6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O`zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix24.04.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#102045
  1   2   3   4   5   6   7
6 mavzu Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanis



6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O`zbekistonda 
bozor munosabatlarining rivojlanishi. 
Reja: 
1. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‗nalishlari, 
bosqichlari va хususiyatlari. 
2. Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
3. Pul islohotlarining o‘tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi.
4. Soliq tizimidagi islohotlar. 
Tayanch so’z va iboralar: Bozor munosabatlariga o„tish. Strategiya va yo„nalishlar. 
“O‟zbek modeli”. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish. Barqaror o„sish sur‟atlari. Ko„p 
tarmoqli iqtisodiyot. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. Fermer xo„jaliklari. Qulay 
investitsiya muhiti. Avtomobilsozlik. Bank, moliya va soliq tizimi. Tashqi iqtisodiy faoliyat. 
Modernizatsiya jarayonlari. Xalq farovonligi. Ijtimoiy dasturlar. Dunyo jamoatchiligi e‟tirofi. 
1. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, 
bosqichlari va хususiyatlari
O‗zbek xalqining demokratik jamiyat qurishdan ko‗zlagan maqsadi, shu yurtda 
yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat‘i nazar, munosib hayot sharoiti 
yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan yuqori va yangi 
sifatdagi turmush darajasi hamda erkinliklami ta‘minlashdan iboratdir. Bunday strategik 
maqsadni amalga oshirishning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti 
hisoblanadi. Qadimlan ajdodlamiz ishlab chiqargan mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyo 
bozorlariga chiqargani, mol almashganliklari bozor munosabatlari o‗zbek xalqi uchun yangilik 
emasligini ko‗rsatadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor munosabatlariga o‗tish uchun 
imkoniyatlar eshigi ochildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning 
asosiy yo‗nalishlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi 
rivojlangan mamlakatlaming yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi. 
Mazkur taraqqiyot modelini ishlab chiqishda aynan Prezident tomonidan milliy 
davlatchilik asoslarini qayta tiklash va yangicha asosda shakllantirish, mamlakatni iqtisodiy 
jihatdan rivojlantirish, milliy qadriyatlar va g‗urur-iftixor tuyg‗usini yuksaltirish, jamiyatni 
tubdan yangilash, zamonaviy dunyoqarashga, yuksak ma‘naviyatga ega shaxsni tarbiyalash kabi 
dolzarb masalalarga alohida e‘tibor qaratildi. Buning natijasida faqat iqtisodiy sohani emas, balki 
davlat qurilishi, ijtimoiy va ma‘naviy jabhalari qatori jamiyat hayotining barcha sohalarini 
qamrab olgani bilan jahondagi boshqa milliy modellardan farq qiladigan taraqqiyotning o‗zbek 
modeliga asos solindi. 
Islom Karimovning mustaqillikning dastlabki yillarda nashr etilgan asarlari va 
ma‘ruzalaridayoq bozor iqtisodiyotiga o‗tishdan ko‗zlangan maqsadni aniq belgilab berdi. 
Xususan, 1992-yil 2-3-iyulda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X 
sessiyasida qilgan nutqida Prezident ―Bozor munosabatlariga o‗tish - ko‗r-ko‗rona maqsad emas, 
balki iqtisodni o‗nglash, jamiyatni yangilash yo‗li. Demokratik davlat qurmoqchi ekanmiz, eng 
avval, ijtimoiy adolat prinsiplariga sodiq bo‗lib qolishimiz kerak‖... ―Agar bozor yetim-
yesirlarning, qariyalar va kambag‗al-nochor odamlaming ko‗z yoshi evaziga quriladigan bo‗lsa, 
bunaqa bozoming uyi kuysin‖ degan edi. Prezident tomonidan ishlab chiqilgan ―o‗zbek modeli‖ 
tamoyillarining asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: 


– iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, uning har qanday mafkuraviy tazyiqlardan xoli 
bo‗lishi va o‗ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‗i kerak; 
– davlat bosh islohotchi bo‘lib, u islohotlaming ustuvor yo‗nalishlarini belgilab berishi va 
ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; 
– bozor munosabatlariga o‗tishda qonun ustuvorligi, qabul qilingan Konstitutsiya va 
qonunlarga hamma amal qilishi shart; 
– bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli 
ijtimoiy siyosatini o‗tkazish; 
– bozor iqtisodiyotiga o‗tish hech qanday sakrashlarsiz, evolyutsion yo‗l bilan 
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. 
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida o‗tmish madaniyati va qadriyatlarini tiklash, yetim-
yesir, qariya va kambag‗al, kam ta‘minlangan aholi qatlamlarini himoya qilish, qoilab-
quvvatlash, kishilami ruhiy va ma‘naviy jihatdan yuksaltirish kabi vazifalar bosh maqsad qilib 
qo‗yildi. Yurtboshining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi X sessiyasi (1992) da qilgan 
nutqida ―Bozor iqtisodiyoti deb inson ma‘naviyatini unutish gunoh bo‗ladi. Nuqul pul va foyda 
ketidan quvsak-da, ammo odamlarimiz ruhan qashshoq bo‗lib qolishsa - bunday jamiyatning 
hech kimga keragi yo‗q‖', deb qayd etgan edi. 
Shu tariqa hayotga joriy etila boshlagan ―0‗zbek modeli‖ mamlakatda jamiyat 
taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlarini o‗zida aks ettirdi. Jamiyat taraqqiyotining ustuvor 
yo‗nalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilandi: 
– iqtisodiy siyosatda dehqonchilik, umuman, qishloq xo‗jaligi yetakchi tarmoq 
hisoblanadi; 
– rubl amal qiladigan sharoitda iste‘mol bozorini himoya etish, davlat mustaqilligining 
asosiy belgisi hisoblanadigan milliy valyutaga o‗tish; 
– bozor infrastrukturasini shakllantirish, avvalo, maishiy va boshqa turdagi xizmat 
ko‗rsatish hamda savdo sohasidan boshlanib, asta-sekin banklami, birjalami, auditorlik firmalari, 
sug‗urta kompaniyalarini qamrab olishi; 
– iqtisodni jonlantirish uchun korxonalarni xususiylashtirish ishiga jiddiy kirishish; 
– iqtisodni to‗g‗ri yo‗lga solishda ishlab chiqaruvchining iste‘molchiga nisbatan 
zo‗ravonligini tugatish uchun monopolizmga qarshi choralar belgilash, erkin raqobatni vujudga 
keltirish uchun shart-sharoitlami yaratish. 
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‗ra, ustuvor vazifalar bosqichma- bosqich 
hal qilinadi. 
Birinchi bosqichda totalitar tuzumdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‗tish 
davridagi bir-biriga bog‗liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‗g‗ri keldi: ma‘muriy 
buyruqbozlik tizimining og‗ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor 
munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqichda iqtisodiy islohotning g‗oyat muhim 
yo‗nalishlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berildi. Bular quyidagilar: 
– o‗tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy- huquqiy 
bazasini mustahkamlash va rivojlantirish; 
– qishloq xo‗jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 
– ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish. 
Iqtisodiy islohotlami huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va yetuk 
olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan quvvatlanib tan 
olindi. Dastlabki vaqtning o‗zida iqtisodiy munosabatlaming huquqiy negizini barpo etadigan 


100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el 
investitsiyalari bo‗yicha esa Prezident huzurida maxsus idoralararo kengash tuzildi. 
Prezident Oliy Kengashning X sessiyasi (1992)da qilgan ma‘ruzasida oldinda turgan 
vazifalarni amalga oshirish uchun davlatning xo‗jalik ishlariga aralashuvini kamaytirish 
lozimligi xususida ―Yana takror aytaman: odamlarga, xo‗jaliklarga iqtisodiy erkinlik berish 
kerak. Iqtisodiy erkinlik diyorimizda tezroq qaror topsin‖, - deb bozor munosabatlariga o‗tishdan 
ko‘zlangan maqsadning mohiyatini ochib berdi. Ushbu nutqda iqtisodiy islohotlarning butun 
dasturida aytib o‗tilgan eng asosiy ustuvor vazifalar bilan bir qatorda quyidagi: 
– ta‘lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish; 
– aqliy va ma‘naviy salohiyatni mustahkamlash; 
– aholini ijtimoiy himoya qilish kabi ustuvor yo‗nalishlar ham aniq-ravshan ko‗rsatib 
berildi. 
I.A.Karimovning ―O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida‖ nomli 
asarida O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning strategik maqsadlari, ustuvor 
vazifalari ishlab chiqilib, strategik maqsadlar mohiyati ochib berildi: 
1. Ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli 
va tinimsiz rivojlanib boradigan, milliy boylikning ortishini, kishilar hayoti va faoliyati uchun 
zarur shart-sharoitlami ta‘minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish. 
2. Ko‗p tarmoqli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo‗lishiga barham 
berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo‗lgan 
xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta‘minlash. 
3. Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‗jalik 
faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning 
ma‘muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag‗batlantirish 
vositalaridan keng foydalanish. 
4. Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni 
ta‘minlaydigan chuqur strukturaviy o‗zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab 
chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo‗shilib borish. 
5. Odamlarning har biriga o‗z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash 
imkonini berish, kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini 
0‗zgartirish1 lozim edi. Shuningdek, mazkur asarda mamlakatning bozor islohotlarini amalga 
oshirish dasturi to‗g‗risida fikr yuritilib, dastur ustuvor vazifalami bosqichma-bosqich hal 
qilinishiga asoslanishini alohida qayd etib o‗tildi. 
Bozor iqtisodiyotiga o ‗tishdagi birinchi bosqichda ikki muhim vazifa: 
Ma‘muriy-buyruqbozlik tizimining og‗ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va respublikaning o‗ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini 
hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirishni hal etishga to‗g‗ri 
keldi. Mamlakat taraqqiyot yo‗lining afzalliklari o‗zbek modelida har tomonlama o‗z aksini 
topgan quyidagi omillar: ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor munosabatlariga o‗tish borasida jahondagi 
rivojlangan mamlakatlarning O‘zbekiston uchun maqbul bo‗lgan tomonlari, ilg‗or tajribalari, 
usul va vositalarining samarali yo‗llari belgilanib olingani; xalqning o‗ziga xos milliy 
mentaliteti, milliy urf-odatlari, an‘ana va qadriyatlari, madaniy merosi to‗liq e‘tiborga 
olingani;mamlakatda vujudga kelgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar, aholining 
turmush darajasi hisobga olingani islohotlami amalga oshirishda xalqning bunyodkorlik va 
yaratuvchanlik kuchiga tayanildi. Shuningdek, o‗zbek modelining amaldagi muvafaqqiyatini 
ta‘minlashda xalqning vatanparvarlik va fidoiylik fazilatlariga ham muhim e‘tibor qaratildi. 


Bozor munosabatlariga o‗tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish edi. Bu davlat monopoliyasi tugatilishiga, 
ma‘muriy buyruqbozlik tizimining buzilishiga va bozor iqtisodiyotiga asos solinishiga, xususiy 
mulkdorlar keng qatlamining shakllanishiga va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilanishiga xizmat qilar edi. 
Mulkni xususiylashtirish va ko‗p tarmoqli iqtisodni shakllantirish 0 ‗zbekistonda o‗ziga xos yo‗l 
bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan maqsad:
1) Davlat monopoliyasini tugatib, ma‘muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish va 
bozor iqtisodiyotiga asos solish;
2) Xususiy mulkdorlikning keng qatlamini shakllantirish; 
3) Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‗l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
bilan birgalikda aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat edi. 
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida (1992-1993-yillar) ―kichik xususiylashtirish‖ 
amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan maishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va 
qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulotlami qayta ishlash korxonalarining 
mulk shaklini o‗zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-
joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa 
arzon narxda xususiy mulk etib berildi. Qishloq xo‗jaligida 770 kolxoz va davlat xo‗jaliklari 
xususiylashtirilib, jamoa va ijara xo‗jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin 
kechdi va qiyinchiliklami bartaraf etishga to‗g ‗ri keldi. Mamlakatda mulkdorlar sinfi kichik 
korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, pul mablag‗larini omonat kassalari yoki 
banklarga qo‗yish, qimmatbaho qog‗ozlarga aylantirish y o‘li bilan shakllana boshladi. Mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar 
sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy 
islohotlarga nisbatan odamlar ruhiyati va munosabatini o‗zgarishi bo‘ldi. 
Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1994-yil 21-yanvardagi ―Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy 
mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyati qurish, 
korxonalar aksiyasini chiqarish, kim oshdi savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, 
qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib borish uchun sharoit 
yaratish ishlari amalga oshirildi. 
1994-yil oxirigacha 54 000 korxona mulk shaklini o‗zgartirdi. Xususan, 34 % xususiy, 48 
% aksiyadorlik, 16 % jamoa, 1 % ijara xo‗jaligiga aylandi. Iqtisodiy islohotlarning borishi, uning 
muvaffaqiyatlari va muammolari respublika Oliy Majlisining IV sessiyasi (1995-yil dekabr)da 
va Vazirlar Mahkamasining majlisida (1996-yil fevral), Prezident I.A.Karimovning nutqlarida 
keng yoritildi. 
Shu bois, 1995-yil mamlakatning barcha sohalarini isloh qilishda tub burilish yili deb 
e‘tirof etildi. Ikkinchi bosqichda Prezident I.A.Karimovning ―O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish yo‘lida‖ (1995-yil) asarida qo‗yilgan masalalar, xususan, xususiylashtirish va 
raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka 
erishish, milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiyot tarkibiy strukturasini tubdan o‘zgartirish 
chora-tadbirlari amalga oshirildi. 2000-yilda xususiylashtirish davlat dasturi bo‗yicha ko‗zda 
tutilgan 167 obyekt o‗rniga 374 ta obyekt xususiylashtirildi. 
Ularning negizida 152 ta hissadorlik jamiyati, 103 ta xususiy korxona tashkil etildi. Shu 
yili davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan 14,3 milliard so‗m mablag‗ tushdi. Bu 


1999-yilgi ko‗rsatkichdan 1,6 barobar ko‗pdir. 2000-yilning boshlariga kelib 87,4 foiz mulk 
nodavlat, 12,6 foizi davlat mulki ko‗rinishida ish yuritmoqda edi. Respublikadagi jami 60 
mingga yaqin korxonadan 50,5 mingga yaqini xususiylashtirilgan korxonalar edi. Bugungi kunda 
erishilgan muvaffaqiyat va natijalarning bahosini anglab yetish, olib borilayotgan iqtisodiy 
siyosatning naqadar to‗g‗ri va asosli ekanini tushunish uchun mustaqil taraqqiyotning dastlabki 
pallasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yana bir bor esga olish o‗rinli bo‗lur edi. Bu haqda 
Prezident Islom Karimovning ―O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‗li‖ risolasida 
batafsil bayon qilingan. Bu kitobda, jumladan, o‗tgan asming 90-yillari boshida mamlakatda bor-
yo‗g‗i o‗n-o‗n besh kunga yetadigan bug‗doy va un zaxirasi qolgan paytlar ham bo‗lib, yurt 
amalda ocharchilik ostonasiga kelib qolgani, iqtisodiyotning asosan xomashyo tayyorlashga 
yo‗naltirilib, bir yoqlama rivojlanish hisobidan mo‗rt va nochor holga tushib qolgani; hali yangi 
milliy valyuta joriy etilmagan sharoitda iqtisodiyotning fojiali ravishda inqirozga yuz tutishi va 
inflyatsiyaning keskin o‗sib ketishi; paxta yakkahokimligining ekologik va ijtimoiy vaziyatni jar 
yoqasiga olib kelib qo‗ygani; ommaviy ishsizlikning kuchayib, aholi turmush darajasining 
haddan tashqari pasayib ketgani kabi holatlar zudlik bilan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish 
hamda iqtisodiyotni tubdan o‗zgartirish zarurligini ko‗rsatgani bayon etilgan. Shu bois, 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini tubdan o‗zgartirishga qaratilgan tarkibiy islohotlar 
markaziga mamlakat aholisi farovonligini ta‘minlash va eng awalo aholining oziq-ovqat 
mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojini qondirish masalasi asosiy vazifa qilib qo‗yildi. 
Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, 1990-yili O‗zbekistonga 454,8 ming tonna un, 183,9 ming 
tonna kartoshka, 1401 ming tonna sut mahsulotlari va shu kabi hayotiy zarur tovarlarni qo‗shni 
respublikalardan olib kelishga majbur bo‗lingan. Bunday holat sobiq sovet davrida yuritilgan bir 
yoqlama iqtisodiy siyosatning natijasi edi. Ana shunday mahsulotlar evaziga O‘zbekistonasosan 
paxta xomashyosini yetkazib berishi talab qilinar edi. Bunday siyosat, hech shubhasiz, mamlakat 
iqtisodiy xavfsizligi, uning mustaqilligiga juda katta tahdid solar, milliy manfaatlarga mutlaqo 
javob bermas edi. 
Bunday o‗ta qaltis vaziyatni bartaraf etish maqsadida mamlakat rahbari tomonidan 
aholini eng avvalo oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlari bilan ta‘minlash vazifasi qo‗yildi. 
Qishloq xo‗jaligida davom etib kelgan paxta yakkahokimligiga barham berilib, ekin 
maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Agar mustaqillikka erishilgan yillarda 
paxta maydonlari umumiy ekin maydonlarining 75 foizidan ko‗proq qismini tashkil etgan bo‗lsa, 
keyingi davrda paxta yakkahokimligini tugatish va qishloq xo‗jalik ekinlari tarkibini 
optimallashtirish chora-tadbirlari olib borilishi natijasida 2008-yilda paxta maydonlari deyarli 
39,5 foizga qadar qisqartirildi. Natijada mamlakatda g‗alla importiga qaramlik barham topib, tez 
orada g‗alla mustaqilligiga erishildi. Agar 1991 -yilda 4003 ming tonna miqdordagi don 
mahsulotini chetdan olib kelingan bo‗lsa, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni 
keskin ravishda 5,4 barobar qisqartirishiga erishildi. Keyinchalik esa g‗allachilik sohasini jadal 
rivojlantirish hisobidan bu mahsulotga bo‗lgan ichki ehtiyojni to‗la qondirishga muvaffaq 
bo‗lindi. Shu tariqa mamlakatda g‗alla ishlab chiqarish hajmi 1990-yildan 2012-yilgacha deyarli 
3,5 baravardan ko‗proq o‗sdi. Mamlakatda 2000-2011-yillarda g‗allachilik bilan birga qishloq 
xo‗jaligining boshqa tarmoqlarida ham tub sifat o‗zgarishlari yuz berdi. Jumladan, shu davrda 
don ishlab chiqarish hajmi 3929,4 ming tonnadan 7747,1 tonnaga yoki 197,1 foizga, sabzavotlar 
2644,7 ming tonnadan 6218,2 tonnaga yoki 253,1 foizga, poliz mahsulotlari 451,1 ming 
tonnadan 1246,8 ming tonnaga yoki 276,4 foizga, meva 790,9 ming tonnadan 1696,4 ming 
tonnaga yoki 214,5 foizga, chorvachilik mahsulotlaridan go‗sht ishlab chiqarish 501,8 ming 
tonnadan 1461,4 tonnagayoki 291,2 foizga, sut 3632,5 ming tonnadan 6169,0 ming tonnaga yoki 


169,8 foizga va tuxum 1254,4 million donadan 3058,8 million donaga yoki 243,8 foizga oshdi. 
Bu davrda mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va tayyorlashdek g‗oyat muhim 
strategik vazifaning muvaffaqiyatli hal etilganini umumiy hajmi 706 million dollardan ortiq 
bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining eksport qilingani ham isbotlab turibdi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin