Milliy kompaniya - bu noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, tarnsport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tashki-lotlarining paychilik yoki aktsionerlik asosida ko‘ngilli birlashmasidir.
O‘zbekistondagi milliy kompaniyalar jumlasiga:
“O‘zbekiston havo yo‘llari” O‘zbekiston milliy aviokompaniyasi;
“O‘zbekkino” davlat-aktsionerlik milliy kompaniyalari va boshqalar kiradi.
Korxona – bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo‘gin bo‘lib hisoblanadi. Korxona to‘grisidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan xo‘jalik subyekti bo‘lib, o‘ziga tegishli yoki tqliq xo‘jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko‘rsatadi, deb ta’kidlangan.
Ular o‘z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o‘zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqligi sharoitlarida amalga oshiradi.
Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki yana korxonaning o‘zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi. Korxonalar yakkahokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ-xo‘jalik jihatdan mustaqil ish ko‘rishi va tashabbus ko‘rsatishi asosida boshqariladi. SHu sababli:
Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxona – davlat vakili hisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi) rahbarlik qiladi.
Firma – bu korxonadan farqli qlaroq ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi davolash muassasi uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin.
Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga kelmoqda.