6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O`zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix24.04.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#102045
1   2   3   4   5   6   7
6 mavzu Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanis

Bozor infratuzilmasi 
— bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal 
qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa 
xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga (birjalar, auktsionlar, savdo 
uylari, savdo – sotiq idoralari va agеntliklari kabilar) moliya-kredit munosabatlariga xizmat 
qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya 
kompaniyalari, 
soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat 
idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor 
infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish 
va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi. 
Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini 
taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui. 
Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar: 

birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan 
vositachiligi; 

kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari; 

kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari; 

aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish 
markazlari (mehnat birjalari); 

axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari; 

soliq tizimi va soliq inspeksiyalari

tijorat xoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari



maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari; 

savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari; 

bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari; 

konsalting (maslahat) kompaniyalari; 

ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari; 

maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar. 
Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni 
bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish, 
ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek barcha bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik 
aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi 
davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi.
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, 
moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʻmaklashadi, davlatning 
iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa 
oʻrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari 
mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi. 
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‗ng dastlabki qadam bozor munosabatlariga 
asoslangan iqtisodiѐtga o‗tish, ya‘ni xo‗jalik yuritishning barcha shakllari uchun teng iqtisodiy 
shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkchilikni shakllantirish va rivojlantirish hamda mulkdorlar 
mustaqil faoliyat yuritishi uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarni va institusional 
tuzilmalarni barpo etish ishlari boshlangan va hozirgi damda o‗z rivojini topmoqda. Agrar 
sohada bosqichma-bosqich olib borilgan islohotlar, xususan, ana shu amalga oshirilgan ishlar 
natijasida xususiy mulkchilikka asoslangan turli toifadagi xo‗jaliklar tashkil etildi va faoliyat 
yurita boshladi. Ta‘kidlash joizki, oxirgi yillarda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida fermer 
xo‗jaliklarining o‗rni tobora oshib bormoqda va ularni rivojlantirish uctuvor vazifaga aylandi.
Shu nuqtai nazaridan respublikamizda fermer xo‗jaliklarini har tomonlama rivojlantirish 
bo‗yicha keng ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni davriy statistik ma‘lumotlar, fermer 
xo‗jaliklariga yer maydonlarini maqbullashtirish, ular faoliyatini rag‗batlantirish va 
uyg‗unlashtirish, ularga xizmat ko‗rsatuvchi infratuzilma muassasalarini tashkil etish bo‗yicha 
qabul qilingan me‘yoriy-huquqiy hujjatlar dalil sifatida xizmat qilishi mumkin. Respublikamiz 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‗ishlangan 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi 
ma‘ruzasida ta‘kidlaganidek: ―... mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida
ya‘ni 1991 yildan 2000 yilgacha bo‗lgan davrda ulkan o‗zgarishlarni amalga oshirishda asosiy 
e‘tiborimiz markazlashtirilgan ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor 
iqtisodiyotining yangi mexanizmlarini joriy etishdan iborat‖. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin