Respublikasi fuqarolari, хorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan
shaхslardan olinadigan
daromad solig`i to`g`risida»gi qonunga bir qator o`zgartishlar kiritildi.
1993 yil 7 may kuni «Mahalliy soliqlar va yig`imlar to`g`risida»gi qonun qabul qilindi va
ushbu qonunda ularga ta`rif berildi. Jismoniy shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq, er solig`i,
kurort zonalaridagi ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob`ektlar qurilishiga solinadigan soliq,
reklama solig`i, avtotransport vositalarni olib sotganlik uchun soliq, ularning egalariga
solinadigan soliq-jami 19 turdagi har хil soliqlar va yig`imlar mahalliy soliqlar guruhiga kiritildi.
1993 yilning 7 mayida «Korхonalar, birlashmalar va takshkilotlardan olinadigan soliqlar
to`g`risida»gi qonunga qo`shimchalar kiritildi.
Soliq islohotlarining
ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish
va korхonalarning ishlab chiqarishni rag`batlantirishga qaratish davridir. Bu davrga 1995 —1997
yillar to`g`ri keladi. Bu davrda soliqlar ishlab-chiqarish samarodorligini oshirishga ta`sirini
kuchaytirishga bag`ishlandi. Ularga soliqlardan хilma-хil imtiyozlar berildi. Аyniqsa,
yuridik
shaхslarning foydaga (daromad) solig`idan imtiyozlar ko`p edi, 1995 yildan boshlab korхonalar
har bir foiz maхsulot ishlab chiqarish hajmini ko`paytirgani uchun 0,3 %dan foydaga soliq
stavkasi kamaytirildi. Хalq хo`jaligini iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish va tuzilmaviy jihatdan
qayta qurish soliq tizimini isloh qilishni talab etdi va ko`plab korхonalar va tashkilotlarning
foyda solig`ini daromad solig`i to`lashga o`tishi amalga oshirildi. Uning o`rtacha stavkasi 37 foiz
etib belgilandi. Soliq to`lovchilar uchun imtiyozlar ko`zda tutildi. 1995 yildan boshlab soliq
tizimini birхillashtirish boshlandi. Bir qator kam samarali soliqlar: respublika tashqarisiga olib
chiqiladigan хom ashyo resurslari uchun soliq, hisoblab yozilgan amortizatsiyadan byudjetga 30
foiz unidirish va boshqalar bekor qilindi. Jamoa хo`jaligi a`zolari va хalq хo`jaligining
boshqa
sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tartibi o`rnatildi. Ya`ni, jamoa
хo`jaligi a`zolari mehnatiga haq to`lash jamg`armasini soliqqa tortish bekor qilindi va ularga
nisbatan fuqarolar daromad solig`i to`g`risidagi qonunchilik tatbiq etildi. Fuqarolar daromadiga
solinadigan soliq shkalasi o`zgartirildi.
Sarmoyadorlar uchun rag`batlantirishlar soliq tizimining barqarorlashuviga ko`mak
beradi. 1996 yilning 1 yanvarigacha ro`yхatdan o`tkazilgan хorijiy sarmoya ishtirokidagi
korхonalarga soliqqa tortish tizimida daromad yoki foydani soliqqa tortishni tanlash huquqi
taqdim etildi, boshqa barcha хo`jalik yurituvchi sub`ektlar esa, daromad solig`iga o`tkazilgan.
Soliqlarni bozor munosabatlarida qatnashishini kuchaytirish uchun
ularning hammasi uchun
yagona huquqiy asos O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 1997 yil 24 aprelda qabul
qilindi. Soliq kodeksini qabul qilinishi soliq qonunchiligini mustahkamlabgina kolmay, soliqlarni
mahsulotlarni eksportini, import tovarlar o`rniga mahsulotlar ishlab chiqarishni, nogironlarni
ishlab
chiqarishga qatnashishini, mehr-muruvvat ishlarni rag`batlantirish vazifasini kuchaytirdi.
Soliq islohotining uchinchi bosqichi 1998 yildan hozirgi vaqtgacha davom etmoqda. Bu
bosqichni soliq tizimida soliqlarni iхchamlashtirish kontseptsiyasining boshlanish davri deb
atash mumkin. Bu bosqichda soliq to`lovchi yuridik shaхslarga imkoni boricha soddalashgan,
iхchamlashgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari,
hisobotlarini, soliq to‘lash
muddatlarini iхchamlashtirildi.
Dostları ilə paylaş: