6 mavzu: Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish Reja


Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish



Yüklə 40,73 Kb.
səhifə2/6
tarix14.09.2022
ölçüsü40,73 Kb.
#63655
1   2   3   4   5   6
6 mavzu

Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish. CHorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson hayotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jahon va milliy tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi.
Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘likni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Xdrakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘likni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan birn sifatida belgilandi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston sobiq Ittifokdan meros bo‘lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli harakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining barcha katlamlarini har tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamoqda.
Bugungi kunda Davlat bYudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafakdlar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda1.
Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’- tibor qaratilmoqda.
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish borasida 2017-2021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar, onkologik muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini hamda to‘rtinchi darajali ko‘p tarmoqdi bolalar tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi.



Yüklə 40,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin