pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv Yurtlari vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirish.
milliy kadrlarning raqobatdoshligini oshirish;
Boloniya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olish;
o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999 yil 19 iYundagi Boloniya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasi ko‘rib chiqish.
Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi: fan, ilmiy-tadqiqot, innovatsion Yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, Yuqori texnologiya markazlari va texnologiyalarni joriy etish.
jahonning etakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash;
yangi fan, ilmiy tadqiqot, innovatsion Yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlari yaratilmoqda.
21 SH.Mirziyoev. Prezident SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Yoshlarga oid davlat siyosatini takomkomilashtirish» deb nomlaigai alohida band (4.5-band) kiritilgan. U ijtimoiy sohani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlaridan birining tarkibida o‘z ifodasini topdi. Unda jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq qatiy hayotiy nuqtai nazarga ega Yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylapggirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish, Yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ruyobga chiqarish, bolalar va Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, Yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati na boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, Yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish vazifalari belgilab berilgan.
Ma’lumki, 2016 yilning 14 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasining 33 moddadan iborat «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘RQ-406-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan
«O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi 429-XII-son Qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Qonunlarni qabul qilish masalaning bir jihati bo‘lsa, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish uning boshqa bir jixatidir. SHu o‘rinda «Yoshlarga oid davlat siyosati» tushunchasi nimani anglatishiyi bilib olishimiz lozim. Yoshlarga oid davlat siyosati deganda, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda Yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy- iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuiiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni 6-moddasiiiig 1-qismida «Yoshlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, xududiy va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin», deb belgilab qo‘yilgan. O‘sha moddaning ikkinchi qismida «Davlat dasturlari, xududiy va boshqa dasturlar Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash, Yosh fuqorolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol Yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi»,deyiladi.
SHu o‘rinda «Yoshlar» tushunchasining Yuridik mazmuniga to‘xtalib o‘taylik. Xush, Yoshlar deganda qonun hujjatlari kimni nazarda tutadi? “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq,