maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari;
bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari;
konsalting (maslahat) kompaniyalari;
ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari;
maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar.
Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni
bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish,
ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek barcha bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik
aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi.
Bozor infratuzilmasi
davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi.
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq,
moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʻmaklashadi, davlatning
iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa
oʻrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari
mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‗ng dastlabki qadam bozor munosabatlariga
asoslangan iqtisodiѐtga o‗tish, ya‘ni xo‗jalik yuritishning barcha shakllari
uchun teng iqtisodiy
shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkchilikni shakllantirish va rivojlantirish hamda mulkdorlar
mustaqil faoliyat yuritishi uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarni va institusional
tuzilmalarni barpo etish ishlari boshlangan va hozirgi damda o‗z rivojini topmoqda. Agrar
sohada bosqichma-bosqich olib borilgan islohotlar, xususan, ana shu
amalga oshirilgan ishlar
natijasida xususiy mulkchilikka asoslangan turli toifadagi xo‗jaliklar tashkil etildi va faoliyat
yurita boshladi. Ta‘kidlash joizki, oxirgi yillarda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida fermer
xo‗jaliklarining o‗rni tobora oshib bormoqda va ularni rivojlantirish uctuvor vazifaga aylandi.
Shu nuqtai nazaridan respublikamizda fermer xo‗jaliklarini har tomonlama rivojlantirish
bo‗yicha keng ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni davriy statistik ma‘lumotlar, fermer
xo‗jaliklariga yer maydonlarini maqbullashtirish, ular faoliyatini rag‗batlantirish va
uyg‗unlashtirish, ularga xizmat ko‗rsatuvchi infratuzilma muassasalarini tashkil etish bo‗yicha
qabul qilingan me‘yoriy-huquqiy hujjatlar dalil sifatida xizmat qilishi mumkin. Respublikamiz
Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‗ishlangan
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi
ma‘ruzasida ta‘kidlaganidek: ―... mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining
dastlabki bosqichida,
ya‘ni 1991 yildan 2000 yilgacha bo‗lgan davrda ulkan o‗zgarishlarni amalga oshirishda asosiy
e‘tiborimiz markazlashtirilgan ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor
iqtisodiyotining yangi mexanizmlarini joriy etishdan iborat‖.
Dostları ilə paylaş: