6-mavzu. Boshqaruv qonunlari va tamoyillari 1. Menejmentning qonun va tamoyillarining mohiyati
2.Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqarish tamoyillari xususiyatlari
3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari
4.Zamonaviy menejment tamoyillari.
Dastlab qonun-qoida va tamoyil so‘zlarining lugaviy ma’nolari to‘grisida ikki ogiz so‘z.
Qonun – bu obyektiv borliqda turli xodisalar kishi ongidan va ixtiyoridan tashqari xamisha mavjud bo‘lgan zaruriy boglanish, munosabat. Masalan, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari, muvozanat qonunlari va x.k.
Qonun – bu davlat xokimiyati tomonidan qabul qilingan, xamma uchun majburiy bo‘lgan ijtimoiy xuquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida. Masalan, Konstitutsiya O‘zbekistonning asosiy qonunidir. To‘qqiz yillik majburiy ta’lim xaqida qonun va x.k.
Qonun – bu bajarilishi shart, majburiy bo‘lgan, norma, qoida tusiga kirgan talab, topshiriq va shu kabilar, ya’ni jamiyatda, ijtimoiy guruh va shu kabilarda qabul qilingan odat tusiga kirgan qoida, rasm, odat.
Tamoyil – mayl, moyillik, tendentsiya.
“Printsip” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, asos, dastlabki, ya’ni xatti-harakat yoki faoliyatning asosiy qoidasi, raxbar goya ma’nolarini bildiradi. Printsiplarni menejment fani va amaliyotining poydevori deyish mumkin.
Qonun va tamoyillarda menejmentning obyekti va subyekti o‘rtasidagi obyektiv, muxim, takrorlanadigan, nisbiy, turgun, aniq muayyanlik va moxiyat bilan umumiy boglanish va aloqadorlik o‘z ifodasini topadi. Bu umumiy boglanish va aloqadorliklar ma’lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining yo‘nalishi va xususiyatini belgilab beradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari faqat xamma uchun majburiy bo‘lgan norma, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali ta’riflanishi va ifodalanishi mumkin.
Menejmentning tamoyillari
ommani boshqarishga keng ko‘lamda jalb qilishni, kengash va maslaxat bilan ishlarning bajarilishini talab qiladi.
Ierarxiya tamoyili
boshqarishning pogonaligiga asolanadi. Bu tamoyil, bir tomonidan, markaziy, ikkinchi tomondan esa, viloyat shaxar va tumanlar darajasidagi davlat xokimiyati xamda boshqaruv idoralarining vazifalarini aniq belgilanishini talab qiladi. Samarasiz
boshqaruv bo‘ginlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik boshqaruv jarayoni chigallashadi.
Rejalashtirish tamoyili
boshqarish bo‘ginlari o‘rtasidagi taraqqiyot nisbatlarini aniqlaydi, shartnomalarning bajarilishini tashkil qiladi va nazorat qiladi.
Yakkaxokimlik tamoyili
boshqarish tayinlangan shaxs tomonidan bajarilib, unga boshqariladigan obyekt, uning mol-mulki, pul mablaglari ishonib toshiriladi. Yakka xokimlik boshqarishda jiddiy tartib va mexnat intizomini ta’minlaydi. Bunda “Ko‘plashib muhokama qilmoq kerag-u, lekin mas’uliyat yakka bir kishida bo‘lmogi kerak” degan printsip amal qiladi.
Ilmiylik tamoyili
menejerlardan chuqur bilimni, o‘z soxasi bo‘yicha iqtisod, mantiq, ruxiyat, matematika, chet tili, texnologiya kabi fanlarni yaxshi bilishini talab qiladi. SHu bilan birga uning saviyali tashkilotchi, tashabbuskor goyalarga boy, izlanuvchan, bozor kon’yunkturasini yaxshi biladigan, tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan mutaxassis bo‘lishini talab qiladi.
Topshiriqni berishda tushundinglarmi? deb so‘rash etarli emas. Bunday savolga javobgar shaxslardan tasdiqlovchi javobni, topshiriqni to‘gri tushunganligini so‘rash kerak.
Javobgarlik tamoyili
bu tamoyil, eng avvalo, boshqaruvchilarning javobgarligini nazarda tutadi. Bajaruvchanlik madaniyati past, mas’uliyatsiz raxbar korxona va xodimlarning sho‘ri. Menejer uchun xuquqiy javobgarlik o‘ta yuqori bo‘lishi kerak.
SHunday qilib, boshqarish tamoyili (printsipi) deganda boshqaruv organlari va raxbarlari faoliyatining zaminini tashkil etuvchi asosiy qonun-qoidalar tushuniladi. Boshqarish tamoyillari-bu boshqaruv amaliyotida obyektiv qonunlardan ongli foydalanish shakllaridandir.
Boshqaruv tamoyillarining shakllanishi chuqur tarixiy ildizlarga ega. Xususan, Turkistonda bu tamoyillar Amir Temur xukmronligi davrida shakllana boshlagan. O‘zining ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi Turkistondek buyuk davlat
ilmiylik;
yakka xokimlik;
ierarxiya;
bilimdonlik;
demokratiya kabi tamoyillar asosida boshqarilgan.
Xurosonlik yirik shayx va shayxuislom, Amir Temurning e’tiqod qo‘ygan, pirlaridan, tinchliksevar va raiyatparvar inson Zaynuddin Abubakir Toybodiy Temurga maktub yozib uning saltanat yumushlarida quyidagi “to‘rt ishni qo‘llashini aytgan, ya’ni:
1) Kengash;
2) Mashvaratu maslaxat;
3) Xushyorligu muloxazakorlik;
4) Extiyotkorlik.
SHunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslaxat va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lmagaysan. Yana shuni xam bilgilkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo‘lgay, yana bir qismi esa bilib-bilmaslikka, ko‘rib ko‘rmaslikka solish bilan bitur. (Xullas) tadbirlardan ogox qilingandan keyin shuni aytish joizdirkim, qat’iylik, sabr, chidamlilik, xushyorlik, extiyotkorlik, va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom”
Maktubni o‘qib Amir Temur o‘z Tuzuklarida: “U menga saltanat ishlarining to‘qqiz ulushi mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulush esa qilich bilan bajo keltirishni anglatdi...
Tajribamda ko‘rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat soxibi, azmi qat’iy, tadbirlar va xushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. Chunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradi”-deb yozgan edi.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida sobiq SSSR quyidagi tamoyillarga asoslanib boshqarilgan.