6-mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari


O`quvchini eksperimental-psixologik tekshiruv qarori



Yüklə 61,48 Kb.
səhifə7/7
tarix20.08.2023
ölçüsü61,48 Kb.
#140016
1   2   3   4   5   6   7
6-mavzu Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari-fayllar.org-1

O`quvchini eksperimental-psixologik tekshiruv qarori 
Topshiriq va 
uning 
xususiyatlari 
Ko`rsatmani 
tushunishi 

Topshiriqni 
bajarish 
(muvaffaqiyatli, 
muvaffaqiyatsiz 
Sinaluvchi 
xulq-atvori 
(hissiy, nutqiy 
reaksiyalar) 
Tadqiqotga tayyorlanish, tadqiqot maqsad va
vazifalarini aniqlash
Bola bilan suhbatlashish, ijobiy-hissiy aloqa
o’rnatish, topshiriqlarni bajarish
motivatsiyasini o’rganish
EKSPЕRIMЕNT
Ko’rsatma
bеrish
Kuzatish
Psixik faoliyat
mahsullarini
tahlil qilish
Ekspеrimеnt
vazifalarini
bajarish
Xotima qismini
tayyorlash,
xulosalar
Tadqiqot
qarorini yozib
borish




ketkazilgan vaqt) 

Tekshiruv qog`ozlari har xil bo`lishi mumkin. Ular alohida psixodiagnostik 



tadqiqot natijalarini yozib olish uchun maxsus shaklga ega bo`ladi.Unda qator
metodikalar majmui ham aks etishi mumkin. Tekshiruv qog`ozlarini to`g`ri
to`ldirish, qarorlarini yozib borish har xil metodikalar bo`yicha olingan natijalarni
umumlashtirish, tekshirilayotgan bolalarni bir yosh guruhida taqqoslash imkonini
beradi. Tajriba davomida pedagog-psixolog bola faoliyatini iloji boricha tabiiy
sharoitlarga yaqinlashtirishi kerak. Masalan, o`rta guruh bolalari uchun shunday
topshiriqlarni tanlash kerakki, ular o`yin vaziyatida bajarilsin. Katta maktabgacha
ta'lim muassasasi bolalari va boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun bu topshiriqlar
o`quv faoliyati elementlari bilan birga qo`shilishi mumkin.
Eksperimental psixologik tadqiqot bir necha bosqichda o`tkazilishi zarur. Bu
bolaning yangi sharoitga yaxshi moslashishiga, u bilan ijobiy aloqa o`rnatishga
imkon beradi. Birinchi bosqichda tadqiqotchi bola bilan aloqa o`rnatadi, uning
qiziqish va ehtiyojlarini aniqlaydi. Bola ba'zi topshiriqlarni tadqiqotchi oldida
bajaradi. Ikkinchi bosqichda olingan ma'lumotlarga aniqlik kiritiladi, boshqa
metodikalarda olingan natijalar bilan o`zaro bog`liqlik aniqlanadi. Uchinchi
bosqichda tajribada olingan natijalar tahlil qilinadi, ular umumlashtirilib, xulosa
chiqariladi.
Olingan ma'lumotlarni bir joyga to`plab, tadqiqotchi sinaluvchi shaxsining
xarakteri, aqli, xotirasi, hissiyoti, psixik buzilishlar mavjudligi yoki yo`qligi haqida
xulosa chiqariladi.
Tadqiqotning so`nggi qismidagi xulosalar shaxsga psixologik diagnoz
qo`yish, sinaluvchi psixikasidagi o`zgarishlarni oldindan aytib berish, olingan
ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog`liq ravishda hamda pedagog
amaliy faoliyatida tavsiyalar berish maqsadida qiziqarlidir. Shuni esda tutish
zarurki, eksperimental vaziyat bola uchun odatdagidan boshqacha bo`ladi. Shuning
uchun olingan natijalar har doim ham haqiqiy ko`rsatkichlarga mos tushmasligi
mumkin.
Eksperimental tadqiqot xarakteriga bog`liq ravishda undan olingan natijalarni
o`quv tarbiya jarayonida foydalanish mumkin.
Bolalarning
eksperimental-psixologik
o`rganish
natijalaridan
o`quv
mashg`ulotlari vaqtida psixik jarayonlarining ixtiyoriyligini rivojlantirishda ham
foydalanish mumkin.
Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o`tkazish tajribasi shundan dalolat
beradiki, qo`llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki
bu psixik jarayonlarni o`rganish metodikalariga ajratish mumkin. (L. I.
Poperechnaya 1978; L.L.Venger, V.V.Xolmovskaya 1978; Z.I.Kalmikova, 1982;
V.M.Bleyxer, I.V.Kruk, 1986). Masalan, o`quvchi xotirasi haqida faqat bir metod
asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini
qo`llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodikalar o`zining
asosiy yo`nalishidan tashqari (ya'ni shaxsning ma'lum xususiyatini o`rganishdan
tashqari) psixikani boshqa xususiyatlarining holati haqida ba'zi ma'lumotlar beradi.



Masalan: bolaga berilgan 10 ta so`zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning


xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga
yo`naltirilganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo`ladi.
Tarbiyachi-tadqiqotchi tadqiqot uchun u yoki bu metodikani tanlaganida
ko`rsatmani salgina o`zgartirish metodikaning yo`nalishi o`zgarib ketishiga sabab
bo`lishini hisobga olishi kerak. Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldin bola unga
bo`lgan ko`rsatmani to`g`ri tushunganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Bajarilayotgan toshiriqning muvaffaqiyati ko`p hollarda shunga bog`liq bo`ladi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati eksperimentda qo`llaniladigan
metodikalar soniga bog`liq bo`ladi. Lekin maktabgacha ta'lim muassasasi va
maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o`tkazganda, ularning tez charchashini
hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqot o`tkazganda, tadqiqot vazifalariga
bog`liq ravishda tanlangan 5-7 metodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha
bosqichda o`tkaziladigan tadqiqotlarda ko`proq metodikalardan ham foydalanish
mumkin. Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir.
Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo`lsa, bola
toshpiriqni shunchalik yaxshi bajaradi.
Tadqiqot
o`tkazish
uchun
eksperimental
metodikalarni
tanlashda
quyidagilarni e'tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi — psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga,
ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, o`tgan ta'lim va tarbiyasi
amalga oshrilayotgan sharoit;
v) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi,
verbal aloqa o`rnatish xususiyatlari.
Tanlangan eksperimental psixologik metodikalarningqiyinlik darajasi o`sib
borish tartibida bo`lishi kerak.
Tarbiyachi qanchalik ko`p eksperimental psixologik tadqiqotlarni o`tkazsa,
uning tajribasi shunchalik ortib boradi. U quyidagilarni o`z ichiga oladi: bola
faoliyatining xususiyatlarini o`yin va o`quv vaziyatlarida tahlil qilish; uni
maktabgacha ta'lim va umumiy o`rta ta'lim muassasalari, shuningdek, oila
sharoitiga moslashtirish, moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki
hayotini tushunib olish istagi; shaxsning xususiyatlarini har tomonlama
rivojlantirishda unga har qanday yordam ko`rsatish.
Psixologik tadqiqot natijalaridan bolalar bilan individual ish olib borishdagina
emas, balki guruhiy o`quv tarbiya tadbirlarini o`tkazishda ham foydalanish
mumkin. Bunda tarbiyachi o`quv tarbiya jarayonida har bir guruh a'zosining rolini
to`g`ri aniqlashi mumkin. Shunga asosan ta'sirning u yoki bu shaklini ishlatish
mumkin.
Psixodiagnostik tadqiqotlar tarbiyachiga guruhning, har bir shaxsning u yoki bu
psixik funksiyalari rivojlanish tamoyillarini hisobga olgan holda o`quv tarbiya
jarayonini tashkil etish imkonini beradi.

http://fayllar.org



Yüklə 61,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin