6 mavzu: Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish Reja


«Yoshlar (Yosh fuqorolar)



Yüklə 40,73 Kb.
səhifə6/6
tarix14.09.2022
ölçüsü40,73 Kb.
#63655
1   2   3   4   5   6
6 mavzu

«Yoshlar (Yosh fuqorolar) - o‘n to‘rt Yoshga to‘lgan va o‘ttiz Yoshdan oshmagan shaxslar»dir. Yosh oila deganda, er-xotinniig ikkisi ham o‘ttiz Yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz Yoshdan, oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) tushuniladi. Yosh mutaxassis deganda, oliy yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz Yoshdan oshmagan xodim tushuniladi. Yoshlar tadbirkorligi deganda esa, Yuridik shaxs tashkil etmagan holda Yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek, ta’sischilari Yosh fuqarolar bo‘lgan Yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ana shunday yo‘nalishlardan biri sifatida Yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish vazifasi belgilangan.
Qonunning 9-moddasida Yoshlarga oid davlat siyosatini ruyobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘likni saqlash muassasalari, madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar, mehnat organlari, prokuratura organlari, ichki ishlar organlari, adliya organlari, mudofaa ishlari bo‘yicha organlar kirishi bilan bir qatorda, bu borada boshqa organlar va muassasalar ham qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishi mumkinligi belgilab berilgan. SHundan kelib chiqib, Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va uy-joy bilan ta’minlash maqsadida hududlarda
«Kamolot» uylarini qurish va imtiyozli kredit asosida faol Yoshlarga taqdim etish vazifasi belgilandi. Bunday uylar loyiha-smeta hujjatlari asosida tijorat banklari kreditlari evaziga quriladi. Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayottan Yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlanadi va ularga uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratiladi.
O‘zbekiston Prezidentining xalqimiz o‘rtasida, ayniqsa Yoshlar orasida kitobxonlik an’anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e’tibor karatish bo‘yicha amalga opshrayoggan sa’y-harakatlari diqqatga sazovordir. O‘quvchi Yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida ta’lim muassasalarida «Men sevib o‘qigan kitob» va «Eng yaxshi kitobxon» tanlovlari tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlar vositasida o‘quvchi Yoshlar turli yot g‘oya va mafkuralardan himoya qilinadi, ularning
mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi hamda jamiyatda Yuksak ma’naviyatni qaror toptirishga hissa qo‘shiladi.
Har bir tuman markazida kitob do‘konlari ochildi va ular yangi asarlar bilan boyitildi. 40 ga yaqin nomdagi o‘zbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, jahon mumtoz adabiyoti durdonalari nashr etildi va hududlarda, xususan, respublika axborot-resurs markazlarida ularning takdimoti o‘tkaziladi. Bunday ezgu ishlarni amalga oshirishdan adabiyot orqali xalq ma’naviyatini Yuksaltirish, oilaviy kitob o‘qish an’analarini keng torg‘ib qilish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, Yoshlarni intellektual rivojlangan va ma’nan barkamol qilib voyaga etkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatiga, kitob mutolaasi madaniyatiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirsh maqsad qilib olingan.
O‘sib kelayotgan avlodning kitob va boshqa bosma mahsulotlarga qiziqishini o‘stirish maqsadida O‘zbekiston xalqining madaniy- ma’rifiy merosi, tarixi bo‘yicha adabiyotlar chiqaruvchi nashriyot uylari, bosmaxonalar, asar mualliflariga soliq va boshqa preferensiyalar takdim etilmoqda, iqtisodiy rag‘batlantirish choralari ko‘rilmoqda.
Harakatlar strategiyasiga asosan oliy o‘quv Yurtlari kirish sinovlarida chin etim, etim va nogironlarga imtiyozlar yaratilgan. Davlat ta’minotidagi etim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda 1- guruh ko‘zi ojiz nogironlarga ta’lim olishda keng imkoniyatlar yaratilgan. Ularga oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda alohida davlat granti ajratgan holda, imtiyozlar belgilangan, hududlarda ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan.
Alohida ta’kidlash lozimki, uYushmagan Yoshlarning sport bilan muntazam shugullanishi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu maqsadda mahallalarda zamonaviy sport maydonchalarini barpo etish, uYushmagan Yoshlar o‘rtasida musobaqalar tashkil etish (street sport) lozim. Agar jamiyat a’zolarining barcha qatlamlari, ayniqsa Yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullansa, bu sog‘lom avlod to‘g‘risidagi maqsadlarimiz va intilishlarimizning hayotiy ifodasi demakdir.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan uch bosqichli sport musobaqalari («Umid nihollari»,
«Barkamol avlod», «Universiada») yo‘lga qo‘yilgan. SHu munosabat bilan sport musobaqalari final bosqichi o‘tkaziladigan ta’lim muassasalari ta’mirlanadi va jihozlanadi. Buning natijasida o‘quvchi Yoshlarning sog‘lom va barkamol bo‘lishlari uchun tegishli sharoitlar yaratiladi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin etim, Mexribonlik uyida tarbiyalangan va ota- onasi ota-onalik huquqidan maxrum qilingan, kam ta’minlangan oilalardagi iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida «Ta’lim granti», «Kasaba uYushmalari stipendiyasi» loyihalari asosida sti- pendiyalar to‘lash amalga oshirib boriladi. Ushbu ishlarni tashkil etish natijasida ijtimoiy himoyaga muxtoj, iqtidorli talabalarga oliy ta’lim
muassasasida ta’limni davom ettirish uchun imkoniyat yaratiladi hamda ularning harakati bilimi va intilishi moddiy-ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi.
Iqtidorli Yoshlarni izlab topish, ularni rag‘batlantirish, ijodiy salohiyatini Yuksaltirish va katta sahnalarga olib chiqish, Yoshlar e’tiborini musiqa va san’atga qaratish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, Yosh iqtidorli ijodkorlarni izlab topish va ularning ijodini rag‘batlantirish, Yoshlarni Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi qator festivallar, ko‘rik tanlovlar o‘tkazilmoqda, davlat mukofotlari joriy etilgan. Masalan, iste’dodli Yoshlarni ruyobga chiqarish, kashf etish, san’at olamiga kirib kelayotgan Yoshlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash maqsadida «Nihol» mukofoti, iqtidorli qizlar orasida “Zulfiya” mukofotlari joriy etilgan.
Turli sohalarda mehnat kilib, xalqimiz hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan zamon qahramonlari faoliyati to‘g‘risida hujjatli filmlar yaratish, ular bilan muntazam ravishda adabiy kechalar o‘tkazishga doimo e’tibor berib kelingan. O‘z kasbi bo‘yicha Yuksak natijalarga erishgan turli soha vakillari faoliyatini targ‘ib qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish, ularni Yoshlarga namuna sifatida etkazish va keng targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega.
Eshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, ularga tibbiy ko‘rikdan doimiy o‘tishining ijobiy tomonlarini tushuntirish maqsadida ta’lim muassasalari, mahallalar hamda tibbiyot punktlarida «Salomatlik kunlari»ni tashkil etish belgilangan. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi aholi, ayniqsa, Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi shakllantirilishiga, ularning tibbiy madaniyati Yuksaltirilishiga hissa qo‘shadi, Yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib voyaga etkazishda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi.
Ota-onalarning pedagogik madaniyatini, farzand tarbiyasi borasidagi burch va mas’uliyatini oshirish maqsadida fuqarolar yig‘ini huzurida «Ota- onalar universiteti» faoliyatida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma va ko‘rgazmali materiallar ishlab chiqilmoqda, fuqarolar yig‘ini xodimlari va faollari uchun «Yosh avlod tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish choralari belgilangan. Ushbu chora-tadbirlar barkamol avlodni huquqiy, ma’naviy- axlokiy jixatdan tarbiyalashda ota-onalarning savodxonligini oshirish, namunali, ibratli oilalar tajribasini ommalashtirishni, mavjud ibratli an’ana va kadriyatlarni saqlash va rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Yoshlarimiz o‘rtasida mamlakatimizda amalga opgarilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, axlokiy va media madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, treninglar, viktorinalar, tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish, mahallalarda aholi va Yoshlar bilan terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi
kurashishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi va bu borada ham tegishli vazifalar belgilandi.
Notinch oilalar farzandlari, uYushmagan Yoshlar, ish bilan band bo‘lmagan, «ommaviy madaniyat» ta’siriga tushib qolgan yigit-qizlarning xatti-harakatlarini nazoratga olishda ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, kashandalik, alkogolli ichimliklar iste’mol qilish va boshqa illatlar profilaktikasiga oid tadbirlar, seminarlar o‘tkazish, buklet, plakat, ko‘rgazmali ko‘llanmalar chop etish, ko‘rsatuv va eshittarishlar tashkil qilish Yoshlarning «ommaviy madaniyat» ta’siriga qarshi immunitetani mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarziga, sog‘lom oila qurishga intilishlarini rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.
Yüklə 40,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin