6-mavzu. Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va kasbga yo’naltirish masalalari Reja


O’quvchilar bilimini baholash mezonlari



Yüklə 285,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix15.09.2023
ölçüsü285,03 Kb.
#143843
1   2   3   4
6-mavzu. Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va

 O’quvchilar bilimini baholash mezonlari
Har bir mamlakat ta’lim tizimi o’quvchilar bilimini baholash tizimini 
qo’llashdan manfaatdor. Jahon mamlakatlarida o’quvchilar bilim, ko’nikma, 
malakalarini turlicha baholash tizimi amal qiladi. Avstraliyada o’quvchilarning 
bilimi so’zlar yordamida baholanib, bu baho o’quvchilardan sir tutiladi va 
o’qituvchilargagina ma’lum bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarni o’zaro qiyoslagan 
holda ular iqtidorining o’ziga xos jihatlarini aniqlaydi. Gretsiya ta’lim tizimida 
esa, o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi harflar yordamida baholanadi. M., D (1-
4) (10-12,5) – “yetarli yaxshi”, C (5-6) (12,5-15,5) – “yaxshi”, B (7-8) (15,5-18,5) 
– “juda yaxshi”, A (9-10) (18,5-20) – “a’lo” ni anglatadi. Demak, Gretsiyada 
harflar yordamida ifodalanadigan 20 balli baholash tizimi mavjud. Italiya, 
Ispaniya, Portugaliya kabi davlatlarda besh balli baholash tizimi mavjud bo’lib, 5 
(topshirmadi) salbiy, 1 esa (a’lo)ni anglatadi. Norvegiya ta’limida 6 balli baholash 
tizimi amal qilib, 0-2 o’rtadan past: 3-4 o’rta, 5-6 o’rtadan yuqori demakdir. 
Finlyandiya ta’lim tizimida 7 bosqichli baholash tizimi amal qiladi va 4 
(“yomon”) salbiy, 10 esa (“a’lo”) bahoni anglatadi. Islandiya, Niderlandiya 
mamlakatlarida 10 balli baholash tizimi qo’llanliib, 1 (“yomon”) salbiy, 10 esa 
(“a’lo) bahoni ifodalaydi. 
O’quv jarayonida o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma, malakalarni 
baholashga oid xalqaro tajribalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar 
bilimini baholash ta’lim maqsadlari, tizimiga ko’ra xorijiy davlatlarda, asosan 3 
balldan 100 ballgacha bo’lgan shkalalar orqali ifodalanadi. Ayrim mamlakatlarda 
baholash raqamlar o’rniga lotin harflari yordamida amalga oshiriladi.
Bunday tajribani Buyuk Britaniya va Grestiya ta’lim tizimlari misolida 
ko’rish mumkin. Sonlar ortib borishi bilan o’zgartirish “yomon” dan “a’lo” 
darajagacha ko’tariladigan baholar bilan bir qatorda Italiya, Portugaliya, Shvetsiya, 
Finlyandiya, Islandiya, Ispaniya, Bolgariya kabi bir qator mamlakatlarda sonlar 
kamayib borish tartibida juda “yomon” dan “a’lo” darajagacha ko’tariladigan 
baholar bilan tavsiflanadigan tizimlari ham mavjud. Masalan “topshirmadi”, 
“topshirdi”, “a’lo darajada topshirdi” kabi. Baholash foizlarda ifodalanadigan 
ta’lim tizimlari ham mavjud. Ular jumlasiga Kanada va Ispaniya davlatlari 
baholash tizimini kiritish mumkin. 
Ularning har birida nazorat turlari imtihon, sinfdan sinfga ko’chirish va 
yakuniy attestastiyalar o’tkazish o’ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Amerika 


qo’shma shtatlari (AQSH) ta’lim tizimida dunyoning barcha mamlakatlariga 
nisbatan eng ko’p maktab, kollej va universitet mavjud. Ko’pgina universitet va 
kollejlarda o’qishga kirishda quyidagi ko’rsatkichlar hisobga olinadi: katta 
umumiy o’rta maktabda o’quv predmetlaridan olingan baholar miqdori; maktabda 
o’qigan ayrim o’quv kurslari bo’yicha olingan baholar; xususiy kompaniyalar 
tomonidan o’tkazilgan imtihonlar natijalari va boshqalar. O’quvchilarning insho, 
bergan intervyu va maktabdan tashqari tadbirlardagi ishtiroki ham hisobga olinadi. 
Mamlakatning 30 foizdan ortiqroq oliy o’quv yurtlarida talabalar imtihonsiz 
o’qishga qabul qilinadi. O’qishning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tishda hech 
qanday imtihon yoki sinov bo’lmaydi. Lekin o’qish davrida turli tashkilotlar 
tomonidan standartlashtirilgan son-sanoqsiz testlar o’tkaziladi. Ularda yagona 
milliy imtihon va o’qitish dasturi mavjud emas. Katta o’rta maktab 
bitiruvchilarining egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini baholovchi yagona 
o’lchov karnegi birligi 1 kreditdir. 1 kredit deyilganda universitetga kirish uchun 
yo’naltirilgan 120 soatlik bitta o’qish tushuniladi. O’rta maktabni bitirgan o’quvchi 
oliy o’quv yurtiga kirish uchun kamida 14-16 kredit to’plashi kerak. Biroq bu 
bitiruvchining tayyorgarlik darajasini aks ettirmaydi. AQSh ta’lim tizimida 
baholash harflar yordamida ifodalangan 4 balli baholash tizimi mavjud. Bunda 
“A”-4, “V”-3, “S”-2, “D”-1 yoki “F”-0. O’quvchi o’qishni davom ettirishi uchun 
uning bahosi “V”dan kam bo’lmasligi kerak. 
Buyuk Britaniya umumiy o’rta maktablarida o’quvchilarga 10 ta asosiy 
(Joundation subjects) predmetdan ta’lim beriladi. Ulardan 3 tasi asosiy (“Yadro” 
(core subjects)) o’quv fanidir. Bularga ona tili (ingliz tili), matematika va tabiiy 
ilmiy turkumdagi o’quv predmetlari kiradi. Asosiy predmetlarga tarix, geografiya, 
axborot texnologiyalari, musiqa, san’at, jismoniy tarbiya va chet tillari kiradi. 
Buyuk Britaniya maktablari va boshqa Evropa mamlakatlarida AQSh dagidek 
o’quvchilar tomonidan mustaqil tarzda tanlanadigan o’quv predmetlari mavjud. 
Lekin o’quvchiga taqdim qilinadigan o’quv yuklamasining qat’iy me’yorlari 
doirasida mazkur tanlovni amalga oshirish nazorat qilinadi. 
O’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini baholash 
harflar yordamida amalga oshiriladi. Jumladan, (“yomon”) F,E,B,C,A (“a’lo”). 
Bitirish imtihonlari ikki bosqichda o’tkaziladi: a) ta’lim oluvchilar 16 yoshga 
to’lganda, b) 18 yoshda. Bunda ularning majburiy minimumni bajarganligi hisobga 
olinadi. Imtihonlar tashqi nazoratchilar tomonidan yozma tarzda tashkil etiladi va 
qabul qilinadi. 
Imtihonlarning murakkablik darajasini o’quvchilarning o’zi 
belgilaydi.
Ingliz yoshlari kollej va universitetga kirish uchun 16 yoshda o’qishni 
tugatib, 
tanlagan 
yo’nalishlari 
bo’yicha 
qo’shimcha 
chuqurlashagan 
tayyorgarlikdan o’tadilar. Umumiy o’rta ta’lim – GCSE (General Gertificate of 
Secondary Education)ni tugatganligi haqidagi hujjatni olish uchun bitiruvchilar 
sakkizta o’quv predmeti bo’yicha imtihon topshiradi. Bunda etti balli A – shkala 
bo’yicha, eng kamida beshta predmetdan uchta yuqori A, V va S ballarini olsa, 
universitetga imtihon topshirishga tayyorlovchi ikki yillik maxsus sinfda o’qish 
huquqini qo’lga kiritadi. 


Universitetga kirishga tayyorgarlik, asosan, uchta o’quv predmeti bo’yicha 
amalga oshiriladi. Ularning har biriga taxminan bir xil vaqt sarflanadi. O’quvchilar 
mazkur o’quv predmetlarini erkin tanlash huquqiga ega. Odatda ular yagona yoki 
o’zaro yaqin sohadagi bilimlarni o’z ichiga oladi. Ikki yillik o’qishni tugatgan 
o’quvchilar tanlangan o’quv predmetlari bo’yicha yuqori murakkablik darajasiga 
ega bo’lgan o’quv topshiriqlarini bajara oladilar. Shunga ko’ra mazkur 
yo’nalishlarda (A – Level examinations) imtihon topshiradilar. Ular mamlakatning 
oliy o’quv yurtlariga kirish uchun 3 ta o’quv predmeti bo’yicha yuqori 
murakkablik darajasiga ega bo’lgan imtihonni topshirishlari lozim. 
Angliyada oliy o’quv yurtiga kirishga asos bo’ladigan imtihonlar ettita 
mustaqil imtihon oluvchi qo’mita tomonidan o’tkaziladi. Har bir qo’mitaga kirgan 
maktab o’quvchilari tomonidan imtihon savollari tanlanadi, har bir qo’mita, ikki 
yil davomida tayyorlanib o’qitiladigan dastur bo’yicha imtihon topshirish tartibini 
ishlab chiqadi. 
Alohida qo’mitalar tomonidan ishlab chiqilgan imtihon materiallari va 
dasturlari bir-biridan farqlansa-da, imtihonlarni mamlakat bo’yicha yagona va teng 
sharoitlarda o’qitishni ta’minlash maqsadida erishilgan o’quv darajasini baholash 
va dasturlar bo’yicha ta’lim vazirligida tuzilgan Kengash SCAA (SCHOOL 
Curriculum and Assessment Authority) tomonidan tasdiqlangan. 
Fransiya yoshlari ta’lim tizimida makgabgacha ta’lim (2 yoshdan 6 
yoshgacha), boshlang’ich maktab (6 yoshdan 11 yoshgacha), kollej ta’limi (11 
yoshdan 15 yoshgacha) va litsey ta’limi (15 yoshdan 18 yoshgacha) amal qiladi. 
Mazkur mamlakatda o’quv jarayoni o’ziga xos tarzda tashkil etilgan bo’lib, 12-
sinfdan 1-sinfga qarar boriladi. 
Mamlakat maktablarida 20 ballik baholash tizimi qo’llaniladi. Eng yaxshi 
baho “20”, lekin bunday natijaga o’quvchilar kamdan-kam holatlarda erishadilar. 
Odatda eng yaxshi javob 17-18 ball bilan baholanadi. 15-16 ball orqali esa nisbatan 
pastroq baho ifodalanadi. Uch bahoda o’qiydigan o’quvchilar 10-13 balli 
ko’rsatkichga ega bo’ladi. 9 va undan past ballar esa o’quvchining juda yomon 
o’zlashtirish ko’rsatkichini ifodalaydi. Ko’plab litsey, kollejlarda o’quvchilar 
chorak so’ngida baholanmaydi, sinfda birinchi va so’nggi o’rinlar bo’yicha ketma-
ketlikda raqamlab chiqiladi. Fransiya ta’lim tizimida keskin noaniq baholar 
mavjud emas. Baholarda ijobiy va salbiy ko’rsatkichlarning o’zi bir necha darajani 
ifodalaydi. Masalan, ijobiy baho olgan bolalar bon – yaxshi, tres beines bien – juda 
yaxshi, assez bon (bien) – etarli darajada yaxshi (yaxshi), pas mal – yomon emas 
tarzida so’zlar yordamida baholanadi. Past baho olgan o’quvchilarga esa mal – 
yomon, mauvais – yomonroq, treses mal (mauvas) – juda yomon, assez mal 
(mauvais) – etarli darajada yomon kabi so’zlar yordamida baho beriladi. 
Maktab o’quvchilarining o’n yillik ta’limi maktab, kollejni bitirganlik 
haqidagi diplom olishi bilan tugaydi. Bitirish vaqtida o’quvchilar uchta fan 
(fransuz tili, matematika, tarix yoki geografiya)dan test topshiradi. Qolgan 
fanlardan esa yakuniy baho chiqariladi. Fransuz o’quvchilari majburiy 10 yillik 
ta’limni yakunlaganida kollej diplomiga ega bo’ladi. Diplom uchta o’quv 
predmetidan olingan yakuniy natijaga ko’ra beriladi. Kollej bitiruvchilarining 
taxminan 85 foizi o’rta ta’limni yakunlash maqsadida bakalavr diplomi yoki 


attestat olishi uchun uch yillik akademik litseylarda o’qishni davom ettiradi. 
Bakalavr diplomi o’quvchilarga mamlakatdagi oliy o’quv yurtlariga kirib o’qish 
huquqini beradi. Har yili mamlakat yoshlarining yarmi shunday diplom yoki 
attestatga ega bo’ladilar. Bakalavr diplomini olish uchun ta’lim oluvchilar yozma 
yoki og’zaki imtihon topshiradilar. Imtihonlar litsey yo’nalishlariga tegishli bo’lib, 
ulardan bittasi fransuz adabiyotidan bo’ladi. Yozma testlar o’rtacha to’rt kun 
davomida o’tkazilib, 25 soat vaqt sarflanadi. Bakalavr diplomida har bir o’quv 
predmetining mavqei hisobga olingan holda barcha o’quv predmetlari bo’yicha 
umumlashtirilgan bakalavr bali qo’yiladi. O’quvchi 10 va undan ortiq ball 
to’plagan taqdirda imtihonlarni topshirgan hisoblanadi.
Yaponiya ta’limi o’zining samaradorligi bilan butun dunyo 
pedagoglarini o’ziga jalb etib keladi. Yapon o’quvchilari to’qqiz yillik 
tayanch maktabni bitirganlaridan so’ng tabaqalashtirilgan holda katta 
bo’g’indagi o’rta maktabga o’qishga kiradilar. Mazkur maktablarga qabul 
o’quvchining baholari va kirish testlari natijalariga amalga oshiriladi. Shuni 
ta’kidlash kerakki, kirish testlari milliy dastur asosida bo’lsa-da, har bir 
hudud uchun alohida-alohida tuziladi. Test natijalari o’quvchilarga e’lon 
qilinmaydi. Natijalar o’quvchilar qabul qilinadigan maktablarga yuboriladi. 
Har yili 9 yillik tayanch maktablarning 95 foiz bitiruvchisi katta o’rta ta’lim 
maktablariga o’qishga qabul qilinadi. 5 foiz o’quvchi esa kasbiy maktablarda 
o’qishlarini davom ettiradi. Biroq katta o’rta maktab va universitetlarga 
kirishda imtihonlar muhim ahamiyat kasb etganligi uchun ham 
o’quvchilarning o’zi va ota - onalari ularga jiddiy e’tibor qaratadi. 7-sinfdan 
9-sinfgacha o’rtacha 50 foiz o’quvchi o’z tanloviga ko’ra qo’shimcha o’quv 
predmetlari bilan shug’ullanadi. 
Universitetga kiruvchi bitiruvchilar ikki turda imtihon topshiradi. Birinchi 
turdagi imtihonlar (University Entrance Cente Examination – UECEL) butun 
mamlakat bo’yicha yagona bo’lib, uni o’quvchilar oliy o’quv yurtiga kirishdan 
yarim yil avval topshiradilar. Bunday imtihonlarni topshirish ham davlat, ham 
xususiy universitetlarga kiruvchilar uchun majburiydir. O’quvchilar 12 ta o’quv 
predmetining bir nechtasidan test topshiradilar. Qaysi fandan test imtihoni 
topshirishni universitetlarning o’zi belgilaydi. Masalan, Tokioning eng nufuzli 
universitetlari eng kamida 5 ta milliy imtihon (VECE) ni, qolganlari 2-3 ta 
imtihonni topshirgan abiturientlarning hujjatini qabul qiladi.
Ikkinchi tur imtihonlar universitetlarning o’zida o’tkaziladi. Ular milliy 
imtihonlarga nisbatan murakkab bo’lib, turli universitetlarning o’zida o’tkaziladi, 
shuningdek, fakultetlarda bir-biridan farqlanadi. Odatda abiturient 2 tagacha 
universitet imtihonlarini topshirib, o’zini sinab ko’radi. Universitetlarda tanlov bali 
juda yuqori, shuning uchun ham, ayrim o’quvchilar mazkur imtihonlarga 2 
yilgacha tayyorgarlik ko’radi. Imtihonlarni qayta topshiruvchi abiturientlar 30 
foizni tashkil etadi. 
Yaponiyada ta’lim, fan va madaniyat vazirligi qoshida universitetlarga kirish 
imtihonlari bo’yicha milliy markaz mavjud (National Genter for university 
entrance examinations) bo’lib, imtihonlarning birinchi turini o’tkazish bo’yicha 
barcha ishlarni tashkil qiladi. Jumladan, imtihon topshiruvchilarni ro’yxatdan 


o’tkazish, imtihonlarni topshirish va h.k. Imtihon materiallari 20 ta o’quv predmeti 
bo’yicha qo’mitalar tomonidan tuziladi. Bunday qo’mitalarga o’quvchilar 
universitetlar tomonidan tavsiya etiladi. Qo’mitaning vazifalaridan biri – imtihon 
mazmunining milliy dasturlarga mosligi va barcha predmetlar bo’yicha bir xil 
bo’lishiga erishishdan iboratdir. O’qituvchilar va kasaba uyushmalari vakillari har 
yili qo’mita a’zolari bilan uchrashib, imtihonlar haqida fikrlashadi. Yaponiyada 
“3”, “4”, “5” baholari qo’llanilib, 2 baho umuman mavjud emas. Imtihonlar 
birinchi va ikkinchi semestrlarda 2 martadan, 3-semestrda esa bir marta tashkil 
etiladi.
