qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bogliq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
Viloyat, tuman va shaharni iqtimodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat, tuman, shahar byudjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatalari Kengashining tasdigiga taqlim etadi;
o‘z o‘rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo‘limalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘grisidagi qarorlarni xalq deputatlari kengashi tasdigiga taqdim etadi;
hokimlik devoni bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlarga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa bekor qiladi va xalq deputatalri Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to‘grisida taqdimnoma kiritadi;
rahbarlari tegishli xalq deputatalri Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;
xalq deputatalri Kengashi va hokim qabul qilgan va chaqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘grisida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;
aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning imkoniyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi.
Bulardan tashqari, hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini sotsial himoya qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarni ham hal etadi.
Respublikamizda mustaqil tarmoqlarning soni ___tadan, korxona-larning soni esa 100 mingtadan ortadi, Ularning har birini rivojlantirish, bir-birlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish, mamlakat xududida joy-lashtirish va mahsulot (xizmat)ga bo‘lgan talabni aniqlash tarmoq boshqaruvi tizimi oldida to’rgan juda murakkab keng qamrovli masalalardir.
Bu masalalarni samarali hal qilish uchun boshqarishning quyidagi tarmoq organlari mavjud:
Vazirliklar;
Davlat qqmitalari;
Kontsernlar;
Korporatsiyalar;
Konortsiumlar;
Assotsiatsiyalar;
Kompaniyalar;
Korxonalar;
Firmalar va boshqalar.
Bu organlar umumdavlat va mahalliy organlardan farqli qlaroq boshqaruv tizimida shunchaki ishrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Boshqarishning tarmoq organlari odatla umumdavlat va mahalliy organlardan o‘z faoliyatining hajmi (miqyosi) bilan farq qiladi. Bu hol ularning huquqiy nizomlarida aks etgan bo‘ladi.