6-mavzu kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish (2)
Demak, tadbirkorlik g’oyasi - bu sizning biznesingizning keng ma’nodagi (kengaytirilgan) tavsifi bo’lib, uning maqsadi, ishlab chiqarish va sotish uchun mo’ljallangan yangi tovar (xizmat)lar tavsifini, ularni amaldagi ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlardan farqi yoki anhanaviy tovar (xizmat) turlarini ishlab chiqarish va sotish jarayonlariga yangiliklarni joriy qilish va boshqalarni ifodalashdir.
Tadbirkor ma’lum bir tadbirkorlik muhitiga kirishar ekan, diqqat-e’tiborini faqat o’z g’oyalarini amalga oshirishga emas, balki qanday qilib investorlarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishga ham qaratishi kerak.
Tadbirkorning o’z ishini tashkil qilishidagi asosiy vazifa, avvalo, o’z g’oyalarini ma’lum bir muhitga tadbiq qilish uchun kerakli bo’lgan birlamchi kapitalni barpo qilishdan iboratdir.
Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi talab qilinadi.
Tadbirkor ishbilarmonlik g’oyalariga va maqsadlariga to’g’ri keladigan va jalb qilingan kapitalning hajmidan kelib chiqqan holda yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantiradi. Agar tadbirkor o’z g’oyasining tashabbuskori va investori sifatida ishtirok etayotgan bo’lsa, faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklini, korxona uchun qo’shayotgan o’z hissasini oldindan belgilab olishi kerak. SHunday qilib, tadbirkorning o’z ishini tashkil qilish tamoyili jamiyat uchun yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantirish va unda o’zining qay darajada ishtirok etishini belgilab olishdan iboratdir.
O’z ishini to’g’ri tashkil qilish tadbirkorlikning asosiy omillaridan hisoblanadi. SHuning uchun ham tadbirkor bu fenomenni barpo kiluvchi barcha qismlarni har tomonlama e’tiborga olishi kerak. Tadbirkor faoliyatining bu jihatlarini o’rganishda uning faoliyati ketma-ketligini kuzatish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda tadbirkorning asosiy harakatlari ketma-ketligi quyidagicha bo’lishi mumkin:
birinchidan, biznes g’oyasini ishlab chiqish;
ikkinchidan, ishbilarmonlik muhitini chuqur o’rganib chiqish;
uchinchidan, tadbirkorning iqtisodiy manfaati bilan biznes g’oyasi-ning o’zaro to’g’ri kelishi, tadbirkorlik g’oyasi bilan tadbir-korlik muhitining o’zaro muvofiqligi;
to’rtinchidan, g’oyani amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan kapital hajmini belgilab olish;
beshinchidan, biznes g’oyani amalga oshirish uchun kerak bo’lgan korxona yoki tashkilotni tarkib toptirish.
Har bir tadbirkorlik faoliyatining asosini ma’lum bir g’oya tashkil qiladi. Bu g’oyalar oddiyligi bilan ajralib turadi: kimdir tovarni yangicha jildlash g’oyasini beradi, bozorda mavjud bo’lgan tovarga yangiliklar kiritadi va shu asosida unga bo’lgan talab darajasini oshirishga harakat qiladi va hokazo.
Ishbilarmonlik g’oyasi ko’pincha o’z professional faoliyatida mustaqillikka erishish va qo’shimcha fonda olish ishtiyoqida bo’lgan kishilarda paydo bo’ladi. Buning uchun kishi iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama tahlil qilib, undagi mavjud bo’lgan yetish-movchiliklarni aniqlab, unga o’z faoliyatini yo’naltirishi lozim.
Agar tadbirkorda o’z biznesini tashkil qilish yuzasidan biron bir g’oyamavjud bo’lsa, u holda u ishbilarmonlik muhitini o’z g’oyasi va iqtisodiy manfaati bilan mutanosiblik darajasini tahlil qilishi kerak.
Avvalo, tadbirkor ma’lum bir muhitda aniqg’oyani amalga oshirish shaklini belgilab olishi kerak. Bunday shakllarning turi juda xilma-xildir. Tadbirkorlik vazifalari yakka holda va guruh bo’lib amalga oshirilishi mumkin. Qanday shakllarni tanlash g’oyaga hamda tadbirkorlik muhitiga bog’liqdir.
Tadbirkorlik muhiti va g’oyasini har tomonlama tahlil qilish shu g’oyaniamalga oshirish uchun kerak bo’lgan kapital miqdorini belgilab olishga yordam beradi. Bunda tadbirkor bankdaan yoki biznes-fonddan kredit olishi uchun biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosni (TIA) ishlab chiqishiga to’g’ri keladi.
Biznes-rejada tadbirkor ishbilarmonlik g’oyasiga tayangan holda tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan shart-sharoit-larni amalga oshirishning barcha harajatlari qancha qiymatni tashkil etishini aks ettiradi. Ushbu holda gap kerak bo’lgan birlamchi kapital hajmini belgilash, tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslarni aniqlash haqida ketmoqda.
Tadbirkorlik g’oyasini ma’lum bir muhitda amalga oshirish mumkinligi aniqlanib, ishni tashkil etish bo’yicha kerak bo’lgan moliyaviy mablag’larni olish manbai tanlangandan keyin tadbirkor o’z faoliyatini uch yo’nalishga qaratmog’i lozim.