Olmoniya ta’lim tizimi o’ziga xos jihatlarga ega. U erda umumiy o’rta ta’lim 
13 yil davom etadi. Mazkur ta’lim tizimida tabaqalashtirilgan yondashuv keng 
tatbiq etilgan. Olmoniyada o’quvchilarning bilimi quyidagicha baholanadi. 
Jumladan, 6(0) (juda yomon), 4 (6-4) (“DTSga to’g’ri keladi”), 3 (9-7) 
(“qoniqarli”), 2 (12-10) (“yaxshi”), 1 (15-13) (“a’lo”). 
Boshlang’ich ta’limni tugatgan bolalar qobiliyatiga qarab uch yo’nalishda o’qitiladi. 
Ulardan bir qismi 9 yillik tayanch maktabga borib, umumiy va boshlang’ich kasbiy ta’lim oladi. 
Ikkinchi qismi 10 yillik real maktabda o’qiydi. Unda o’rta darajada tayyorgarlikka ega bo’lib, 
gimnaziyaning birinchi va ikkinchi bosqichida o’qishni davom ettiradi.
Olmon o’quvchilari abiturient attestatini olish uchun to’rtta bitirish imtihonini topshirishi 
lozim. O’quvchilar imtihongacha 28 o’quv predmetidan tahsil olgan bo’lishi, ulardan 22 tasi 
tayanch bilimlarni beradigan, 6 tasi chuqurlashtirilgan bo’lishi lozim. O’quvchilar ulardan 
quyidagi 3 tasini tanlab oladi: 
1)
tillar, adabiyot va san’at; 
2)
ijtimoiy bilimlar; 
3)
matematika, tabiatshunoslik va texnologiyalar. 
Tanlab olingan 3 ta fanning 2 tasida chuqurlashtirilgan yozma, 1 tasida og’zaki imtihon 
topshiradilar. Attestatda oxirgi 2 yillik o’qish va imtihon natijalarini hisobga oluvchi umumiy 
ball ko’rsatiladi. Masalan: attestatga qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal 840 balldan 540 tasi 
o’quvchining o’quv predmetlarini o’zlashtirish bo’yicha erishgan natijalari (330 ball 22 ta asosiy 
kurs va 210 ball 6 ta chuqurlashtirilagan) va 300 ball esa imtihonlar davomida olingan bo’lishi 
kerak. O’quvchi attestat olishi uchun kamida 280 ball to’plashi lozim. 
Bir xil yoshdagi o’quvchilarning 40% har yili imtihonlarni topshiradi. Ularning 95% 
muvaffaqiyatga erishadi. Attestat olgan aksariyat o’quvchilar (85%) ikki yil davomida 
universitetga kirishga muvaffaq bo’ladi. Oliy o’quv yurtlariga kirish jarayonida attestatdagi 
ballar muhim ahamiyatga ega. Attestat oluvchilar soni ko’payib ketganligidan nufuzli 
fakultetlarga qabul qilishda qo’shimcha test va suhbatlar joriy etilgan.
Yuqoridagi tahlillardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, ko’rib o’tilgan mamlakatlar ta’limi sohasida 
baholash tizimining obyektiv bo’lishi uchun harakat qilinganligi, bunda turlicha usul va 
vositalardan foydalanishi o’z ifodasini topgan. Bularning barchasi o’quvchilarning bilimi va 
o’ziga xos jihatlarini haqqoniy baholash yo’lida olim, pedagoglar va keng jamoatchilik, bar cha 
davrlar va mamlakatlarda tinmay izlanganidan guvohlik beradi. Chunki, o’quvchi bilimini 
baholash barcha zamonlarda o’z echimini kutayotgan dolzarb pedagogik muammo ekanligi o’z 
ilmiy isbotini topmoqda 

Yüklə 285,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin