6-mavzu. Boshqaruv qonunlari va tamoyillari



Yüklə 141,02 Kb.
səhifə9/13
tarix06.04.2023
ölçüsü141,02 Kb.
#94233
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
курилишда менежмент маруза 6

Uyushma (ittifoq) - bu jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘ngilli jamoat birlashmalaridir. Bunday ubshmalar o‘z faoliyatini muvofiq-lashtirish, manfaatlarini himoya qilish va yagona ilmiy-texnik siyosatni ta’minlash maqsadida respublika xududida keng tarmoq yozgan. Bunday birlashmaga misol qilib:

  • O‘zbekiston respublika savdo-xarid uyushmasi “O‘ztayyorlovsavdo” (05.08.1994);

  • “Oziqovqatsanoat” va “ggmaytamakisanoat” uyushmalari (26.09.1994);

  • “O‘zmevasabzavotuzum sanoat” uyushmasi (28.10.1994)

  • “Pilla” uyushmasi (03.02.1995)

  • “Uzmaishiyuyushma”, ya’ni aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi uyush-malarini keltirish mumkin. Bu uyushmalarning ijro etuvchi apparati tuzilmalari 3-7 ilovalarda keltirilgan.

Assotsiatsiya – bu korxonalarning paychilik asosida ko‘ngilli birlashmasidir. U bir yoki bir necha ishlab chiqarish - xo‘jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida korxonalarning shartnomaviy asosida birlashishi natijasida tashkil topadi. Assotsiatsiyalar tarkibiga, odatda, muayyan xududa joylashgan va turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi.
Assotsiatsiyani Muasislar kengashi boshqaradi. Bu kengash raisni saylaydi, boshqaruvni tuzadi.
Assotsiatsiyaga misol qilib:

  • “O‘zkimyosanoat”, ya’ni sanoat korxonalari assotsiatsiyasi;

  • “O‘zmontajmaxsusqurilish”, ya’ni montaj va maxsus ishlar bo‘yicha O‘zbekiston assotsiyatsiyasi;

  • “O‘zbeksavdo” va boshqa assotsiatsiyalarni keltirish mumkin.

Viloyatlardagi savdo va umum-ovqatlanish boshqarmalari negizida xududiy savdo ishlab chiqarish kontsernlari tashkil etildi. Ular muassislar sifatida assotsiatsiya tarkibiga kirdilar va viloyatlarning hokimlari tasarrufiga olindilar. “O‘zbeksavdo” va uning joylardagi organlarini assotsiatsiya raisi boshqaradi.
Korporatsiya – bu rivojlangan yiri aktsionerlar jamiyat va trestlar birlashmasidir. Korporatsiyalar negizi aktsioner jamiyatlari hisoblanadi. Ular bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollanadi: Ayni paytda korporatsiyalar:

  • investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi;

  • ilmiy-texnika tarao‘qiyotiga turtki beradi;

  • mahsulotning raqobatdoshligi va uzoq hayotiy tsiklini ta’minlaydi.

Bulardan tashqari faoliyatining tijoriyligi, ya’ni foyda olishni maqsad qilib qo‘yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy boshqaruv, aktsiyadorning aktsiya sarmoyasining o‘ziga tegishli qismi bilan erkin tasarruvf etishi va boshqalar korporatsiyaga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardir.
Bugangi kunda O‘zbekistonda:

  • “O‘zdonmahsulot” (20.06.1994)

  • “O‘zbaliq” (18.08.1994)

  • “Mahalliy sanoat” kabi korporatsiyalar faoliyat ko‘rsatishmoqda (8-9 ilovalarga qarang).


Yüklə 141,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin