Byurokratlarcha markazlashuv
|
boshqarish obyektiga nisbatan bo‘lgan munosabat maksimal ravishda, qat’iy darajada buyruq-lashgan. Bu tamoyil demokratiyaga o‘ta yotdir.
|
Nomenklatura
|
lavozimlarga faqat yuqori tashkilotlar tomonidan qat’iy ravishda oldindan ro‘yxatga kiritilgan kishilar tayinlanadi. Aynan shu tartib shaxsga siginishni vujudga keltiradi.
|
O‘z o‘ziga xizmat qilish, shaxsiy manfaatni ustun qo‘yish
|
Garchi sotsializm-bu inson manfaatini ximoya qiluvchi, uning farovonligini oshiruvchi tuzum degan shior bilan amal qilgan bo‘lsa-da, aslida bu tuzumning qonun - qoidalari, tamoyillari amaldorlarning manfaatlari uchun xizmat qiladi.
|
Demokratiyani tan olmaslik
|
Demokratiyani tan olish degan so‘z ular uchun xokimiyatni yo‘qotish bilan baravar edi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi uchun demokratiya bu “tabiiy dushman”.
|
Buyruqbozlik
|
Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Faqat shundagina kuch ishlatish, qo‘pol ravishda majburlash kabilar o‘z ijrosini topishi mumkin. “Gilam usti”ga chaqirish, tezkor tashkiliy xulosalarni yasash, daxshatli qarorlar chiqarish kabilar buyruqbozlikning o‘ta ayovsiz ko‘rinishlaridir.
|
Formalizm, rasmiyatchilik
|
Formalizm qogozbozlikning “ota”si, to‘rachilik muxitini yaratuvchi daxshatli tamoyildir. Har qanday qo‘llanmani pesh qilib, uning orqasida qonuniy narsalarni tan olmaslik, munosabatlarda rasmiyatchilik bilan yondoshish bu tamoyilning bosh maqsadi bo‘lib xisoblanadi.
|
Maxdudlik
|
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi o‘zining sir-asrorlarini yashirishga, maxfiy tutishga harakat qiladi. To‘ralarni oshkoralik va demokratiyaning xujumidan aynan shu maxdudlik ximoya qiladi, maxfiy ma’lumotlarga etib borishga xalaqit beruvchi qalqon vazifasini bajaradi.
|
Konservatizm
|
Yangilikka nisbatan ayovsiz tamoyil. Garchi biror-bir yangilik u yoki bu faoliyatni yaxshilashga olib kelishini bilsa-da, bu yangilikni iloji boricha kechiktirib yoki chala-chulpa joriy qilishga tarafdor.
|