: turli fanlar bo`yicha o`quvchilarning o`zlashtirishdagi qiyinchiliklari,
bolalarning o`qiy olmasligi va istamasligi, guruhdagi nizoli vaziyatlar, shaxsiy
pedagogik ta'sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari
oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish
yo`llari, o`quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va
rivojlantirish yo`llari, o`quvchilar bilan kasbga yo`naltirish ishlarini olib borish.
Bolalar psixologiyasi sohasida psixologik maslahatlar berish 60 yildan
ko`proq vaqt ichida chet elda rivojlanib bormoqda. Bunga A.Binening ishlari asos
bo`lib xizmat qiladi. Uning faoliyati sog`lom, pedagogik qarovsiz bolalarni
taraqqiyotda normadan og`ishgan bolalardan ajratish maqsadida aqliy taraqqiyotni
o`lchash metodlarini ishlab chiqishga bag`ishlangan edi.
Hozirgi vaqtda maslahat berish amaliyoti bola tarbiyasi va psixik
taraqqiyotini murakkablashtiradigan qator noto`g`ri fikrlarning kuchayganligi bilan
duch kelmoqda. Ular orasida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillarning qarama-qarshi
ta'sir ko`rsatishi sezilarli o`rin egallaydi.
Masalan, ota-onalarning, ayniqsa, onalarning ishlab chiqarishda bandligi
sezilarli o`zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Bundan tashqari, ko`pchilik
bolalarning bolalar muassasalarida tarbiyalanishi ota-onalar psixologiyasida
ma'lum ma'noda o`z izini qoldiradi. Ota-onalar o`zlarining funksiyalarini
bog`chalarga, keyinchalik maktablarga ag`darib qo`ymoqdalar. Ota-onalarning
ajralishi bola psixikasiga katta ta'sir ko`rsatadi. Mutaxassislarning fikricha,
oilaning buzilishi bolaning ahvolini qiyinlashtirib qo`yadigan kuchli psixologik
omil bo`lib, unga ko`nikish uchun bolaga kamida 2 yil kerak. Tarbiyaviy xavfli
guruhga yolg`iz bolali oilalarda tarbiyalanuvchi bolalar ham kiradi.
Xilma-xil psixologik muammolar manbalari ichida maktab ham muhim o`rin
egallaydi. Misol uchun tibbiyot mezonlariga qaraganda maktab yoshidagi
bolalarniing 15-20 foizi qisqa muddatli yoki doimiy psixoterapiyaga muhtojlar.
Maktabda keng tarqalgan psixologik muammolar juda ko`p: ichki o`quv
motivatsiyasining sustligi, past o`zlashtirish, o`qituvchilar va tengdoshlari bilan
nizoli munosabatlar, o`z-o`zini past baholash, jamiyatga qarama-qarshi guruhlarda
ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar.
Yuqorida sanab ko`rsatilgan muammolarning ko`pchiligiga shaxs rivojlanish
bosqichlarida ehtiyojlarni va chuqur qonuniyatlarni yetarlicha hisobga olmaslik,
barcha bolalarga bir xil talab qo`yish, ularning individual-psixologik va
psixofiziologik xususiyatlarini e'tiborga olmaslik sabab bo`lmoqda.
Bolaning ko`pgina ijobiy xususiyatlari, masalan, she'riyatga, matematikaga,
musiqaga va boshqalarga nisbatan erta ko`ringan layoqatlilik yoki umumiy psixik
taraqqiyotining
juda
oldindaligi
ko`pgina
psixologik
va
pedagogik
muammolarning manbai bo`lishi mumkin.
Amaliyotchi psixologga o`quvchilar ham kattalar va tengdoshlari bilan o`zaro
munosabatni yaxshilash masalalari, o`z-o`zini tarbiyalash, kasbiy va shaxsiy o`z-
o`zini bilish, aqliy mehnat va xulq-atvor madaniyati va boshqa muammolar
bo`yicha murojaat qiladilar.
Psixolog o`quvchilar bilan bevosita aloqada ularda vujudga kelgan
muammolarni hal qiladilar. Bu to`g`ridan-to`g`ri maslahat berish deb ataladi.
Ba'zan o`quvchilarga va ota-onalarga o`qituvchilarning u yoki bu muammolari
bo`yicha maslahat beradi, bu bavosita maslahat berishdir, bunda ma'lum qoidalarga
amal qilishga to`g`ri keladi. Maslahat berish markazida har doim psixolog va
maslahat berilayotgan shaxsning o`zaro ta'sir jarayoni, ular orasida ishonchli
o`zaro munosabatni o`rnatish yotadi. Bunda psixolog − maslahat beruvchi;
o`qituvchi, ota-ona − maslahat beriluvchi; o`quvchi − mijoz rolida bo`ladi.
Maslahat berish ishini quyidagicha sxematik tasvirlash mumkin.
maslahat
muammolar
Sabablarni bola bilan
aniqlash ishlash
Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va o`qituvchi o`z sohasini
yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon bo`ladi.
1. O`quvchi muammolari bo`yicha ularning hamkorligi bilimlarining
birikuviga imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy
imkoniyatlar yaratadi. Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda.
O'qituvchi
Psixolog
O'quvchi
2. Psixolog o`quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning
qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o`rganadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida
shakllanishiga yordam ko`rsatadi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, kollej o`quvchilari yangi
tipdagi maktab, oliy o`quv yurti talabalarida uchraydigan o`quv malakalari va
ko`nikmalarini egallashdagi nuqsonlar xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual
taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni diagnostika qiladi.
4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi
nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differentsial diagnostikani amalga
oshiradi. Nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi. Assotsial xulq-
atvor sabablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va taksikomanlik,
alkogolizm, o`g`rilik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi,
omillarni tahlil qiladi.
5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda qatnashish, ilmiy
psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va ularga nafaqalar belgilashda ishtirok etadi.
Psixolog ta'lim-tarbiya ish rejasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab
chiqishda, o`quv dasturi va qo`llanmasini yaratishda faol ishtirok etishi, bosh
maqsad bo`lgan shaxsning intellektual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish
ko`nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdek muqaddas
ishga o`ziniig munosib ulushini qo`shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi.
Yangi tipdagi maktablarga, o`rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o`quv
yurtlariga o`quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning
imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ
ishlarni olib borishi yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik
darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va
boshqalardan iborat.
Psixologning maslahat berish ishlari asosan shaxs bilan birgalikdagi
kelishuvi asosida shakllanadi. Psixolog maktabda, litsey, universitetda yoki
tashkilotda faoliyat yuritmasin shaxs bilan ish olib boradi. Ishlash jarayonida
ularga maslahat yoki yo`llanma beradi.
Maslahatni mijozga berishdan avval uni yaxshilab eshitadi va suhbat
olib boradi. Mijoz psixolog oldida muammo bilan keladi, psixolog uni har
tomonlama o`rganishi lozim. Shunda kutilgan natijaga erishishi mumkin. Psixolog
maslahatni asosan hayotiy misollar bilan, shaxslarga bog`lab, obrazlar orqali
mijozlar ongiga singdirishi va uning tanlash huquqi erkinligini eslatib o`ziga
qo`yib berilsa, kutilgan natijaga erishish mumkin.
Individual psixologik maslahat berish psixolog amaliy faoliyatining eng
ma'suliyatli turlaridan biridir. Maslahatchining fikri, psixik taraqqiyoti bo`yicha
har bir bahosi bolaning keyingi taraqqiyotiga, o`qituvchilarning, ota-onalarning
bolaga nisbatan munosabatiga katta ta'sir ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun
individual psixologik maslahat berish bola taraqqiyotini boshidan diqqat bilan
tahlil qilishni, har xil manbaalardan olingan ma'lumotlarga asoslanadi. Ma'lumot
manbaasi sifatida ota-onalar bilan suhbat, o`qituvchilar bilan, bolaning o`zi bilan
suhbat, bolani uyda, maktabda va boshqa hollarda kuzatish, psixologik tajriba
orqali kuzatuv, ota-onalar bilan tanishish, tibbiy hujjatlar bilan tanishish va
boshqalardan foydalanish mumkin. Ko`pchilik mualliflar aniqhodisani o`rganishda
quyidagi ketma-ketlikni afzal ko`rishadi:
1) ota-onalar bilan dastlabki suhbatda olingan ma'lumotlarni tahlil qilish
hamda vrachlardan, pedagoglardan olingan ma'lumotlarni ham e'tiborga olish;
2) bolaning ilgarigi rivojlanish bosqichlari, sog`ligi, oilasidagi o`zaro
munosabat haqida ma'lumot olish uchun ota-onalar bilan suhbat;
3) boshqa muassasalardan ma'lumot yig`ish;
4) sog`ligi haqida ma'lumot (tekshiruv vaqtida);
5) bolani maktabda, uyda, boshqa hollarda kuzatish. Tekshiruvga muhim
qo`shimcha sifatida bola faoliyatini (rasmlarini, daftarlarini, qiziqadigan
narsalarini) tahlil qilish ham kiradi. Psixolog-maslahatchi ana shu olingan
ma'lumotlar asosida bola rivojlanishining umumiy darajasiga baho berishi, bola
qiyinchiliklarining mohiyatini tavsiflashi, ana shu qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradigan omillarni aniqlashi va psixologik tuzatish dasturlarini ishlab chiqishi
kerak.
Maslahat berish amaliyotida juda ko`p metodlar mavjud: kuzatish va test
metodlari. Psixolog oldida turgan birinchi vazifa bola bilan yaxshi munosabat va
o`zaro tushunishni o`rnatishdan iborat. Suhbatni maqsadli ravishda olib borsangiz
ijobiy natija beradi.
Ob'yektni o`rganish va baho berish − bunga biz suhbatdoshimizning yuz
mimikasi, xatti-harakatlariga qarab uning umumiy emotsional holatini baholaymiz,
bizni ijobiy yoki salbiy tan olishini aniqlaymiz.Hamkorlik darajasiga erishish -
hamkorlikka asosan ob'yektning sizga va siz ko`tarayotgan masalaga qiziqishini
uyg`otish yo`li bilan erishiladi.
Amaliy muammoni muhokama etish − bu holatda biz ko`tarilayotgan
muammoga ob'yektning munosabatini belgilab olamiz.
Ma'lumotga ega bo`lish − ob'yektnig suhbat chog`idagi xatti - harakatlariga,
ovozining tempi, baland- pastligiga chuqur e'tibor bera turib, uning asl fikri
munosabatini aniqlash.
Samarali suhbat qilishning muhim jihati bu moslashuvdir. Har qanday
insonning fikr yuritish, his-tuyg`ulari va harakatlari o`zaro bog`langan bo`ladi.
Miyamizdagi har qanday paytda bo`layotgan fikr ma'lum bir emotsional turtkiga,
mushaklardagi o`ziga xos o`zgarishlarga, ya'ni jismoniy harakatlarga olib keladi.
Jismoniy harakatlar ma'lum bir emotsional o`zgarishlarga va fikr paydo bo`lishga
sabab bo`ladi. Suhbatdoshni his qilish, fikrlarini tushunish uchun eng avvalo biz
uning xatti-harakatlariga, mimikasiga moslashishimiz kerak. Pedagog psixolog,
vrach, huquqshunos va istalgan boshqalarning proffesional mahorati o`z ovozi
uning tebranish ohangini boshqara olish qobiliyatiga bog`liq bo`ladi. Ovoz ham
suhbatdoshingizni ongiga kirishga imkon beruvchi muhim vositadir. Ovozning
eshitilishi tananing holatiga bog`liq va oyoq mushaklari, tovonlar joylashishi
bunda muhim rol o`ynaydi.
-Ovoz jalb qilishi, ishontirishi, madh etishi, uxlatishi mumkin.
-Ovoz odamni uzoqlashtirishi, zo`riqtirishi, to`xtatishi va falaj qilib qo`yishi
mumkin.
-O`z nutqingizda artistlik va sun'iylikdan qochib, samimiy bo`lishga harakat
qiling.
Har kuni ovozingizni tebranuvchan, tinch, ishonchli, iliq, g`amxo`r, ma'noli
bo`lishi uchun mashqqiling. Ovozingizda mavjud ishonchsizlik, qo`pollik,
qo`rqoqlik, qaltirash, nafrat va qasos ohangidan saqlaning. Shaxslararo muloqotda
savol berish katta o`rin tutadi. Shu bilan suhbatdoshlar bir-birlarini chuqurroq
anglaydilar. Savol berayotgan shaxs savol yordamida kerakli ma'lumotni
aniqlashtiradi. Savol berish suhbatning asosiy qismi hisoblanadi. Savol berish ham
san'atdir, uni mashaqqatli san'at sirlarini o`rgangandek o`rganish, bilish talab
etiladi. Inson ongi, xulq-atvoriga ta'sir etuvchi bir necha yo`nalishlar mavjud
bo`lib, ularning bir turi suhbat davomida mutaxassislardan maxsus usullarni
qo`llashni talab etsa, ikkinchisi maxsus texnik vositalar va dori-darmonlarni
qo`llashni taqazo etadi. Maxsus usullar quyidagilar:
- ishontirish
- ko`ndirish
- gipnoz
- NLP.
Uslublar shaxs psixologiyasini yaxshi bilgan holda unga ta'sir etishni ko`zda
tutadi.
Odamga
ta'sir
etishning
negizida
asosan
shaxslarda
mavjud
psixokomplekslar majud bo`lib, ular odamda yetakchi rol o`ynaydigan quyidagi3ta
instinktdan kelib chiqadi:
- O`z-o`zini va zotini saqlash;
- avlodni davom ettirish;
- tajavvuzkorlik(agressiya).
Psixokomplekslar yuqorida sanab o`tilgan 3ta instinktdan kelib chiqib, har
birimizning turmush tarzimizni, xulq-atvorimizni, xatti-harakatlarimizni, ko`z
ilg`amas to`rday o`rab chirmab turadi. Insonga ta'sir etmoqchi bo`lgan mutaxassis
xuddi musiqachi cholg`u asbobining kerakli pardalarini bosib, o`zi istagan
tovushni chiqargani kabi, shaxsni boshqarishi mumkin.
Psixokomplekslar miqdori ko`p bo`lib, psixologlar asosiy deb belgilaganlari
quyidagilardir:
Psixologik maslahat chog`ida test metodini o`tkazish qoidalarini qarab
chiqamiz. Psixodiagnostika bu masalaga katta ahamiyat beradi, chunki
tekshiriluvchi harakatlarining natijasi testni o`tkazish qoidalariga to`liq amal
qilishga bog`liq. Ko`pgina metodlar yordamida tekshiruvning bir necha majburiy
qoidalari ishlab chiqilgan.
1. Qo`llanmani, unga ajratilgan vaqtni o`zgartirish mumkin emas. Barcha
tekshiruvchilarga topshiriqlar bir xilda ko`rsatilishi, xatto qo`llanma ham bir
ohangda aytishni talab qiladi. Savollarni bir necha marta qaytarmaslik kerak.
2. Testni bajarayotgan vaqtida bolaga o`rgatish, tanqid qilish, xatto maqtash
ham mumkin emas. Tanqid bolani chalg`itadi va ranjitadi, ko`pincha bolaning
topshiriqqa bo`lgan qiziqishini pasaytiradi. Tanbeh, bolaning keyingi testlariga
bo`lgan munosabatini kuchli o`zgartirishi mumkin, bolaning diqqati, qiziqishi
yo`qoladi. Bolaning javoblari qanday bo`lishidan qat’iy nazar bir xilda qo`llab-
quvvatlash kerak. Bolani javoblari uchun emas, intilishi uchun maqtash mumkin.
Shunday qilish kerakki, bola qilgan xatolari haqida tasavvurga ega bo`lmasin. Agar
bola javoblari bahosini aytishni talab qilsa, tekshiruv so`ngida aytishga va'da
berish kerak.
3. Tekshiruvni bola o`zini yaxshi his qilayotganda, charchash belgilari,
qaysarlik ko`rinishlari va ortiqcha xayajonlanish bo`lmaganda o`tkazish kerak.
Dostları ilə paylaş: |